|
-yil oʻrtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy hayotidagi oʻzgarishlar. Milliy manfaatlar ustuvorligining oʻsib borishi
|
bet | 2/4 | Sana | 29.06.2024 | Hajmi | 23,74 Kb. | | #266188 |
Bog'liq O\'zb eng y t 5-M3. 1989-yil oʻrtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy hayotidagi oʻzgarishlar. Milliy manfaatlar ustuvorligining oʻsib borishi.
1989 yil may – iyun oylarida Farg‘ona, Toshkent viloyatlarida va Andijon shahrida millatlararo mojarolar ro‘y berdiki, u respublikada va butun mamlakatda g‘oyat darajada katta shov – shuvga sabab bo‘ldi hamda respublikada siyosiy vaziyatning keskin tus olishiga olib keldi. Ma’lumki, ikkinchi jahon urushi yillarida mustabid tuzum tomonidan deportatsiya qilingan bir qator xalqlar qatorida mesxeti turklari ham bo‘lib, ular asosan aholi zich yashaydigan Farg‘ona viloyatiga, bir qismi Andijon, Namangan va Toshkent viloyatlariga joylashtirilgan, buning oqibatida esa ijtimoiy – iqtisodiy va millatlararo munosabatlarda qo‘shimcha muammolar yuzaga kelgan edi. Bu muammoga sovet davlati o‘z vaqtida e’tibor bermadi. Aksincha, «rivojlangan sotsializm» davriga kelib SSSRda «milliy masala butunlay hal qilindi» deb «tantana» qilindi.
Ammo 1989 yil 24 mayda Quvasoy shahrida yoshlar o‘rtasida bo‘lgan bezorilik millatlararo (mahalliy yoshlar bilan mesxeti turklar o‘rtasida) to‘qnashuvni keltirib chiqardi va bu mojaro Farg‘ona vodiysida ommaviy tus oldi. Respublikaning siyosiy rahbariyati yuzaga kelgan bu murakkab vaziyatni to‘g‘ri baholay olmadi. Natijada, oddiy mojaro Farg‘ona, Marg‘ilon, Toshloq, Qo‘qon, Andijon, Namangan, Toshkentda aholining, ayniqsa, yoshlarning ommaviy chiqishlariga, millatlararo to‘qnashuvlarga sabab bo‘ldi.
Farg‘ona fojialari haqida respublika matbuotida va boshqa ommaviy axborot vositalarida to‘g‘ri ma’lumot berilmaganligi, bu mojarolarning kelib chiqishida asosan «mahalliy aholi aybdor» deb bir tomonlama va noxolis baholanishi vaziyatni yanada keskinlashtirdi. 11 iyunda Toshkent shahrida ishlayotgan va o‘qiyotgan farg‘onalik yoshlardan 100 ga yaqini markaziy maydonda namoyish uyushtirib, Farg‘ona voqealari haqida «noto‘g‘ri» ma’lumot berishlarga qarshi fikr bildirdilar va boshqa bir qator talablar qo‘ydilar. Bunday ommaviy chiqishlarga, kommunistik mafkura tartibiga qarshi borishlarga «ko‘nikmagan» mustabid tuzum siyosiy rahbariyati namoyishchilarga qarshi harbiy qism tashladi. 1989 yil 8 iyunda Qo‘qonda tinch namoyishchilar ana shu harbiy qism askarlari tomonidan o‘qqa tutildi, natijada 50 dan ziyod namoyishda qatnashgan aholi halok bo‘ldi (ularning ko‘pchiligi yoshlar edi), 200 dan ortig‘i esa yarador qilindi. Umumn, 3 – 12 iyun kunlari Farg‘ona viloyatida bo‘lgan millatlararo to‘qnashuvlar va ularni harbiylar tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida 103 kishi halok bo‘lgan, 1009 kishi jarohatlangan va 650 xonadonga o‘t qo‘yilib, vayron qilingan.
Farg‘ona fojialariga taalluqli ma’lumotlarning taxlili shuni ko‘rsatadiki, mesxeti turklari uchun bu mojaro mustabid tuzum aybi bilan urush davrida majburan tashlab chiqilgan ona vatanlariga qaytib borishlari uchun bahona sifatida kerak bo‘lgan. Mahalliy aholi esa bu mojaroga tabiiy ravishda qo‘shilib ketgan. Voqealarning keng miqyos va fojiali tus olganligi sababli sovet va ma’muriy organlar mesxeti turklarini Farg‘onadagi harbiy qism poligonidagi lagerga hamda Tojikistonning Leninobod viloyati Asht tumanidagi Novgarzon posyolkasiga shoshilinch ko‘chiriladi. Minglab odamlarni bunday lagerlarda uzoq saqlab bo‘lmas edi. Shuning uchun 16.282 kishi Farg‘ona viloyatidan Rossiyaning Smolensk, Orlovsk, Kursk, Belgorod va Voronej viloyatlariga ko‘chirib olib borib joylashtirildi.
