|
Temperamenti va xarakteri kamchiliklarini tuzatishdagi muvaffaqiyatsizliklar
|
bet | 2/3 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 22,5 Kb. | | #257253 |
Bog'liq PsM52.Temperamenti va xarakteri kamchiliklarini tuzatishdagi muvaffaqiyatsizliklar
Inson temperamenti xususiyatlarini va xarakteri xislatlarini tuzatishda muvaffaqiyatsizliklardan shikoyat qilish psixologik maslahat amaliyotida ko’plab uchrab turadi. Bu holatga quyidagilar sabab bo’ladi. Birinchidan, bu kamchiliklar inson psixologiyasida uzoq vaqt davomida mavjud bo’lganligi, juda erta yuzaga kelishi va mustahkam bo’lib qolishi demak, qiyinchilik bilan tuzatilishi mumkinligidan iborat bo’ladi. Ikkinchidan, bu kamchiliklar inson tomonidan yaxshi tushunilib yetiladi, chunki ularning hayotida katta to’sqinlik qiladi. Uchinchidan, insonda bunday kamchiliklar ko’p bo’ladi. Ularning ba’zilarini yo’qotishi bilan boshqalari saqlanib qoladi, demak kamchiliklardan butunlay qutula olmaydi. To’rtinchidan, inson temperamenti barcha xususiyatlarini deyarli tuzatib bo’lmaydi, shu bilan birga hatto ularning faqat tashqi ko’rinishlari darajasida, ular bilan bog’liq bo’lgan beixtiyoriy ichki reaktsiyalari to’g’risida gapirmasa ham bo’ladi. Xarakteri xislatlari to’g’risida gapiradigan bo’lsak, ular insonning genotipiga kamroq bog’liq bo’lsa ham, lekin ular ham insonda ancha ilgari shakllanadi va bolalik davridayoq shunchalik mustahkam bo’lib qoladi-ki ularni o’zgartirish, ayniqsa katta insonlarda o’zgartirish mumkin emas. Agarda psixolog-maslahatchiga yordam so’rab murojaat etib, o’zining temperamentiga ta’sir ko’rsatishga uringani yoki xarakterini o’zgartirishga bir necha bor uringanligi, lekin baribir bu urinishlari natija bermaganligidan shikoyat qilgan holatda u nima qilishi zarur?
Birinchi navbatda mijoz psixologga yordam so’rab murojaat etganida o’zi nima haqida gap ketayotganligini, temperamenti va xarakterida qanday kamchiliklari to’g’risida gap borayotganligini aniqlab olish zarur. Ko’pincha mijoz gapirayotgan holatlar aslida, haqiqatga juda to’g’ri kelmaydigan bo’lib chiqadi. Birinchidan, bu holat hayotda va umuman ilmiy adabiyotlarda ham ko’pincha “temperament” va “xarakter” tushunchalarini adashtirib yuborishi sababli bo’ladi. Ikkinchidan, insonning temperamenti va xa-rakteri xislatlarini ilmiy va hayotiy tushuntirish odatda to’la mos kelmasligi sababli ham yuzaga kelgan muammoning mohiyatini aniqlash talab etiladi. Temperament deb hisoblanganlari inson xarakteriga taalluqli va aksincha bo’lib chiqishi ham mumkin. Uchinchidan, yuqorida aytilgan ikki odatiy xatolarga yo’l qo’yilmaganda ham mijoz baribir o’zining muammosini tushunishida qattiq adashayotgan bo’lishi mumkin. Insonlar ko’pchilik hollarda o’zlarining ko’plab temperamenti xususiyatlarini va xarakteri xislatlarini haqiqiy tushunib olmaydilar. Mijozning muammosini aniqlab olgandan keyin psixolog-maslahatchi mijozning o’z temperamenti va xarakterini o’zgartirish uchun urinishlari muvaffaqiyatsiz yakunlanganligini tushunib olishi kerak. Bunga bir necha sabablar bo’lishi mumkin, ulardan eng ko’p uchraydigan muhimlarini ko’rib chiqamiz. Biroq buning uchun avval mijozga bir necha savollar berib, u tushib qolgan vaziyatni aniqlab olish zarur bo’ladi. Ularga quyidagi savollar kiradi:
O’z temperament va xarakteringiz qaysi xususiyatlarini nima uchun o’zgartirishga harakat qildingiz?
