• 1.Jahon madaniyati taraqqiyotida lotin imlosining o’rni.
  • Milliy uyg’onish davri va yangi alifboni isloh qilish.
  • “Harf masalasi”
  • 5-mavzu lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosi va husnixat metodikasi tarixi




    Download 142.5 Kb.
    bet2/4
    Sana22.04.2023
    Hajmi142.5 Kb.
    #53236
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosi va husnixat metodikasi tarixi
    unumdorligini o-WPS Office, B2 ANSWER TO PART 2 (1), xiva-xonligi-tarixshunosligi, 371351, 9 sinf rus tili 14 Работа с литературным текстом А С Грин «зелёная, maktabda-o-quvchi-yoshlarni-gender-tengligi-ruhida-tarbiyalash-zarurati, imtihon qaydnomasi, sex01, Imitasion modellar.Matematikmodellarning universalligi., Shaymardonov Madaminbek, fgfgfg, Saidov Jahongir, 777, Qo\'l to\'pi o\'yini darvozabonini nayyorlash metodikasi. Azizov S.V
    Tayanch iboralar:Lotin yozuvi, o’zbek akifbosi, matodika fani, pedagogika fani,XX asr boshlari,maxsus yozuv daftarlari, imlochilar bahsi, arab yozuvi, lotin yozuvi, "Yangi imlochilar", "Chig'atoy gurungi" qatnashchilari, "Eski imlochilar”, "O'rta imlochilar",ilmiy bahs-kurash,"Lotinchilar", konferensiyada,"yo'g'onlik va ingichkalik", imlo tarixi,"Yangi o' zbek alifbo qo'miitasi", kirill, imlo qoidalari.


    1.Jahon madaniyati taraqqiyotida lotin imlosining o’rni.
    O’rta osiyo xalqlarning qadim-qadimdan o'z yozuvlari bo'lgan va hozir ham mavjud. Jahondagi 220 xil yozuvning tarqalish hududi va ulardan foydalanuvchilar soni har xil. Keng tarqalgan yozuvlardan biri o'lik lotin tilining yozuvi, ya'ni lotin yozuvi bo'lib, bizning davrimizda jahon xalqlarining 30 foizidan ziyodi o'z fikrini ana shu yozuv asosida yaratilgan alifboda bayon qiladi.Yangi mustaqil Respublikamizning Har tomonlama kamol topishini va jahon kommunikatsiya tizimiga kirishini jadallashtiruvchi qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi. O’zbekiston Respublikasida lotin yozuvi asosidagi yangi alifboga o'tish fikri 1921 yildan paydo bo'lgan. Bunda Mahmud Hodiyev -Botu kabi ziyolilar tashabbuskor bo'Iganlar. Ular lotin va lotin-rus yozuvlari asosidagi o'zbek alifbosini tuzganlar va ilmiy jamoatchilik muhokamasiga qo'yganlar.






    1. Milliy uyg’onish davri va yangi alifboni isloh qilish.

    Bizning hududimizda arab alifbosi VIII asrning 20-yillaridan XX asrning 20 yillarning oxirigacha qo'llanilgan. "Milliy o’yg'onish" davrida arab imlosi va alifbosiga ayrim islohlar kiritish boshlangan. Ammo bu masalani rasmiy ravishda hal qilish 1917- yilgi to'ntarilishdan so'ng bo'lgan. Arab alifbosini isloh qilish jarayonida bu alifbodan voz kechib, lotin ailfbosiga o'tish masalasi ham o'rtaga qo'yilgan.


