|
- tovarning germetikligi va o‘ramning mustahkamligi
|
bet | 8/8 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 78,83 Kb. | | #241061 |
Bog'liq FITQ-5- tovarning germetikligi va o‘ramning mustahkamligi; - -o‘ram ustidagi ishlab chiqaruvchi seriyaning raqami va kuzatuvchi hujjatlardagi seriya raqamining sifat sertifikati va tahlil sertifikati raqamiga to‘g‘ri kelishi.
Sifat sertifikati yoki tahlil sertifikatining Farmatsevtik mahsulot sifatini tekshirish davlat tizimiga kirmagan laboratoriyalar tomonidan rasmiylashtirilgan bo‘lsa ham ularni qabul qilish man etiladi. Agar dori preparati sifati haqida shubha tug‘ilsa, unda farmatsevtik inspeksiyaga tekshirishga yuborilishi lozim. Kirish nazorati natijalari maxsus tasdiqlangan daftarga kiritiladi. Dorixonada tayyorlanadigan dori vositalarini saqlash muddatlari Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2000-yil 21-aprelda tasdiqlangan dorixona sharoitida tayyorlanadigan dori vositalari sifatini yaxshilash to‘g‘risidagi 195-sonli buyruqqa asosan dorixona sharoitida tayyorlanadigan dori shakllarini saqlash muddatlari quyidagicha: -tarkibida glyukoza va benzilpenitsillin bo‘lgan suvli eritmalar- 1 kun; -ko‘z tomchilari - 2 kun; -in'eksiyalari eritmalari - 2 kun; -qaynatma, damlamalar, shilimshiqlar-2 kun; -boshqa dori shakllari - 10 kun. Buyruqda boshqa dori shakllari: ko‘z tomchilari tayyorlash uchun konsentratlar, mazlar, ichish uchun mikstura va turli eritmalar, ularni tayyorlash uchun konsentratlar, kukunlar, burun tomchilari va sirtga ishlatiladigan eritmalar va boshqa dori vositalari tayyorlash uchun yarim fabrikatlarni saqlash muddatlari jadval tarzida keltirilgan. Dorixona sharoitida tayyorlanadigan ko‘pgina dori vositalarining yaroqlilik muddatlari, odatda, 60 kundan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Buyruqda boshqa dori shakllari: ko‘z tomchilari tayyorlash uchun konsentratlar, mazlar, ichish uchun mikstura va turli eritmalar, ularni tayyorlash uchun konsentratlar, kukunlar, burun tomchilari va sirtga ishlatiladigan eritmalar va boshqa dori vositalari tayyorlash uchun yarim fabrikatlarni saqlash muddatlari jadval tarzida keltirilgan. Dorixona sharoitida tayyorlanadigan ko‘pgina dori vositalarining yaroqlilik muddatlari, odatda, 60 kundan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
|
| |