Birinchi bor bunday urinishni amalga oshirdingiz va ushbu muammoni qancha vaqt davomida mustaqil hal etishga urindingiz?
Temperamentingizni o’zgartirishga urinishlaringiz nimadan iborat bo’ldi? Buni siz qanday amalga oshirdingiz?
Qanday qilib xarakteringizni o’zgartirmoqchi bo’ldingiz? Qaysi belgilarga qarab temperamentingiz yoki xarakteringiz o’zgargan yoki o’zgarmay qolayotganligini aniqladingiz? Fikringizcha nimalarni o’zgartirishga erishdingiz? Nima uchun muvaffaqiyatsizlikka uchraganligingizni tushundingizmi?
Mana shu barcha savollarga mijozning javoblarini tahlil qilib chiqish psixolog-maslahatchiga mijozning muammosini aniqlab olishga, maslahat berish jarayonini to’g’ri yo’naltirishga yordam beradi. Bundan tashqari mana shu tahlillar mijoz temperamenti yoki xarakterini o’zgartirishga urinib yo’l qo’ygan xatolarini oldini olish imkonini beradi. Bunday muvaffaqiyatsizliklarning mumkin bo’lgan, shu bilan birga odatiy sabablari qanday bo’lishi mumkin? Sabablardan biri ko’pincha mijoz o’zining temperamenti ba’zi xususiyatlarini va xarakterining ba’zi xislatlarini salbiy deb, xato baho beradi va ularni yo’qotishga harakat qiladi. Mana shunday xususiyat va xislatlari orasida ko’pincha yuqorida aytilgan asoslar bo’yicha o’zgartirilishi qiyin bo’lganlari uchrab turadi. Bunday hollarda psixolog-maslahatchining vazifasi ushbu holatni mijozga ishonchli tushuntirishi, temperamenti xususiyatlari va xarakteri xislatlarini o’zgartirishga samarasiz urinishlarini davom ettirmaslikka ishontirishdan iborat bo’ladi. Agarda bu temperamenti xususiyatlari va xarakteri mijozga hayotida haqiqatan ham ko’plab noqulaylik tug’dirayotgan bo’lsa unda mijozni iloji boricha o’z xarakteri yoki temperamentini o’zgartirishga urinmay, balki qanday bo’lsa shundayligicha qabul qilishga harakat qilishiga ishontirish zarur, ya’ni shunchaki moslashib olishi, mavjud xarakteri xislatlariga va temperamenti xususiyatlariga mos bo’lgan xulqi ratsional usullarini topishi kerak. Muvaffaqiyatsizliklar kelib chiqishi mumkin bo’lgan ikkinchi sababi- bu mijozning maksimalizmi bo’lib, u mijozning temperamenti yoki xarakterida vaqt davomida haqiqatan asta-sekin sodir bo’layotgan ijobiy o’zgarishlardan qoniqmasligi, lekin deyarli mukammal yoki ideal shaxs bo’lishga intilishida ifodalanadi. Albatta, buni amalda deyarli, bajarib bo’lmaydi. Bunday holatda maslahatchining vazifasi bunday bo’lishi mumkin emasligidan tashqari, bunga hojat yo’qligini ham mijozga to’la asoslar bilan isbotlab berishdan iborat bo’ladi. Insonning bolaligida hosil bo’lgan temperamenti yoki xarakteri deyarli o’zgarmay uning butun hayoti davomida saqlanib qoladi. Inson yo’qotishni xohlayotgan temperamenti xususiyatlari uning shaxsiy hayotiy tajribasida odatda faqat yomon emas, balki yaxshi tomonlari bilan ham bog’liq bo’lganligi sababli uni buzish va sun’iy ravishda o’zgartirish kerak emas. Temperamenti har qanday xususiyati