• Tayanch tushunchalar
  • 5-mavzu. Konsultativ ta`sir etish texnologiyasi Reja




    Download 22,5 Kb.
    bet1/3
    Sana30.05.2024
    Hajmi22,5 Kb.
    #257253
      1   2   3
    Bog'liq
    PsM5


    5-MAVZU. Konsultativ ta`sir etish texnologiyasi
    Reja
    1. Konsultatsiya o`tkazish mikrotexnikalari.
    2.Suhbatning boshlanishi. Psixologik qo`llab – quvvatlash vositalari.
    3.Hissiyot va emotsialardan ozod bo`lish.
    4.Patsient «to`lqinlanishlariga» mayil bildirish.
    5.Dialog vaqtida konsultant nutqi chegaralang`anligi.
    6.Yashirin fikr va hislarni aniqlash. Konsultatsiya jarayonini tizimlashtirish.

    Tayanch tushunchalar Temperament, xarakter, muammolar, tavsiyalar.

    O’z temperamenti muammosidan tashvishlangangan mijozga psixolog-maslahatchi taklif etishi mumkin bo’lgan tavsiyalarni muhokama qilishga kirishishdan oldin temperament psixologiyasiga taalluqli va psixologik maslahat davomida hisobga olish kerak bo’lgan asosiy amallarni esga olaylik. Odamning temperamenti - bu surati, reaktsiyasi, tezligi, nerv impulslari, o’tkazilishi dinamikasi, vazminligi va ta’sirchanligi xususiyatlaridan iborat odamning psixik jarayonlari va harakatlari dinamik xususiyatlari to’plamidir. Tashqi xulqi namoyon bo’lishidan tashqari bu barcha xususiyatlar ichki, nerv-psixik ko’rinishga ega, ular odatda ko’zdan yashiringan bo’ladi.


