• Tayanch so‘z va iboralar
  • 1. XX asr 80-yillari oʻrtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va maʼnaviy hayotidagi inqirozli holat.
  • 2. Markazning Oʻzbekistonda amalga oshirgan qatagʻon siyosati. “Paxta ishi” “Oʻzbek ishi” nomli kampaniyalar. Aholi turmush tarzining ogʻirlashuvi. Orol fojiasi. Fargʻona voqealari.
  • Birinchi bosqich
  • 5-mavzu. Mustaqillikka erishish arafasida oʻzbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar. Reja




    Download 23,74 Kb.
    bet1/4
    Sana29.06.2024
    Hajmi23,74 Kb.
    #266188
      1   2   3   4
    Bog'liq
    O\'zb eng y t 5-M


    5-MAVZU. MUSTAQILLIKKA ERISHISH ARAFASIDA OʻZBEKISTONDAGI IJTIMOIY-SIYOSIY JARAYONLAR.
    Reja:
    1. XX asr 80-yillari oʻrtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va maʼnaviy hayotidagi inqirozli holat.
    2. Markazning Oʻzbekistonda amalga oshirgan qatagʻon siyosati. “Paxta ishi” “Oʻzbek ishi” nomli kampaniyalar. Aholi turmush tarzining ogʻirlashuvi. Orol fojiasi. Fargʻona voqealari.
    3. 1989-yil oʻrtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy hayotidagi oʻzgarishlar. Milliy manfaatlar ustuvorligining oʻsib borishi.
    4.I.Karimov – Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti. Mustaqillik deklaratsiyasi va uning tarixiy ahamiyati.
    5. 1991-yil avgust voqealari. GKCHP. Sovet davlatining tanazzulga yuz tutishi.


    Tayanch so‘z va iboralar:Fan-texnika inqilobi. Intensiv va ekstensiv yo’l. Turg’unlik holati. «Qayta qurish». Oshkoralik. Milliy qadriyatlarning toptalishi. Norasmiy tashkilotlar. Farg’ona fojiasi. Davlat tili haqida Qonun. O’zbekistonda Prezident lavozimi. «Mustaqillik Deklaratsiyasi». Mustaqil davlatlar ittifoqini tuzish masalasi. FHDQ va uning bostirilishi.