va inson xarakterining deyarli har bir xislati unga hayotida qandaydir foyda keltiradi va ularni to’la o’zgartirish kutilmaganda juda yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Agarda masalan, kattalar bolaning qaysarligi, uning quloqsizligiga duch kelgan ota-onalar uni doimo jazolab va tazyiq o’tkazadigan bo’lsalar, oqibatda ular albatta, o’z bolalarining quloq solishiga erishishlari mumkin. Lekin shu bilan birga uning o’zi irodasiz odam bo’lib qolishi mumkin. Bu esa oqibatda uning hayotida ko’plab muvaffaqiyatsizliklarga olib keladi. Inson temperamenti va xarakterini tuzatishdagi muvaffaqiyatsizliklarning uchinchi sababi - bu mijozning o’z xarakteri va temperamentida haqiqatan sodir bo’layotgan ijobiy o’zgarishlarni yetarlicha anglab yetmasligi bo’lishi mumkin. Gap shundaki, inson xarakteri va temperamentidagi o’zgarishlar aslida juda sekin, insonning o’zi uchun sezilmay sodir bo’ladi. Bu inson o’zi sezmaydigan, masalan soat strelkasi harakatini sezmasligi kabi sabablar bo’yicha sodir bo’ladi: bu harakat mavjudligini biz bilamiz, lekin harakatni sezuvchi sezgi organlarimiz ishlashidan ko’ra sekinroq sodir bo’ladi. Bunday hollarda temperamenti va xarakterini tuzatishdagi muvaffaqiyatsizlikka insonning o’zida sodir bo’layotgan o’zgarishlarni tushunmasligi, to’g’ri baholay olmasligi sabab bo’ladi. Bunday holatda psixolog-maslahatchining vazifasi mijozga o’z xarakteri va temperamentini o’zgartirishiga urinishlari aslida muvaffaqiyatsiz emasligini ko’rsatib, isbotlab berishdan iborat hisoblanadi. Bu ishni uchta usullardan biri bilan amalga oshirish mumkin:
mijozga yaqin, u bilan ko’p aloqalarda bo’ladigan odamga murojaat etib, undan o’zining psixologiyasi va xulqini o’zgartirishga faol harakat qilgan paytida biror o’zgarish sodir bo’lganligini aytishini so’rash mumkin. Yaqin odam bilan bunday suhbat ochiq bo’lishi kerak. Xarakteri yoki temperamentiga ta’sir ko’rsatishga qilgan urinishlarini muvaffaqiyatli hisoblash mumkinligiga ishonishi uchun iloji boricha psixolog-maslahatchining o’zi bu suhbatni qanday tashkil qilsa va o’tkazilsa yaxshi bo’lishini, yaqin odamiga qanday savollar berish kerakligini aytib berishi kerak;
mijozning o’z ustidan shikoyat qilayotgan o’zgartirilishi mumkin bo’lmagan temperamenti va xarakterining namoyon bo’lishlarini puxta ishlab chiqilgan test sinovlari asosida o’tkaziladi. Bu ishda mijoz yo’qotishni xohlayotgan temperamenti xususiyatlari va xarakteri xislatlaridagi o’zgarishlarni ko’rsatuvchi belgilariga mijozning e’tiborini qaratishi juda muhim;
tuzatish ishlarini yakunlagandan keyin, yakuniy psixologik testlar o’tkazish va uning natijalarini dastlabki test sinovlari natijalari bilan solishtirish zarur.
Bunday solishtirish yo’li bilan mijozga psixologiyasi va xulqida haqiqatda muhim ijobiy o’zgarishlar sodir bo’layotganligini, lekin buni u to’la his etmayotganligini amaliy isbotlab berish mumkin bo’ladi.
|
| |