    Bir odamning temperamenti ichki va tashqi ko’rinishlari ba’zan mos bo’ladi, ba’zan esa mos kelmaydi. Bundan tashqari odamning o’zi temperamentini tasavvur qilishi haqiqatga to’g’ri kelmasligi mumkin. Odam o’z temperamentini uning ustunliklari va kamchiliklarini baholashda yanglishishi mumkin. Odamning temperamenti tabiiy turi ijtimoiy asosdagi xulqi shakli ortida yashiringan bo’lishi mumkin. Odamga tabiat tomonidan berilgan temperamentlar turi yaxshi, yoki yomon bo’lishi mumkin emas. Masalan, xolerik yoki sangvinik, yoki flegmatik va melanxoliklar o’z ustunliklariga va kamchiliklariga ega. Mijoz uning temperamentiga taalluqli tavsiyalar berganida temperamenti asosida yotuvchi nerv sistemasi xususiyatlari odamning atrofdagilar bilan va uning amaliy faoliyatida turli xilda namoyon bo’lishi mumkinligi to’g’risidagi yangi ma’lumotlarni hisobga olish kerak bo’ladi. Inson temperamenti turlicha namoyon bo’lishi mumkin. Masalan, odam atrofdagilar bilan munosabatlarda o’zini xolerik sifatida namoyon qilishi, ishda esa sangvinik bo’lishi mumkin: u ishda flegmatik bo’lishi va odamlar bilan munosabatlarda melanxolik bo’lishi mumkin. Endi esa odamni o’z temperamentidan shikoyat qilib psixologik maslahatga kelishga majbur etuvchi, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan odatiy muammolarni ko’rib chiqamiz:
    1. o’zining temperamenti tashqi namoyon bo’lishini boshqara olmasligi borasida tashvishlanadi, masalan, vaziyatlar va boshqa odamlar harakatiga hayajonlanishi va ta’sirlanishi.
    2.Go’yoki o’zining to’la mos bo’lmagan temperamenti sababli u odamlar bilan psixologik xotirjam munosabatlarda bo’la olmasligi bo’yicha odamning xavotirlanishi;
    3.Boshqa odamlardan ortda qolayotganligi yoki aksincha, ulardan ko’ra tezroq harakat qilishi, umuman boshqa odamlarning talablariga u javob beradigandek tuyulishi sababli ishda yoki odamlar bilan munosabatlarda unda keskinlik yuzaga kelib turishi oqibatida odamning tashvishlanishi;
    4.Boshqa odamlarga qaraganda uning ish surati bir muncha sekinligi, u bilan aloqada bo’lgan odamlar harakatlariga javobi bir muncha sustligi bo’yicha odamning tashvishlanishi, masalan, gapirish yoki aqliy tezligida;
    5.Go’yo unda nerv sistemasi bo’sh bo’lishi sababli odamning xavotirlanishi;
    6.Odamning emotsional o’zini tutishni bilmasligi sababli uning tashvishlanishi.
    Barcha xususiy holatlarni psixologik maslahat o’tkazish amaliyoti nuqtai nazaridan to’la ko’rib chiqamiz. Ular bilan bog’liq mijoz bilan ishlayotganda psixolog-maslahatchi taklif etishi mumkin bo’lgan aniq tavsiyalarni ifoda etib o’tamiz:
    holat. Bu holatga mos keladigan vaziyat ikkita eng mumkin bo’lgan sabablar oqibatida yuzaga keladi: odamda xolerik va sangvik temperament bo’lishi va nerv-psixik buzilishlar bilan bo’ladigan jismoniy behollik.
    Birinchi holatda psixologik testlar yordamida mijozning temperamenti turini aniqlash kerak bo’ladi va yuqorida ko’rsatilgan temperament turi, unda mavjudligi tasdiqlansa, unda eng avval bu haqida mijozning o’ziga aytish kerak. SHundan keyin iloji bo’lsa unga bu haqida tashvishlanmaslikni, o’zining hayajonlarini boshqara olmasligini tuzatsa bo’lishini, kuchli ta’sirchanligi shaxsiy mazmunda faqat kamchilik emas, balki hayotda ko’pchilik hollarda odamning yaqqol ustunligi sifatida ishtirok etishini tushuntirishga harakat qilish kerak.
    Ikkinchi holatda (ikkinchi sabab) dam olish bilan va jiddiy jismoniy toliqish, kuchli hayajonlanish hamda nerv-psixologik kasalliklar oldini oladigan qilib ish tartibini tashkil qilish hisobiga muammo osongina hal etiladi. Biroq bu holat psixologlar emas, balki ko’proq shifokorlar vazifasi doirasiga kiradi, shuning uchun biz uni muhokama qilishda davom etmaymiz. Yuqorida fikr yuritilgan ta’sirchanlik odamlar tomonidan yaxshi qadrlanadi, chunki odam atrofida bo’layotgan hodisalarga xususan, u bilan munosabatlarda bo’ladigan odamlarga befarq emasligini yaqqol namoyon etadi (albatta, eng avval ijobiy emotsiyalari to’g’risida gap boradi).
