|
-rasm. Inson kapitalining tasnifi
|
bet | 3/8 | Sana | 10.12.2023 | Hajmi | 0,62 Mb. | | #114868 |
Bog'liq 5-mavzu5.2-rasm. Inson kapitalining tasnifi - 2. Salomatlik (biofizik) kapitali. Jismoniy kuch, chidamlilik, ishchanlik, mehnat faoliyatining davomiyligi har bir inson uchun har qanday ishlab chiqarish faoliyatida juda muhimdir. Salomatlik kapitali inson kapitalining ajralmas qismi bo‘lib, unga investitsiyalar kiritish
- xodimlar kasallanishining kamayishi hisobiga mehnat qobiliyatini saqlab qolishda o‘z ifodasini topadi.
- 3. Mehnat kapitali. Mehnat qanchalik murakkab bo‘lsa, xodimning malakasi, bilimi, tajribasi, va ma’suliyatiga talab ham shu qadar yuqori bo‘ladi. Maiakali mehnat oddiy mehnatga qaraganda samaraliroqdir, shuning uchun unga yuqoriroq xaq toTanishi kerak. Korxonalarda mehnat kapitali maiakali xodimlaming mehnatida mujassam boTib, ulaming salmog‘i qo‘llanilayotgan texnologiyaga bog‘liqdir.
- 4. Ta’lim kapitali. U tajriba, mehnat ko‘nikmalari va eng muhimi bilim to‘planishi natijasida butun hayot davomida shakllanib boradi. Ta’lim maiakali xodimlami takror hosil qilishning asosiy vositasi hisoblanadi.
- 5. Intellektual kapital. Inteliektual faoliyatning mahsuloti muallifning mutlaq mulki sifatida mualliflik huquqi bilan patentlanadi va mustahkamlanadi. Bu kapitaldan iqtisodiyotda qanday foydalanish yo‘nalishlarini va shakllarini belgilash huquqi muallifga tegishlidir. Intellektual mulk obyektlari xo‘jalik aylanmasiga korxonalaming moddiy aktivlari sifatida jalb etiladi hamda ulaming, shuningdek ushbu aktiv egalarining daromadlarini ko‘paytiradi.
- 6. Tashkiliy-tadbirkorlik kapitali. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish yoki korxona personalini boshqarish uchun tashkilotchilik qobiliyati, yuksak mas’uliyat, ishbilarmorlik, yangilikka intilish, tejamkorlik, iroda, oqilona tavakkalchilik qilish talab qilinadi. Ana shu kapital — nou-xau, tijorat sirlariga ega boTish ulami tashkiliy-tadbirkorlik kapitaliga aylantirish imkonini beradi. Ishbilarmonlik darajasi xususiy va nazorat qilinadigan kapital miqdorida o‘z ifodasini topadi. Bu esa kichik, o‘rta va yirik biznesni ajratib ko‘rsatish imkonini beradi.
- Yuqorida qayd qilingan inson kapitalining turlari mazkur iqtisodiy kategoriyaning ajratib berilmaydigan turlariga taaluqlidir.
- Ajratib beriladigan inson kapitali turlariga esa quyidagilar kiradi:
- • ijtimoiy-madaniy inson kapitali. Bu kapital xodimlar madaniy sifatlari va qobiliyatlarining integratsiyalashishi va kooperatsiya-lashishini, ijtimoiy takror hosil qilish tarkibida doimiy axborot, ilmiy, ta’lim, texnologik oqimlar mavjud boiishini aks ettiradi;
- • sotsial kapital. Sotsial normalar, ishonch va hokazolar uning unsurlari hisoblanadi. Sotsial kapital har bir iqtisodiy subyekt u yoki
- bu tarzda ijtimoiy munosabatlar tizimiga integratsiya qilinganligi bilan bog‘liqdir. Inson kapitalining ushbu turi qator o‘ziga xos xususiyat-larga egadir:
- birinchidan, bu hamisha tashkillashtirilgan o‘zaro munosabatlar mahsulidir, shuning uchun shaxsiy emas, balki ijtimoiy shaklga egadir;
- ikkinchidan, sotsial kapital tashkiliy-ijtimoiy tizim amal etishining unsuri sifatida xususiy mulk boMishi mumkin emas, ya’ni ijtimoiy ne’mat hisoblanadi.
