Intellektual mulk va kapital




Download 0,62 Mb.
bet5/8
Sana10.12.2023
Hajmi0,62 Mb.
#114868
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5-mavzu
Сценарий новогоднего утренника «Чудеса из сказки» для детей старшей группы 2, mavzu--ehtimollar-nazariyasi-yaratilish-tarixi-reja-yaratish-k
5.3. Intellektual mulk va kapital
  • Intellektual mulk obyektlarini boshqarishda, vujudga kelgan muammolarga huquqiy jihatdan yondashuv borasida huquqiy
    • 145
    • kategoriyalaming o‘mí katta. Moddiy mol-mulkka egalik qilishda bo‘lgani kabi intellektual mulk ham egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf etish huquqi mavjudligini belgilaydi. Biroq, himoya obyektlarining nomoddiyligi intellektual mulkning o‘ziga xos jihatlarini ko‘rsatadi. ya’ni intellektual mulk qancha iste’mol qilinmasin, u tugamaslik tavsifíga ega boiib qolaveradi. Agar siz biror bir mulkdordan moddiy buyum yoki ashyo olar ekansiz, ushbu vaziyatda u o‘z moddiy mulkidan ayriladi va mulk huquqi bevosita sizga o‘tadi. Mabodo siz o‘zgalaming intellektual faoliyati natijalariga egalik qiladigan bo‘lsangiz, siz o‘zingizga tegishli bo‘lmagan bilimlarga ega bo‘lasiz, bundan mavjud bilimlar kamaymaydi, tugamaydi va hatto o‘zining dastlabki egasini o‘zgartirmaydi ham. Intellektual mulk masalalarini qarab chiqar ekanmiz, ko‘pincha intellektual mulkning bir qismi sifatida sanoat mulki tushunchasidan foydalanishga to‘g‘ri keladi.
    • Intellektual mulk huquqiga oid qonunchilik tarixan ikki yo‘nalishda rivojlanib kelgan: 1) mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonunchilik va 2) sanoat mulki to‘g‘risidagi qonunchilik. Sanoat mulkini muhofazalash bo‘yicha Parij konvensiyasiga muvofiq, sanoat mulki tushunchasi nafaqat sanoat yoki savdoga nisbatan qoilaniladi, balki keng ma’noda qishloq xo‘jaligi, undiruvchi sanoat va kelib chiqishi tabiiy yoki sanoat ishlab chiqarishi bilan bogiiq bo‘lgan: sharob, g‘alla, meva, qoramol, foydali qazilmalar, mineral suvlar, gullar, un kabi barcha mahsulotlarga nisbatan ham qoilaniladi. Shunday qilib, “sanoat mulki” atamasi yetarlicha shartli hisoblanadi va intellektual mulkning ishlab chiqarishda (faqat sanoatda emas) foydalanilayotgan bir qismini ifoda etadi. Bular ixtiro patentlari, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, firma nomlari va tovarlaming kelib chiqish joy nomlari kabilar boiishi mumkin. 1970-yillardan boshlab sanoat mulkining zamonaviy konsepsiyasi “nou-xau” ni o‘z ichiga qamrab ola boshladi, so‘nggi paytlarda seleksiya yutuqlari va integral mikrosxemalar topologiyasini ham ular tarkibiga kiritish holati kuzatilmoqda. Ta’kidlash joizki, sanoat mulki obyektlari va mualliflik huquqi obyektlari innovatsion faoliyat mahsulotlariga bevosita bogiiqdir.
    • Iqtisodiyotni innovatsion tarzda rivojlantirishda intellektual salohiyatdan samarali foydalanish bo‘yicha harakatlar rejasiga
    • 146
    • muvofiq, “Intellektual mulk to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan 0‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo'shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Ushbu qonun loyihasini tayyorlashning zaruriyati bir necha sabablarga asoslangan. Birinchidan, foydali modellar sifatida muhofaza qilinadigan patentga layoqatli obyektlar doirasini kengaytirish. Ikkinchidan, muallifning patent olish uchun talabnoma topshirish hamda sanoat mulki obyektidan foydalanish tartibini aniqlashtirish. Uchinchidan, talabnoma beruvchiga uning istagi bo‘yicha talabnomani ko‘rib chiqish muddatlarini qisqartirish imkoniyatini berish. To‘rtinchidan, talabnoma beruvchining seleksiya yutug‘iga patent berish jarayonini tezlashtirish hamda patent berish muddatlarini qisqartirish. Beshin-chidan, talabnoma beruvchiga seleksiya yutug‘iga patent amal qilish muddatini tiklash imkoniyatini berish hamda intellektual mulk muhofazasini ta’minlash. Oltinchidan, tovar belgisiga doir guvohnomani berish muddatlarini aniqlashtirish.