    1. XX asr 80-yillari oʻrtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va maʼnaviy hayotidagi inqirozli holat.
    XX asrning 80 yillarida kelib O’zbekistonda xalqning azaliy orzusini amalga oshirish imkoniyati vujudga keldi. SSSRda iqtisodiyotning rivojlanish sura’ti tobora pasayib, sarf – xarajatlari ortib bordi. Mavjud imkoniyatlarni hisobga olmasdan ishlab chiqilgan ijtimoiy, oziq – ovqat, agrar, energetika, ekologiya va boshqa sohalardagi rejalar samara bermadi, iqtisodiy ziddiyatlarni chuqurlashtirib yubordi. Bunday vaziyatda O’zbekiston davlatining mustaqilikka intilishi kuchaydi.
    Sobiq Ittifoqda yuzaga kelgan inqiroziy holat sabablariga quyidagilarni aytish mumkin. Xususan, XX asr ikkinchi yarmidan dunyoda ilmiy – texnikaviy yangiliklar sodir bo‘ldi. Bundan jahonning taraqqiy topgan davlatlari samarali foydalana boshladi. Mashina – fabrika ishlab chiqarishidan avtomatlashtirilgan kompleks ishlab chiqarishga o‘tib borildi. Ishlab chiqarishga hisob – kitoblar, yechimlar, nazorat va boshqarish vazifalarini bajaradigan elektron – hisoblash apparatlari, axborot texnikasi, robotlar kirib keldi va keng qo‘llanila boshlandi. Odamlar bajarib kelgan oddiy texnik, mexanik, og‘ir jismoniy ishlarni texnika vositalari bajaradigan bo‘ldi. Fan ishlab chiqarish kuchiga aylandi. Natijada ilg‘or mamlakatlarda ishlab chiqarishning samarasi oshib, intensiv taraqqiyot yo‘liga kirdi. Moddiy ishlab chiqarishda ishlovchilar soni qisqarib, xizmat ko‘rsatish sohasida, tibbiyot, ta’lim, ilmiy faoliyatda band bo‘lganlar soni oshib bordi. Axborot texnikasi tibbiyot, fan, ta’lim va boshqa xizmat ko‘rsatish sohalarida keng qo‘llanila bordi. Inson texnik, mexanik va og‘ir jismoniy ishlarni bajarishdan ozod bo‘lib, o‘zini mazmunli, ijodiy ishlarga bag‘ishladi. Pirovardida turmush saviyasi tobora yaxshilanib bordi.
    Bu davrda sovet davlatida esa ilmiy – texnika inqilobidan foydalanish yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmadi. Mamlakat katta tabiiy resurslarga ega bo‘lsada, xo‘jaliklar ularning yetishmovchiligiga duch keldi. Ko‘pgina mamlakatlar fan – texnika inqilobi tufayli xalq turmushida jiddiy ijobiy burilishga erishgan bir paytda SSSR bu jarayondan orqada qolib ketdi.
    Ishlab chiqarish texnologiyasi eskirgan, mahsulotlarning sifati past, ular sotilmasdan omborlarda to‘planib qolayotgan edi. Ma’muriy – buyruqbozlik tizimi, iqtisodiyotga partiyaviy rahbarlik va uning mafkuralashtirilishi iqtisodiyotni isloh qilish yo‘lidagi urinishlarni yo‘qqa chiqarar edi. Ijtimoiy ehtiyojlarga mablag‘ ajratishda qoldiq prinsipi va taqsimotda tekischilik hukmron edi. Bular aholining mehnatga qiziqishi va faolligini susaytirdi, boqimandalik, ichkilikbozlik, chayqovchilik, poraxo‘rlik kabi yaramas illatlarni keltirib chiqardi.
    Buyruqbozlik boshqaruv usuli, mamlakatda keng tarqalgan qog‘ozbozlik, majlisbozlik illatlari iqtisodiyotning o‘z qonunlari va vositalari asosida rivojlanishiga to‘sqinlik qilmoqda edi. Odamlar mulkdan begonalashtirilgan, shu tufayli loqaydlik yuzaga keldi.
    2. Markazning Oʻzbekistonda amalga oshirgan qatagʻon siyosati. “Paxta ishi” “Oʻzbek ishi” nomli kampaniyalar. Aholi turmush tarzining ogʻirlashuvi. Orol fojiasi. Fargʻona voqealari.
    Qayta qurishsiyosati boshlanishi KPSS MK Bosh kotibi Mixail Sergeyevich Gorbachev va KPSS Markaziy Komitetining 1985 yil 25 aprel plenumi bilan bevosita bog‘liqdir. Bu siyosat SSSRda totalitar tizimni isloh yo‘li bilan o‘zgartirishga qaratilgan harakatni bildirgan. Qayta qurish siyosatining maqsadi va vazifasi mamlakatda to‘planib qolgan ijtimoiy – siyosiy, iqtisodiy, madaniy va mafkuraviy sohalardagi muammolarni «qayta qurish» yo‘li bilan hal etishdan ibo­rat bo‘lgan.