- A.I. Merko sotsial kapital axborot, g‘oyalar, ishonch, koope-ratsiya, hissiy qo‘Ilab-quvvatlash va tashkiliy darajaning boshqa unsurlarini qamrab olgan deb hisoblaydi. Bundan kelib chiqqan holda u ijtimoiy kapitalning ikki darajasini ajratib ko'rsatadi43.
- 1. Tarkibiy kapital - bu xo‘jalik yurutuvchi subyektning bozorning o‘zgarib boradigan kon’yunkturasiga moslashgan hamda buni korxona uchun manfaatli yo‘nalishga qaratgan holda o‘z tashkiliy tuzilmasini boshqarish qobiliyatidir44.
- Hozirgi davr iqtisodiyotida firm alar ish ko‘radigan raqobat muhiti innovatsiyalar ta’siri ostida muttassil o‘zgarib turadi. Bunday o‘zgarishlaming yuqori sur’ati korxona muvafFaqiyatga erishishi mumkin bo‘lgan sharoitlami murakkablashtiradi. Ana shunday sharoitlardan biri - korxonada salmoqli darajada tarkibiy kapital mavjud bo‘lishidir.
- 2. Tashkiliy kapital. Mohiyat jihatidan bu xo‘jalik yuritishning tizimga solish malakasi hamda tashkiliy imkoniyatlardir. Tashkiliy kapital quyidagilami qamrab oladi:
- innovatsiyalar kapitali - ularga muhofaza qilgan tijorat huquqlari, intellektual mulk hamda boshqa nomoddiy aktivlar va firmani yangilanishga qodirligini ta’minlaydigan qadriyatlar kiradi;
- jarayonlar kapitali - ularga, masaian, ishlab chiqarish, mahsulotni sotish, maxsulot sotishdan so‘ng servis xizmati ko‘rsatish tizimlarini, ya’ni ular natijasida mahsulot qiymatini shakllantiradigan kapitalni kiritish mumkin.
- Shu bilan birgalikda mijozlar kapitali (brend-kapital) ham farqlanadi. Mijozlar kapitaliga ega bo‘lgan korxona faoliyatini mah-
- ** Мерко А.И. Социално-ответственный бизнес—взаимосвяз государственной и корпоративной политики в глобализирующемся мире. Монография. - М., 2009. - С. 180.
- 44 Косткэк В Н. Теория эволюции и социоэкономические процессы -М.: УРСС, 2004.- С 126.
- sulot yoki xizmatdan foydalanuvchini “iste’mol qiymatini birgalikda yaratish va takomillashtirishga jalb etish” korxonasi deb atash mum-kin. Bunda xaridor korxona tomonidan yaratilgan barcha mahsulotlar va xizmatlaming oliy hakami vazifasini bajaradi45.
- Inson kapitalining yuqorida qayd qilingan tarkibi mazkur iqtisodiy kategoriya insonning o‘zi serqirra ekanligi bilan izohlanadi. Ishlab chiqarish kapitali doirasidagi ashyoviy va inson kapitali yaxlitligi va ajralmasligiga qaramasdan inson kapitali tobora mavqeyi ortib, yetakchi ro‘l o‘ynamoqda. Bevosita inson kapitali iste’mol qilinayot-gan jismoniy kapitalning tovarlardagi qiymatini saqlab turadi hamda ish kuchi qiymatini qoplaydigan va kapital egalariga foyda keltiradigan yangi qiymat yaratadi.