    • Intellektual mulk instituti mazkur mulk obyektlariga intellektual mulk huquqlarining mavjudligini nazarda tutadi. Ushbu huquqlar qonunchilik tomonidan kafolatlanadi va quyidagilar:
    • • uchinchi shaxslarga nisbatan mutlaq tavsifga ega boiishi;
    • • u muhofaza qilinuvchi mamlakat chegaralari bilan cheklanishi;
    • • amal qilish muddatlarining cheklanganligi bilan tavsiflanadi.
    • Intellektual mulk huquqining mutlaq tavsifga ega boiishi shunda
    • ko‘rinadiki, u mulkdoming roziligisiz o‘zgalaming intellektual mulk obyektlaridan foydalanishga yoi qo‘yib bergan har qanday shaxsning harakatlariga nisbatan qarshi chiqadi. Intellektual faoliyat natijalariga boigan intellektual huquqlar mutlaq (mulk) huquqi, shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa huquqlami o‘z ichiga qamrab oladi. Moddiy naf olish imkonini beruvchi mutlaq huquq:
    • • eng avval intellektual faoliyat natijalarining muallifîda vujudga keladi;
    • • qonunga muvofiq shu huquqni qoiga kirituvchida paydo boiadi;
    • • davlat ro‘yxatiga olingan taqdirda u himoyalanadi;
    • • Fuqarolik Kodeksida ko‘zda tutilgan hollardan tashqari rnaium bir muddat davomida amalda boiadi;
    • 147
    • • huquq egasiga íntellektual faoliyat natijalaridan qonunga zid boimagan tarzda va o‘z xohishiga ko‘ra foydalanish, boshqa shaxslar tomonidan Íntellektual faoliyat natijalaridan foydalanilishiga ruxsat berish yoki foydalanishni taqiqlash imkoniyatini beradi;
    • • huquq egasiga litsenziya shartnomasi asosida íntellektual faoliyat natijalaridan boshqa shaxsning foydalanishi uchun ruxsat berish huquqini beradi;
    • • íntellektual faoliyat natijalari ifodalangan moddiy tashuvchilarga mulk huquqi bilan bog‘liq emas.
    • Shaxsiy nomulkiy huquqlar doimo muallif bilan qoladi, ular ko‘chirilmaydi, meros qoldirilmaydi va abadiy himoyalanadi. Shaxsiy nomulkiy huquqlar qatoriga mualliflik huquqi, nomga mualliflik huquqi, asaming daxlsizlik huquqi va boshqalar kiradi. 0‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 99-moddasida shaxsiy nomulkiy huquqlar to‘g‘risida quyidagilar keltirib o‘tiladi: “Shaxsning hayoti va sog‘lig‘i, sha’ni va qadr-qimmati, shaxsiy daxlsizligi, ishchanlik obro4 si, shaxsiy hayotining daxlsizligi, xususiy va oilaviy siri, nomga boigan huquqi, tasvirga bo‘lgan huquqi, mualliflik huquqi, boshqa shaxsiy nomulkiy huquqlar hamda tug‘ilganidan boshlab yoki qonunga muvofíq fuqaroga tegishli bo‘lgan boshqa nomoddiy ne’matlar tortib olinmaydi va o‘zga usul bilan boshqa shaxsga berilmaydi. Vafot etgan kishiga tegishli bo‘lgan shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy ne’matlar qonunda nazarda tutilgan hoilarda va tartibda boshqa shaxslar, shu jumladan huquq egasining vorislari tomonidan amalga oshirilishi va himoya etilishi mumkin.”48
    • Intellektual mulk to‘g‘risida gapirar ekanmiz, muallif va huquq egasi institutlarini farqlab olishimiz talab etiladi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 2006-yil 23-martda qabul qilingan va Senat tomonidan 2006-yil 9-iyunda ma’qullangan “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi 0‘zbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasida muallifga - ijodiy mehnati bilan asar yaratgan shaxs, deb ta’rif berilgan. Huquq egasiga esa-mualliflik huquqiga nisbatan muallif yoki uning merosxo‘rIari, turdosh huquqlarga nisbatan ijrochi yoki uning merosxo'rlari, fonogrammani tayyorlovchi, efir yoki kabel orqalí ko‘rsatuv yoxud eshittirish
    • “O zhekiston RespublikasiningFuqarolik Kodeksi www.lex.uz
    • 148
    • beruvchi tashkilot, shuningdek, shartnomada yoki ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa asos bo‘yicha asarlardan yoxud turdosh huquqlar obyektlaridan foydalanish huquqini oigan boshqa yuridik yoki jismoniy shaxslar sifatida tushuntirish berilgan.
    • Intellektual huquq
    • Asosiy huquq (mulkiy)
    • Shaxsiy nomulkiy
    • 0‘zga huquqlar
    • Mualliflik huquqi
    • Ma’lumotlarga egalik qilish huquqi
    • Nomga egalik huquqi
    • Oshkor etishga boMgan huquq
    • Muallifiling rag‘batiantirish huquqi
    • L
    • boshqalar
    • ^ boshqalar
    • 1- . ___ .. . —
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0,62 Mb.