    Qayta qurish 1985 – 1990 yillarni o‘z ichiga olib, ikki bosqichga bo‘linadi. Birinchi bosqich (1985 – 1987) ma’muriy – tashkiliy tadbirlarning an’anaviy usullarda olib borilishi bilan izohlandi. Ushbu bosqichda asosiy vazifalar ilmiy – texnika taraqqiyoti yutuqlarini ishlab chiqarishga jalb etish asosida jamiyatda tub iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish va uning asnosida inson omilini faollashtirishga qaratilgan edi.
    Qayta qurishning dastlabki davrlarida asosiy e’tibor mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga yo‘naltirildi. Biroq bunday jarayonning rivoji ijtimoiy munosabatlarni takomillashtirishni talab qildi. Shuning uchun 1986 yilda qayta qurish va ijtimoiy munosabatlar masalasiga alohida e’tibor berildi. Bunday siyosatning markazida esa jamiyatni demokratlashtirish, ma’muriy – buyruqbozlik va byurokratizmga, qonunsizlikka qarshi kurash turar edi. Natijada jamiyat ijtimoiy – siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotida ma’lum o‘zgarishlar ro‘y bera boshladi, kishilarning ijtimoiy faolligi oshdi, demokratiya sari qadam tashlandi, milliy o‘zlikni anglash jarayoni yuz berdi. Ammo tub o‘zgarishlarni, barcha sohalarda haqiqiy islohotlarni amalga oshirish yo‘lidagi urinishlar muvaffaqiyat qozonmadi. 1986 yildan boshlab mamlakat iqtisodiy ahvoli battar yomonlasha boshladi, 1987 yil yanvaridan ishlab chiqarish sur’atlari keskin pasaya bordi, iqtisodiyotda inqirozli holat yuzaga keldi. Qayta qurishning birinchi bosqichi shu tarzda mag‘lubiyat bilan yakun topdi.
    1987 – 1990 yillar esa qayta qurishning ikkinchi bosqichi bo‘lib, enlikda jamiyatning barcha jabhalarini kompleks tarzda isloh qilishni kun tartibiga qo‘ydi. Jumladan, bu davrda sovet jamiyatini demokratlashtirish masalasi asosiy vazifa, deb ta’kidlandi. Demokratlashtirish jarayoni jamiyatni ma’lum darajada uyg‘otdi, ijtimoiy faollik ortdi. Saylovlarning muqobil nomzodlar ishtirokida, alternativ asosda olib borilishi ijobiy holat edi, bundan tashqari SSSRda saylov tizimini o‘zgartirish to‘g‘risidagi Qonun (1988 yil dekabri) ning qabul qilinishi ham jamiyat a’zolari ijtimoiy faolligini oshirishda ma’lum ahamiyat kasb etdi. Biroq Ittifoqda tub demokratik o‘zgarishlarni amalga oshirish, boshlangan islohotlarni oxiriga yetkazish mumkin bo‘lmadi. Bu ikki sabab bilan izohlanadi. Birinchidan, qayta qurishning aniq, izchil, ilmiy jihatdan puxta ishlab chiqilgan dasturi yo‘q edi. Ikkinchidan, partiya rahbarlari bundan manfaatdor emasdilar.
    Xullas, M.S. Gorbachev boshchiligida KPSS rahbariyatining bir qismi tomonidan boshlangan qayta qurish siyosati mamlakat hayoti va umuman jahonda ma’lum o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga olib keldi (oshkoralik, siyosiy plyura­lizm, «sovuq urush»ning tugashi va h.k.). Qayta qurishni amalga oshirishdagi qarama – qarshilik va noizchilliklar natijasida 80 – yillarning oxiri – 90 – yillarning boshidan mamlakat hayotining barcha sohalarida bo‘hronlar kuchayib ketdi. Qayta qurish sobiq SSSRda to‘planib qolgan muammolarni to‘la hal etishga xizmat qilmadi. Mustaqillik, demokratiya va erkinlik g‘oyalariga to‘g‘ri kelmaganligi tufayli ham amaliy samara bermadi. Oxir oqibatda KPSS ning halokati va SSSR ning tugashiga muayyan turtki bo‘ldi.
    XX asrning 80 – 90 – yillarda sovet hokimiyati tomonidan mavjud turg‘unlik holatidan chiqish, shuningdek, sobiq ittifoqdosh respublikalarning mustaqillik yo‘lidagi harakatlarini bartaraf etish, sobiq SSSRda yuzaga kelgan inqirozli harakatlar sabablarini ittifoqdosh respublikalardan qidirish, ularni ayblash uchun turli nayranglar, «siyosiy o‘yinlar» o‘ylab chiqdilar.
    Qayta qurish millatlararo munosabatlarning keskinlashuvida ham o‘z aksini topdi. Uzoq yillar davomida to‘planib, shakllangan ijtimoiy – iqtisodiy, siyosiy, madaniy sohadagi muammolarning millatlararo munosabatlarga ta’sir etmasligi mumkin emas edi.

    Download 23,74 Kb.
      1   2   3   4




    Download 23,74 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5-mavzu. Mustaqillikka erishish arafasida oʻzbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar. Reja

    Download 23,74 Kb.