    1917-yil oktabr To'ntarishidan so'ng mahalliy tillar, ularning alifbosi va imlosiga rasmiy ravishda e'tibor berila boshlangan. Ayniqsa, 1919 -yil 26-dekabrda Rusiya Respublikasida savodsizlikni tugatish to'q'risida Dekret chiqqanidan so'ng Qo'shma Sho'rolarining Turkiston Muxtor Jumhuriyatida ham alifbo va imlo masalalarini tezroq hal qilish o'rtaga qo'yilgan, chunki imlo va harflar shakli masalalarini hal qilmay turib, ko'pchilik xalqni savodxon qilib bo'lmas edi.
    Turkiston jumhuriyati Xalq Maorifi Komissarligi o'zbek maorifchilarining 1918 yil avgustda bo'lib o'tgan birinchi qurultoyida arabcha harflarni isloh qilish yuzasidan quyidagi qarorga kelib, harflarning ikki xil shaklda, ya'ni alohida yozilish shakli hamda so'z boshida yozilish shaklida bo'lishi lozimligi aytilgan.
    1921- yilgi til va imlo qurultoyi. Turkiston Xalq Maorif Komissarligining tashabbusi bilan 1921-yilning yanvar oyi boshida Toshkentda o'zbek tili va imlosi yuzasidan Turkiston Muxtor Jumhuriyati qurultoyi o'tkaziladi. Bu anjumanda harf va imlo masalasi yuzasidan ma'ruza qilgan Fitrat o'z so'zini: "Maorifimizni eski imlo va yozuv bilan kengaytmak va savodsizlikni isloh etmak lozimdir",- degan chaqiriq bilan Turkiston maorifchilarining yig'inida ma'ruza qilgan. Ilmiy jamoatchilik bu urinishga o'z munosabatini bildirmagan.
    Shuni qayd qilish kerakki, 1921 -yil yanvargacha "Yangi imlochilar" bilan ("Chig'atoy gurungi" qatnashchilari). "Eski imlochilar”, "O'rta imlochilar" o'rtasida ilmiy bahs - kurash bo'Igan edi, 1921-yilgi qurultoydan so'ng "Lotinchilar", ya'ni iotin yozuvi asosidagi o'zbek alifbosini yaratuvchilar (Mahmud Hodiyev - Botu rahbarligida) paydo bo'Idilar, bu guruhlar ham imlo kurashiga qo'shildilar. 1923 yil 3-9'oktabrda O'rta Osiyo o'zbeklari yozuvi va imlosini isloh qilish yuzasidan Buxoro shahrida alifbo-imlo konferensiyasi bo'lib o'tadi.
    1924-yilning 11-aprelida Turkiston Maorif Komissarligida bo'Igan majlisda Moskvadan Komissarlikka yuborilgan yangi tuzilgan lotin alifbosi loyihasi mutaxassislar bilan muhokama qilinadi.
    Demak, arab alifbosidan lotin alifbosiga o'tishda O'zbekistonda ham, markazda ham tayyorgarlik ishlari olib borilgan.
    Ozarbayjon hukumati va tilshunoslari sobiq Ittifoqdagi turkshunoslarning 1-qurultoyini 1926 yil 26 fevraldan Boku shahrida o'tkazish tashabbusi bilan chiqqanlar.
    Bu qurultoyga tayyorgarlk ko'rish maqsadi bilan 0'zbekiston Xalq Maorif Komissarligining Ilmiy markazi huzuridagi o'zbeklarni o'rganish qo'mitasi 1925 yil 29-31 noyabr kunlari Samarqandda til mutaxassislari hamda o'zbekshunoslarning kengashi o'tkazildi. Ma'ruzachilarning familiyasini qavs ichida ko'rsatdik). Til va istiloh (G'ozi Olim Yunusov, E.D. Polivanov), Imlo va harf (E.D.Polivanov ), Alisher Navoiy yubileyi to'g'risida (Vadud Mahmudov). Bu kengashda imlo va alifbo to'g'risida quyidagi qaror qabul qilingan: "Bugun ishlatilmoqda bo'lgan imloni yetishmasliklariga qaramasdan aytish mumkinki, ko'p imlolardan mukammaldir. Bu imlo yetishmasliklarini bir imlo kengashi yig'ish bilan to'ldirish mumkindir. Shuning uchun-da boshqadan bir lotin harf va imlosi masalasi ko'rsatish ortiqchadir. Bu qarorni sharhlashga zaruriyat yo'qdir.”
    1926-yilning 26-fevralidan Bokuda sobiq Ittifoqdagi turkshunoslarning birinchi qurultoyi ish boshladi. Bu qurultoyda 150 mutaxassis ishtirok etgan. 0'zbekistondagi Rahim In'omov (Maorif komissari), Nazir To'raqulov (ma'ruza qilgan), Ashirali Zohiriy, Shokirjon Rahimiy, Bekjon Rahmon rasmiy vakil sifatida qatnashganlar. Markazdan prof. L.V.Shcherbak va Yakovlev ishtirok etganlar. Turkiyadan mehmon tarzida Kupruluzoda Mehmed Fuod hamda Alibek Husaynzoda qatnashgan. Boku qurultoyida bir necha ilmiy masalalar qatorida harf va imlo masalasiga keng o'rin berilgan. Arab alifbosidan lotin yozuvi asosidagi yangi alifboga o'tish masalasi keng muhokama qilingan. 0'zbekistondan qatnashgan vakillar o'rtaga qo'yilgan masalani yakdillik bilan ma'qullaganlar. Turkiyadagi Istanbul dorilfununi mudarrisi Kupruluzoda Mehmed Fuod arab yozuvidan voz kechib, lotin yozuviga o'tishga jiddiy e'tiroz bildirgan. 1926-yilda o'zi ishlaydigan dorilfununning to'plamida “Harf masalasi” nomli maqolasida "Latin harflerenin alinmasina karsi cikmisti",deb e`tiroz bildirgan.
    Qurultoyda xorazmlik Bekjon Rahmon o'g'li so'zga chiqib, bunday degan edi: "O'zbekiston Ozarbayjon hukumatini yangi turk alifbosini amaliy suratda vujudga chiqarish ishida ko'rgan muvaffaqiyatlari bilan qizg'in ravishda salomlaydir va o'sha bilan barobar, 0'zbekiston davlati ichida yangi turk alifbosini amalga qo'yishga chora va tadbirlar ko'rishga so'z beradir".
    Bu qurultoyda sho'rolar hududidagi turkiy xalqlar o' z yozuvlari uchun lotin alifbosini asos qiiib olishlari to'g'risida tavsiya qabul qilingan.



    Download 142.5 Kb.
    1   2   3   4




    Download 142.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5-mavzu lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosi va husnixat metodikasi tarixi

    Download 142.5 Kb.