|
5-mavzu. Milliy innovatsion tizimlar
|
bet | 1/4 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 16,58 Kb. | | #155862 |
Bog'liq 5-mavzu. Milliy innovatsion tizimlar-fayllar.org
5-mavzu. Milliy innovatsion tizimlar
5-MAVZU. MILLIY INNOVATSION TIZIMLAR
5.1. Innovatsion tizimlar
5.2. Fan va jamiyat innovatsion o’zgarishlar oqimida.
5.1. Innovatsion tizimlar
Milliy innovatsion tizimni (MIT) yaratish bosqichlari, tarkibi, maqsadi
va mazmunini quyidagicha ifodalaymiz.
MIT yaratishdan maqsad – shu hujjatda e’lon qilingan fan va texnologiyalar sohasida davlat siyosati maqsadlarini amalga oshirish, ya’ni
tanlab olingan ustuvorliklar asosida mamlakat rivojlanishining innovatsion
yo’lini ta’minlash hisoblanadi.
2. MIT mazmuni. Belgilangan maqsaddan kelib chiqqan holda
yaratilayotgan tizim ko’p darajali xarakterga ega bo’lishi hamda
innovatsion jarayon bosqichlari va boshqaruv darajalari bo’yicha bir qator
elementlarni qamrab olishi va ularni yakuniy natijalarga yo’naltirishi
lozim.
Innovatsion jarayon bosqichlari bo’yicha MIT quyidagilarning optimal
aloqada bo’lishini ta’minlashi zarur:
tabiat, texnika va jamiyat rivojlanishining yangi qonuniyatlarini
ochish va ulardan dolzarb global va milliy muammolarni hal qilish,
barqaror rivojlanishda tabiiy muhit bilan o’zaro aloqada foydalanishga yo’naltirilgan fundamental va izlanuvchan tabiiy-ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar;
mahalliy tovar, xizmat va texnologiyalar raqobatbardoshligini
ta’minlovchi ixtirolar va boshqa original fan-texnika yechimlari;
istiqbolli fan-texnika g’oyalari va ixtirolarni yangi mahsulot sinov
namunalari va sinalgan ilg’or texnologiyalar ko’rinishiga keltiruvchi hamda ularni innovatsiyalarga amalga oshirishda
mualliflik nazoratini amalga oshiruvchi amaliy tadqiqotlar va
konstruktorlik loyihalari;
yangi texnik g’oya va ixtirolarning paydo bo’lishi va asoslanishi,
innovatsiyalar uchun malakali kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash
va ularning malakasini oshirishda ishtirok etuvchi OO’Yu;
innovatsion loyiha va dasturlarni, ayniqsa, kichik biznes uchun
amalga oshirishga ko’maklashuvchi innovatsion mfz tashkilotlari.
3.Bunday yondashuv milliy innovatsion tizimning ierarxik, funksional
va ta’minot strukturasi yaxlitligini nazarda tutadi.
Uning tarkibida quyidagi ierarxik pog’onalarni ajratib ko’rsatish mumkin:
lokal – yirik hududiy birlashmalar, ilmiy-sanaot markazlari, ilmiy
shaharchalar bo’yicha – ularning o’ziga xosliklari va salohiyatini
hisobga olgan holda;
mintaqaviy – innovatsion ustuvorliklar tizimini tanlash va amalga
oshirishni ta’minlash uchun;
mintaqalararo - mintaqalarning innovatsion ustuvorliklarini
muvofiqlashtirish, hudud doirasida ustuvorliklar tor doirasini
belgilash va ularni mamlakat miqyosidagi ustuvorliklar bilan
bog’lash maqsadida;
tarmoq - alohida tarmoq va tarmoqlararo majmualar doirasida;
milliy – mamlakat innovatsion rivojlanish strategiyasining amalga
oshirilishini ta’minlaydi, mamlakatning global-innovatsion-
texnologik makondagi rolini oshiradi, mahalliy mahsulotlarning
jahon bozorlaridagi raqobatbardoshligini oshiradi;
davlatlararo – MDH va yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyati doirasida
innovatsion o’sish strategiyasining integral jihatlarini kuchaytirish,
birgalikda jahon bozoriga chiqish maqsadida;
global – mamlakat barqaror rivojlanish global dasturlari, global
energetika sektoridagi o’zgarishlar, global ekologik dastur va
loyihalarda ishtirok etishi mumkin bo’lgan darajada.
Milliy innovatsion tizimning funksional va ta’minot strukturasi
quyidagi asosiy tizimlarni qamrab olishi mumkin:
strategik ustuvorliklarni ilmiy-texnik va innovatsion bashorat qilish
va tanlash;
innovatsion-texnologik rivojlanishni strategik rejalashtirish va
dasturlash;
innovatsion o’zlashtirish uchun ixtirolar va ilmiy-texnik
faoliyatning boshqa natijalarini baholash va tanlash;
xalq xo’jaligi (oziq-ovqat, energetika, uy-joy-kommunal, yuqori
texnologiyali, transport va b.) majmualari va yirik hududiy
majmualarda innovatsion o’zgarishlar;
innovatsion infratuzilmani (ilmiy shaharchalar, innovatsion-
texnologik markazlar, texnologiyalar transferi markazi, innovatsion
ko’rgazma-yarmarkalar, kichik innovatsion biznes uchun biznes-
inkubatorlar) rivojlantirish;
innovatsion rivojlanishning integratsion jihatlari, texnologiyalar va
innovatsion mahsulotlar eksporti va importi, davlatlararo
innovatsion tizimlar yaratish;
moliyaviy ta’minot;
innovatsion jarayon barcha qatnashchilarining mamlakatdagi va
dunyodagi ilmiy ixtirolar va innovatsiyalar, ijtimoiy-iqtisodiy va
ilmiy-texnik rivojlanish haqida axborot ta’minoti;
innovatsion menejment;
innovatsion rivojlanishning kadrlar ta’minoti, ilmiy-innovatsion
yo’nalishning ustuvor yo’nalishlari, muayyan dastur va loyihalar bo’yicha
olimlar, konstruktorlar, muhandislar, ishchilar tayyorlash, qayta tayyorlash
va malakasini oshirish, o’rta va oliy ta’lim, masofadan o’qitish tizimida
innovatsion yo’nalishlarga e’tiborni kuchaytirish
|
| |