Farg‘onada uyushtirilgan siyosiy ig‘vogarlik Tbilisi, Tog‘li Qorabog‘, Bokuda tashkil etilgan ig‘vogarliklardan biri edi. Keyinchalik 1990 yil fevral – mart oylarida Bo‘ka va Parkent, 1990 yil iyunda O‘sh va O‘zganda ham shunday urinishlar bo‘ldi. Yovuz kuchlar o‘z maqsadiga erisha olmadilar. O‘zbekistonning yangi rahbariyati tomonidan ko‘rilgan chora – tadbirlar natijasida keskinlik bartaraf qilindi.
XX asr 90 – yillariga kelib jahon va sobiq ittifoqdagi o‘zgarishlar hamda yuzaga kelgan vaziyat o‘zbek xalqining mustaqillik uchun bo‘lgan kurashini tezlashtirib yubordi. Bu o‘rinda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining 1989 yil 23 iyundagi plenumi va unda Islom Karimovning birinchi kotib etib saylanishi juda katta ahamiyat kasb etdi. Ushbu anjumanda I. Karimov O‘zbekistonning sobiq Ittifoqda tutgan o‘rni va rolini aniq – ravshan belgilab berdi, madaniy merosni va tarix haqiqatini tiklash, milliy urf – odatlar va an’analarni rivojlantirish obyektiv zarurat ekanligini isbotladi.
XX asrning 80 – yillari oxirlariga kelib SSSRning parchalanishi real obektiv haqiqatga aylanib qoldi. Bu jarayonni o‘zbek tiliga davlat maqomi berilishi ayniqsa tezlatib yubordi. 1989 yil 21 oktabrda O‘zbekiston Oliy Sovetining XI sessiyasi «O‘zbekiston SSRning davlat tili haqida»gi Qonunni qabul qildi. O‘zbek tili davlat tili deb e’lon qilindi. Ish yuritish sekin – asta o‘zbek tiliga o‘tkazila boshlandi, uni o‘rganishni yaxshilash yuzasidan aniq chora – tadbirlar belgilandi. Ayni vaqtda rus tilini va respublikada yashovchi boshqa xalqlarning tillarini o‘rganish uchun shart – sharoitlar yaratilishi lozim edi, tilni o‘rganishning ixtiyoriyligi va uni tanlash huquqi qonunda belgilab qo‘yildi. Bu qonunning qabul qilinishi o‘zbek xalqi, shu xalq milliy o‘z – o‘zini anglashining o‘sishi, respublikada millatlararo hamjihatlikning saqlanib qolishi uchun juda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Davlat tili haqidagi qonun qabul qilinganidan so‘ng milliy o‘zlikni anglash, milliy davlatchilikni tiklash yo‘lida respublikada yana bir tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan muhim siyosiy qadam qo‘yildi.
1990 yil 23 martda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining Plenumida respublika siyosiy tizimi to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi. Unda O‘zbekistonda hokimiyatning Prezidentlik boshqaruvi shakliga o‘tishi respublika suvereniteti va davlatchiligida mohiyatan yangi bosqich ekanligi ta’kidlandi.
1990 yil 24 mart kuni O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining XII chaqiriq 1 – sessiyasi SSSR doirasida birinchi bo‘lgan siyosiy hujjatni — «O‘zbekistonda Prezidentlik boshqaruvi ta’sis etish to‘g‘risida»gi qarorni qabul qildi va O‘zbekiston Kompartiyasi MK birinchi kotibi Islom Abdug‘aniyevich Karimov O‘zbekiston SSR Prezidenti etib saylandi. Shu tariqa, O‘zbekiston — SSSR respublikalari ichida birinchi bo‘lib o‘zining milliy huquqiy va demokratik davlatiga mustahkam zamin yaratdi.
O‘zbekistonning mustaqillikka erishishida qo‘yilgan navbatdagi muhim qadamlardan biri bu – 1990 yil 20 iyunda respublika Oliy Soveti tomonidan «Mustaqillik Deklaratsiyasi»ni qabul qilinishi edi. Mazkur hujjat O‘zbekiston qonunlarining Ittifoq qonunlaridan ustuvorligini ta’minladi. Shu bilan birga, «Mustaqillik Deklaratsiyasi» O‘zbekistonning 1991 yil 31 avgustga qadar mavjud bo‘lgan boshqaruv, huquqiy faoliyatini ta’minladi, barcha sohada mustaqil siyosat olib borish imkonini berdi. Deklaratsiyada har bir millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqidan kelib chiqqan holda, xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlariga va demokratiya tamoyillariga asoslanib O‘zbekiston SSRning davlat suvereniteti e’lon qilindi.
