-rasm. Intellektual huquqlar




Download 0,62 Mb.
bet6/8
Sana10.12.2023
Hajmi0,62 Mb.
#114868
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5-mavzu

5.3-rasm. Intellektual huquqlar.
  • Hammualliflaming har biri, agar ular o‘rtasidagi kelishuvda boshqacha qoida nazarda tutilgan boMmasa, asaming o‘zi yaratgan, mustaqil mazmunga ega bo‘lgan qismidan o‘z xohishiga ko‘ra foydalanishga haqlidir. Hammualliflar o‘rtasidagi munosabatlar, qoida tariqasida, kelishuv asosida belgilanadi. Bunday kelishuv boimagan taqdirda, asarga boigan mualliflik huquqi barcha mualliflar tomonidan birgalikda amalga oshiriladi, mualliflik haqi esa ular o‘rtasida teng taqsimlanadi.Agar hammualliflaming asari boflinmas bir butunni tashkil etsa, asardan foydalanishni yetarli asoslar bo‘Imay turib taqiqlab qo‘yishga hammualliflardan hech biri haqli emas.
  • Amaldagi qonunchilik hujjatlariga ko‘ra, mutlaq mualliflik huquqlari egasi o‘z huquqlaridan xabardor qilish uchun mualliflik huquqining muhofaza belgisidan foydalanishi mumkin bo‘lib, bu belgi asaming har bir nusxasida aks ettiriladi va quyidagi uch unsurdan iborat bo Mad i ;
  • • aylana ichidagi lotincha «S» harfl;
  • 149
    • • mutlaq mualliflik huquqlari egasining ismi-sharifi (nomi);
    • • asar birinchi marta chop etilgan yil.
    • Mualliflik huquqining muhofaza belgisida ko‘rsatilgan shaxs, agar boshqacha hol isbotlangan boimasa, mutlaq mualliflik huquqlari egasi hisoblanadi. Mamlakatimizda intellektual mulk sohasida davlat siyosatini amalga oshirish maqsadida 0‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi tashkil etilgan bo‘lib, mazkur agentlikning nizomi 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 24-noyabrdagi 394-sonli qarori bilan tasdiqlangan. Mazkur nizomga ko‘ra quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
    • • intellektual mulk sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash, ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari va boshqa intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish;
    • • ixtirolar, sanoat namunalari, foydali modellar, tovar belgilari va boshqa intellektual mulk obyektlarini ekspertizadan, ro‘yxatdan o‘tkazish hamda hisobga olishni tashkil etish va amalga oshirish;
    • • Davlat patent fondini va intellektual mulkning rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilgan obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotiar bazasini shakllantirish va yuritish, ulaming saqlanishini hamda iqtisodiyot real sektorining xo‘jalik yurituvchi subyektlari, ilmiy tashkilotlar, olimlar va mutaxassislar tomonidan samarali foydalanilishi uchun qulayligini ta’minlash;
    • • intellektual mulk sohasida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish, tadbirkorlik subyektlariga va aholiga «yagona darcha» tamoyili bo‘yicha davlat interaktiv xizmatlari ko‘rsatish;
    • • korxonalar va tashkilotlarga chet eldagi milliy intellektual mulk obyektlarini huquqiy himoya qilishni ta’minlash bo‘yicha konsultativ va amaliy ko‘maklashish, shuningdek, intellektual mulk sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish;
    • • intellektual mulk sohasida mutaxassislami qayta tayyorlash va ulaming malakasini oshirish.