    Mijozning hissiyotga beriluvchanligi uni juda ham tashvishlantirmasligini ishonchliroq isbotlash uchun quyidagi asosni keltirish mumkin: odamdagi bu xususiyat intellektual rivojlangan, ilmli va yuksak madaniyatli odamlar tomonidan juda qadrlanishini aytish mumkin. Odamning emotsionalligi o’zidan tashqarida, odamlar bilan munosabatlarida va harakatlarida qanday namoyon bo’lishi - bu boshqa gap. Agarda kuchli emotsionalligi odamga juda yuqori natijalar bersa va odamlar bilan uning munosabatlarini yaxshilash – unda bu albatta, ustunligi hisoblanadi. Agarda haddan tashqari ta’sirchanligi ishiga xalaqit qilsa va munosabatlarini yomonlashtirsa, unda bu haqida o’ylab ko’rish kerak bo’ladi. Bunday holda odatda muammo emotsionalligining o’zida emas, balki odamning tashqi namoyon bo’lishini boshqarishni bilmasligi bilan bog’liq bo’ladi. Mijoz iloji bo’lsa o’zining tabiiy reaktsiyasi tezligini va boshqa odamlardan u nimasi bilan farq qilishini bilgani yaxshi bo’ladi. Agarda shunday farq aniqlansa va mijozning uning uchun muhim odamlar bilan munosabatlarini qiyinlashtiradigan darajada katta bo’lsa, bunday holatda u reaktsiya tezligi bilan bog’liq o’ziga xos xususiyatlari borligi to’g’risida aloqa qiladigan odamlarini oldindan ogohlantirib qo’yish, mijozda reaktsiyasi yomonligi sababli yuzaga kelishi mumkin bo’lgan keraksiz muammolarni oldini oladi.
    holat. Butunlay qarama-qarshi psixologik to’g’ri kelmaydigan temperamentga ega, masalan, xolerik va melanxolik, sangvinik va flegmatik odamlar bir-biri bilan munosabatlarda odatda, noqulaylik, keskinlikni his qiladilar. Bunday holat ayniqsa, bir-biri bilan yetarlicha tanish bo’lmagan odamlar orasida ularning munosabatlari boshida ko’pincha namoyon bo’ladi. Ularning o’zlari bir-birlariga psixologik mos emasdek, tuyuladi va ular orasida yuzaga keladigan keskinlik xuddi ularga yo’qotib bo’lmaydigandek ko’rinishi mumkin. Psixologik mos kelmaslik odamni juda qiynaydi va ba’zida ular orasida yaxshi munosabatlar o’rnatish yo’lida yo’qotib bo’lmaydigan muammodek bo’lib ko’rinadi. Aslida, bu to’g’ri emas.
    Birinchidan, barcha odamlarning bir-biriga moslashishi o’z xulqini o’zgartirishda katta imkoniyatlarga ega, bu bir-biriga yaxshi moslashishga yordam beradi.
    Ikkinchidan, bu imkoniyatlarni amalga oshirish va bir-biriga o’zaro moslashishning yakuniy natijasi ularning temperamentlari dastlabki tabiiy farqidan ko’ra ko’proq darajada odamlarning bir-birini tushunish istagiga bog’liq bo’ladi.
    Uchinchidan va eng asosiysi- simpatiya yoki antipatiya, odamlarning bir-birini yoqtirishi yoki yomon ko’rishi. Ular qanday temperament turiga ega ekanliklariga hech qanday bog’liq emas. Bir-birlariga ijobiy yoki salbiy hissiyotlarini bir xil darajada xoleriklar ham, sangviniklar ham va flegmatiklar ham his etishlari mumkin. SHuning uchun temperamenti xususiyatidagi farqlar shaxsiy yoki amaliy munosabatlar uchun zararli bo’lib qoladi, deb tashvishlanish uchun hech bir jiddiy asos yo’q. Mijoz uchun muhim bo’lgan odamlar uning o’zining temperamentidagi farqlar bo’yicha psixologik maslahatga murojaat etgan mijozning o’zini birinchi navbatda bunga ishontirishi kerak. Temperamentlarining psixologik mos emasligini sabab qilib ko’rsatish ko’pincha o’zaro munosabatlar sabablarini yashirish vositasi bo’lib xizmat qiladi. Mana shu sababli psixologik mos kelmasligidan shikoyat qilib murojaat etgan mijoz bilan ishlaganda psixolog-maslahatchi amalga oshirishi kerak bo’lgan keyingi ish quyidagilardan iborat: mijozga u va uning atrofidagi odamlar o’rtasida psixologik mos kelmaslik aniqlanadigan munosabatlarni chuqur psixologik tahlil qilib chiqish zarurligini tushuntiradi. Agarda biroz vaqt o’tgach uning odamlar bilan o’zaro munosabatlari muammosi temperamenti xususiyatlari bilan bog’liq emasligini mijoz tushunsa, uning sababini temperamenti farqida emas, balki biron boshqa narsadan qidirish kerak bo’ladi.
    3 holat. Agarda mijoz ishda yoki odamlar bilan munosabatlarda yuzaga keladigan doimiy keskinlik to’g’risida psixolog-maslahatchiga shikoyat qilsa buning asosida uchta sabablar yotishi mumkin: bajarayotgan ishiga qiziqishi yo’qligi, odamga qiziqishi yo’qligi, bir-biri bilan o’zaro aloqalarda bo’lmaydigan odamlarning temperamenti tabiiy turiga to’la mos kelmaydigan ish bajarish yoki kommunikativ harakatlari dinamikasi. Birinchi navbatda mijoz bilan ishlashda psixolog-maslahatchi aslida mumkin bo’lgan sabablardan qay biriga duch kelganligini aniqlab olish kerak. Agarda birinchi yoki ikkinchi sabablar haqiqiy ta’sir ko’rsatuvchi bo’lib chiqsa, unda ular sababli yuzaga kelgan psixologik keskinlikni faqat ishiga, yoki odamga bo’lgan salbiy munosabatini ijobiy o’zgartirish hisobiga yo’qotish mumkin bo’ladi. SHu bilan birga ishlash va munosabatlar ancha qulay dinamik ko’rsatkichlariga o’tishi bilan uning ishi va odamlar bilan munosabati sifati yomonlashmasligini, balki oqibatda yaxshilanishiga mijozni ishontirsa juda yaxshi bo’ladi. Biroq avvaliga unga yangicha ishlash va munosabatlar noqulay va qiyindek ko’rinishi mumkin.