- Professor q.X. Abdurahmonovning fikricha, “Inson kapitalini ahamiyati tabiiy resurslar, moddiy boylik va vositalarga qaraganda yuqoriroqdir”46. Shuning uchun inson kapitali iqtisodiy o‘sish va samaradorlikning asosiy omilidir. Inson kapitalining iqtisodiy kategoriyasi sifatidagi tushunchasi jahon axborot hamjamiyati va “bilimlar iqtisodiyoti” rivojlanishi bilan birgalikda muntazam ravishda kengayib bormoqda. Hozirgi davrda inson kapitali intellektual va boshqaruv mehnatini, yashash va mehnat faoliyati muhitini qamrab oladigan iqtisodiyotni, jamiyat va oilani rivojlantirishning intensiv ishlab chiqarish omilidir. Bu inson kapitalini rivojlantirishning ishlab chiqaruvchi omili sifatida samarali va oqilona amal etishini ta’minlaydi47.
- Inson kapitali nazariyasiga muvofiq, inson kapitalining to‘planishi turli shakllarda amalga oshirilishi mumkin. Ulaming eng asosiylari ta’lim olish hamda kasbiy tayyorgarlik davomida qobiliyatlami rivojlantirish asosida kapitalni to‘plashdir. Odatda bu qatordan oiladagi tarbiya ham o‘rin oladi.
- Shu bilan birga kapitalni to‘p!ashning boshqa shakllari ham mavjuddir. 0‘z sog‘lig‘i to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish (investitsiya kiritish), migratsiya, iqtisodiyot, mehnat bozori amal etishi to‘g‘risida
- 45 Эдвинссон Л , Мэлоун M Интеллектуалный капитал. Определение истинной стоимости компании -М.: Академия, 1999. - С. 442
- 46 Abdurahmonov Q.X. Mehnat iqtisodiyoti. -T.: Mehnat, 2009. - В. 182.
- 47 Korchagin Yu. A. Investitsionmya strategiya. — Rostov-na-Donu: Feniks, 2006. S 17.
- axborot olish hamda insonning intellektual va jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirishni, bu qobiliyatlardan foydalanish mehnat samaradorligini oshirish imkoniyatini ta’minlaydigan boshqa shakllar shular jumlasidandir.
- Inson kapitalining shakllanishi manbalaridan (davlat, oila, xususiy shaxslar va boshqalar) qat’i nazar undan foydalanish va bevosita daromad olish insonning o‘zi tomonidan nazorat qilinadi.
- Alohida shaxsning inson kapitali uning salomatligi, sog‘lig‘i, qobiliyati, bilimi va ko'nikmalaridan iboratdir. “Insonning qiymati” uning hayoti bosqichlarida ortib boradi, bu qiymatdan mehnat unumdorligini oshirish maqsadida foydalaniladi, ayni paytda shaxsiy kapital daromadlarini ko‘paytiradi va insonni o‘z qobiliyatini yanada oshirishga shaxsiy investitsiyalar kiritishga rag‘batlantiradi.
- Korxonaning inson kapitalida. hozirgi vaqtda savdo belgisi, personal va yangi texnologiyalar sifatidagi nomoddiy aktivlar alohida rol o‘ynaydi. Bu kapitalga, shuningdek shaxsiy inson kapitali aktivlarini (litsenziyalar, patentlar, mualliflik guvohnomalari), firmaning nomoddiy aktivlarini (tovar belgilari) tashkiliy kapital, tarkibiy, kapital, brend-kapital va ijtimoiy kapitalini kiritish mumkin.
- Milliy inson kapitali ijtimoiy, siyosiy kapitalni, milliy intellektual ustuvorliklarni, milliy raqobat ustunliklarini va millatning tabiiy salohiyatini qamrab oladi. Milliy inson kapitali har bir rivojlanayotgan mamlakat milliy boyligining yarmidan ko‘prog‘ini, jahonning taraqqiy etgan davlatlarida esa 70,0-80,0 % dan ortig‘ini tashkil etadi.