    • • Agentlik o‘ziga yuklangan vazifalami bajarish uchun quyidagi funksiyalami amalga oshiradi:
    • • intellektual mulk sohasida davlat siyosati va qonunchilikni takomillashtirish masalalari bo’yicha takliflar ishlab chiqadi hamda
    • 150
    • ulami ko‘rib chiqish uchun belgiJangan tartibda 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;
    • • ixtirolar, foydali model lar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, tovarlaming kelib chiqish joylari nomi, elektron hisoblash mashinalari (keyingi o‘rinlarda EHM deb ataladi), ma’lumotlar bazalari va integral mikrosxemalar topologiyasi uchun muhofaza qilish hujjatlari berish yuzasidan buyurtmanomalami ko‘rib chiqishga qabul qiladi;
    • • ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, tovarlaming kelib chiqish joylari nomlarini davlat ekspertizasidan o‘tkazadi, ko‘rsatilgan obyektlaming ustuvorligini belgilaydi, seleksiya yutuqlari, EHM uchun dasturlar, ma'lumotlar bazalari va integral mikrosxemalar topologiyalarining rasmiy ekspertizasini o‘tkazadi;
    • • ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni, seleksiya yutuqlari, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, tovarlaming kelib chiqish joylari nomlarini ro‘yxatdan o‘tkazishni, EHM uchun dasturlami, ma’lumotlar baza-larini rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazishni hamda integral mikrosxemalar topologiyalarini ro‘yxatdan o‘tkazishni amalga oshiradi, muhofaza qilish hujjatlarini beradi, 0‘zbekiston Respublikasida umumiy ma’lum bo‘lgan tovar belgilarining tegishli reyestrlarini va ro‘yxatini yuritadi;
    • • ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi, tovarlaming kelib chiqish joylari nomi, EHM uchun dasturlar, ma’lumotlar bazalari va integral mikrosxemalar topologiya-lariga, berilgan buyurtmanomalaming belgilangan tovarlarga muvofíqligini tekshirish natijalari bo‘yicha, muhofaza qilish hujjatlarini berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
    • • ko‘rsatilgan seleksiya yutuqlarining patentga loyiqlik shartlariga muvofíqligini belgilash natijalari bo’vicha, 0‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining ixtisoslashtirilgan tashkilotlari xulosalari asosida muhofaza qilish hujjatlarini berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
    • • Muhofaza qilish hujjatlarining va boshqa zarur hujjatlaming yagona shakllarini belgilaydi v.h;
    • 151
    • • 0‘zbekiston Respublikasining tegishli xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlaming bajarilishini o‘z vakolatlari doirasida ta’minlaydi.
    • Intellektual faoliyatning natijasi-ilmiy-texnologik mahsulotning yuqori iste’mol xususiyatlariga ega bo‘lgan bozorbop tovarga aylanishi amalga oshadigan innovatsion soha yangi bilimlar va texnologiyalarga asoslangan zamonaviy iqtisodiyotning taraqqiy etishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Aynan, intellektual mulk obyektlari yangi tovarlar va yangi texnologiyalaming asosini tashkil etadi. Innovatsion iqtisodiyotda intellektual mulkning o‘mi va ahamiyati uning ko‘p funksionalligi bilan belgilanadi.
    • Intellektual mulk:
    • • qiymat yaratishning hal qiluvchi omillaridan biri sanaladi;
    • • egalariga va foydalanuvchilariga sezilarli iqtisodiy foyda keltiradi;
    • • kompaniyaning uzoq muddatli raqobat afzalliklarini shakllantiradi;
    • • kompaniya kapitallashuv darajasining oshishiga xizmat qiladi;
    • • biznesni raqiblardan himoya qiladi;
    • • litsenzion daromad olish imkoniyatini beradi;
    • • ishlab chiqarish va sotishni nazorat qilish imkonini beradi;
    • • standartlami yaratishga yordam beradi.
    • Ushbu funksiyalar, agar intellektual mulk samarali himoya qilingan bo‘lsagina, o‘z natijasini ko‘rsatishi mumkin. Tadbirkorlaming intellektual mulkka boigan qiziqishi asosan yangi texnik yechimlardan foydalanish yoki patentlar va litsenziyalami sotishdan daromad olish imkoniyatlari bilan ko‘p jihatdan bogiiq. Odatiy mahsulotlardan farqli oMaroq, intellektual faoliyat mahsulotlari, davlat tomonidan maxsus huquqiy himoya bilan ta’minlanmagan bo‘lsa, ulaming egalariga kafolatli daromad keltira olmaydi. Intellektual mulkni himoya qilishning ishonchli mexanizmlarining mavjudligi:
    • • raqobat ustunligini saqlab qolishni ta’min etadi;
    • • investitsion iqlimni sezilarli darajada yaxshilash imkonini beradi;
    • • qaroqchilik va kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashishda samarali vosita hisoblanadi;
    • • texnologiyalar transferí jarayonlarini jadallashtirishadi;
    • • korxonaning nomoddiy aktivlaridan ruxsatsiz foydalanishning oldini oladi.
    • 152
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0,62 Mb.