    4 holat. Boshqa odamlarga nisbatan ish bajarish tezligi pastligi bo’yicha va ba’zi vaziyatlarda ularning harakatlariga javobi juda sekinligi bo’yicha xavotirlanish. Bunday xavotirlanishlar ko’pchilik hollarda to’la asosga ega bo’lmaydi. Yuqorida sustlik va reaktsiyasi sekinligi odamning shaxsiy kamchiligi hisoblanmasligi to’g’risida ko’p gapirdik. Ular ish bajarish natijasi pasayishi va odaamlar bilan munosabatlarda qiyinchiliklar hamda kuchli ichki keskinlik kelib chiqqanda kamchilik bo’lib ishtirok etadi. Lekin nima ish qilsa tez bajarishi va shu bilan bir vaqtda sifatli bo’lishi hayotda juda kam hollarda hamda alohida iste’dodli odamlarda bo’ladi. Aksincha, shoshilmay ishlaydigan odamlarda ish sifati ancha yuqori sifatli bo’lishi ko’proq uchraydi. Agarda tez va sekin ishlash, tez yoki sekin aqliy harakatlanish reaktsiyalari barcha ustunliklari va kamchiliklarini to’plab hamda solishtirib chiqilsa, unda aynan, shoshilmasdan ishlash va ancha bir tekis reaktsiya sifati va mahsuldorligidan ustun bo’lib chiqadi. SHuningdek, boshqalardan ortda qolishi yoki aksincha, ulardan o’zib ketishiga shikoyat qilgan mijozga kamida ikkita ishni bajarishni tavsiya etish kerak: birinchidan, bu masalada jiddiy shaxsiy kamchilik sifatida tashvishlanmaslik: ikkinchidan, birinchi navbatda o’zida ish sifati va munosabatlar natijasi to’g’risida o’ylab va ish hamda muloqot surati tezligiga juda ham e’tibor bermay ishlash va boshqa odamlar harakatlariga e’tibor bermaslik odatini ishlab chiqishga harakat qilish kerak.
    5 holat. Nerv sistemasi bo’shligi va u bilan bog’liq temperamenti xususiyatlari faqat kuchli keskinlik keltirib chiqaradigan va odamdan katta jismoniy hamda psixologik chidamlilik talab etuvchi faoliyat turlariga nisbatangina odamning shaxsiy kamchiligi hisoblanishi mumkin. Hozirgi davrda faoliyatning bunday turlari unchalik ham ko’p emas va ulardan ko’pchiligi obro’li hisoblanmaydi. Bunday faoliyat turlariga masalan, odamning doimiy va kuchli shovqinli sharoitda ishlashi kiradi. Boshqa zamonaviy odamlar qiziqadigan faoliyatlar haqida gapirsak, ular bilan shug’ullanish uchun nerv sistemasi bo’shligi juda ahamiyatsiz, ba’zida esa hatto ijobiy omildir.
    5 holat. Odamning temperamenti bilan bog’liq bo’lgan boshqa muammolardan farqli ravishda emotsional og’ir, vazmin emasligi haqiqatda jiddiy muammo hisoblanadi. Uni altbatta, hal etish kerak. Mijozni esa u mavjud emas deb, ishontirish kerak emas. Birinchi navbatda odamning vazmin emasligi - bu uning temperamenti goho ichki, goho tashqi namoyon bo’lishi ekanligini aytib o’tish zarur. U odam nerv sistemasida qo’zg’alish va sustlashish jarayonlari bir-biri ustidan yaqqol ustunligida ifodalanadi (og’ir, vazmin bo’lmaslik qo’zg’alishning sekinlashishdan ustunligida va sekinlashishning qo’zg’alishdan ustunligi hollarida bo’lishi mumkin). Ustun bo’lgan nerv jarayoni odamning vaziyatga mos bo’lmagan reaktsiyasida o’zini tashqi ifoda etadi. Xotirjam javob berish talab etiladigan vaziyatda odam juda qizg’in javob beradi, agarda emotsional faol javob berish mos bo’lganida odamning javobi sust bo’ladi. Agarda hayotda bu odam emotsional ruxi tushgandan ko’ra ko’proq emotsional qo’zg’almaydigandek tuyulsa va o’zining xulqini boshqara olmaydigan bo’lsa, unda u haqida tormozlanishdan ko’ra qo’zg’aluvchanligi ustun bo’lgan, ammo xarakteri vazmin bo’lmagan odam deb hisoblanadi. Lekin aksincha, ko’proq darajada sustkash bo’lsa va uning xulqida tormozlanish qo’zg’alishdan yaqqol ustun bo’lsa, uning tormozlanishi qo’zg’alishdan ustun bo’lgan beqaror odam sifatida ifodalanadi. Psixolog-maslahatchi o’zining emotsional beqarorligi ustidan shikoyat qilib murojaat etgan inson bilan birgalikda birinchi navbatda ushbu mijoz mana shu ikki turdagi odamlardan qaysi biriga kirishini bilib olishi kerak. Bu qadamning muhimligini emotsional beqarorligi turlicha bo’lgan odamlar uchun amaliy maslahatlar va tavsiyalar turlicha bo’lishi bilan bog’liqdir. SHundan keyin beqarorligi sabablarini aniqlashga kirishishi mumkin. Ular har bir odamda turlicha bo’ladi. Psixologik diagnoz davomida aniqlangan mana shu sabablar asosida mijozning emotsional beqarorligi sabablarini yo’qotish bo’yicha aniq, individual o’ziga mos tavsiyalar beriladi.

    Download 22,5 Kb.
      1   2   3




    Download 22,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5-mavzu. Konsultativ ta`sir etish texnologiyasi Reja

    Download 22,5 Kb.