- 0‘mi kelganda inson kapitali nazariyasida ham amaliy, ham nazariy darajada qator bahsli masalalar mavjudligini ham ko‘rsatish lozim. Nazariyaga ko‘ra har bir shaxs inson kapitaliga kiritilgan investitsiyalar kelgusida ish haqi ortishi hisobiga qoplanishini to‘g‘ri baholaydi deb hisoblanadi. Ammo bunda muayyan ko‘nikma va kasblarga ega bo‘lganda, ish haqi miqdoriga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan juda ko‘pgina iqtisodiy va hatto siyosiy omillar hisobga olinmaydi.
- Ikkinchi muammo inson kapitali nazariyasining empirik ahamiyati bilan bog‘liqdir. Ayrim tadqiqotchilar ta’lim sohasi kabi inson kapitaliga xarajatlar odamlar ish haqi miqdori o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini isbotlagan. Agar motivatsiya kabi omillar hisobga olinmaydigan boisa inson kapitalga investitsiyalar kiritili-
- shining kelgusida o‘zini qoplashiga ortiqcha baho berib yuborilishi mumkin.
- Odatda faqat ishlab chiqarishni rivojlantirish raaqsadida kiritila-digan investitsiyalar shaklidagi jismoniy kapitaldan farqli ravishda inson kapitaliga investitsiyalar qisman samarasiz foydalanilishi mumkin. Shuning uchun bu xarajatlaming hammasini investit-siyalarga kiritib ham boimaydi. Masalan, tarix, tasviriy san’at va adabiyot bilan shug‘ullanadigan studentlaming ko‘pchiligi buni o‘z mehnati samaradorligini oshirish maqsadida qilmaydi. Bu kabi masalalar inson kapitaliga kiritilgan mablag‘laming qiymati va ulaming qoplanishini hisoblab chiqishni murakkablashtiradi.
- Shu bilan bir qatorda har qanday investitsiyalar bozori kabi inson kapitali bozori ham kamchiliklardan holi etnas:
- • ish kuchining nisbatan erkin harakatlanishi ish beruvchilami ish kuchini rivojlantirishga mablag‘ sarflashga intilishlarini kamaytiradi;
- • ayniqsa yoshlar o'rtasida ta’limning qimmati to‘g‘risidagi axborot yetishmasligi inson kapitaliga yetarli boMmagan darajada yoki noto‘g‘ri investitsiya kiritilishiga olib keladi;
- • aholining kattagina qismida o‘ziga investitsiya kiritish uchun mablag‘ yetishmaydi.
- Inson kapitaliga investitsiyalar bozorining bu va ayrim boshqa kamchiliklari sababli bozor mexanizmlari o‘z-o‘zidan buni eng maqbul tarzda tartibga soladi, degan fikrga olib kelmasligi kerak. Shuning uchun ham davlatning inson kapitaliga investitsiyalar kiritishda bevosita ishtirok etishi nihoyatda muhimdir.
- Bunday yondashuvning alohida muhimligini Jahon bankining tadqiqotlari isbotlab turibdi. Jahon banki ekspertlari 192 mamlakatda amalga oshirgan tadqiqotlari natijasida quyidagi xulosalarga kelgan:
- • iqtisodiy o‘sish umumiy miqdorining 64,0% dan ko'prog‘i inson kapitali bilan bog‘liqdir;
- • mamlakatning tabiiy resurslari iqtisodiy o‘sish umumiy miqdorining faqat 20,0% gacha bo‘lgan qismini ta’minlaydi;
- • o‘tish iqtisodiyotiga ega davlatlarda mamlakatning ishlab chiqarish salohiyati iqtisodiy o!sish umumiy miqdorining faqat 16,0 % ni ta’minlaydi.
- Ushbu dalillar hozirgi davr jamiyatida inson kapitalining roli va ahamiyatini yaqqol ko‘rsatib turibdi.
|
| |