Deklaratsiyaning qabul qilinishi bilan O‘zbekistonda respublikaning iqtisodiy va siyosiy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal qilina boshlandi.
Shunday bir tarixiy sharoitda sobiq SSSRdagi siyosiy vaziyat keskinlashib bordi. XX asrning 90 – yillari boshlarida Ittifoq tarkibidagi ko‘pchilik respublikalar mavjud vaziyatni o‘zgartirishni talab qilisha boshladi. 1990 yil bahorida Sovet Sotsialistik Respublikalari hisoblangan Boltiqbo‘yidagi Litva (11 mart), Latviya (4 mayda), Estoniya (8 may), keyinroq Gruziya (oktabr) va Ozarbayjon (1991 yil fevral) Ittifoq tarkibidan chiqqanligini e’lon qildi. Bu holat SSSRning davlat butunligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi.
1991 yil aprelda Kiyevda Ukraina, Rossiya, Belorus, O‘zbekiston, Qozog‘iston respublikalari rahbarlarining uchrashuvi bo‘ldi. Uchrashuvda mustaqil respublikalar manfaatlariga mos keladigan Ittifoq shartnomasini tuzishga yondashish yo‘llari ishlab chiqildi va tegishli bayonot imzolandi. Bu hujjatni Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston Respublikalari ham imzolashga rozilik bildirdi. Markaz yon berishga majbur bo‘ldi.
1991 yilga kelib O‘zbekistonda respublikaning davlat mustaqilligiga doir mutlaqo yangi davlat ramzlari tayyorlash va qabul qilish borasida dadil ishlar qilina boshlandi. 1991 yil 15 fevralda O‘zbekiston Oliy Kengashi «O‘zbekistonning davlat ramzlari to‘g‘risida» maxsus qaror qabul qildi.
O‘zbekistonning o‘z suvereniteti uchun kurashi, avvalo, respublikada qabul qilingan har bir qonunning mazmuni va mohiyati jihatidan sobiq Ittifoq qonunlaridan tubdan farq qilishida, bundan tashqari, har bir qonun avvalgidek Ittifoq qonuniga moslashtirib emas, balki respublika manfaati ifoda etilganligi bilan ajralib tura boshladi. Xususan, 1991 yilning 22 iyo’lida O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumining «O‘zbekiston SSR hududida joylashgan Ittifoqqa bo‘ysunuvchi davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarini O‘zbekiston SSRning huquqiy tobeligiga o‘tkazish» to‘g‘risida qabul qilgan qarori ham O‘zbekiston SSR Prezidenti I.A. Karimov, O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi va hukumati O‘zbekistonning siyosiy – iqtisodiy mustaqilligi, uning milliy suvereniteti uchun dadil qadamlar tashlaganligining isboti edi.
1991 yilning aprel oyiga kelib, Markaz o‘zining ta’sir doirasini saqlab qolish maqsadida mustaqil davlatlar ittifoqini tuzishga intildi. 1991 yil aprelda Novo – Ogoryovoda SSSR Prezidenti M.S. Gorbachevning 9 respublika rahbarlari bilan uchrashuvi bo‘ldi. Ishtirokchilar tomonidan «Mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish va tanglikni bartaraf etishga doir kechiktirib bo‘lmaydigan choralar to‘g‘risida» qo‘shma Bayonot imzolandi. Bu hujjat «9 + 1» (9 respublika + Markaz) degan nomni oldi. Uning mazmuni markazning yon berganini, Kiyevda bildirilgan fikr – mulohazalarga rozi bo‘lganini ko‘rsatadi.
1991 yil 3 iyunda Novo – Ogoryovoda SSSR Oliy Soveti vakillari bilan Respublika rahbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘ldi. Uchrashuvda Mustaqil davlatlar ittifoqi (MDI) tuzish masalasi muhokama qilindi. Mulk, til va yangi shartnomani tasdiqlash tartibi to‘g‘risida keskin munozara bo‘ldi. Uchrashuvda ishtirokchilarning fikr – mulohazalari asosan inobatga olingan «Mustaqil davlatlar ittifoqi to‘g‘risida shartnoma» loyihasi ishlab chiqildi. Loyiha barcha Respublikalar Oliy Sovetlariga muhokama uchun jo‘natildi.
Mazkur shartnoma loyihasi O‘zbekiston Oliy Sovetida 1991 yil 14 iyunda muhokama qilindi. Kengash Federatsiya tamoyillari asosida Mustaqil Davlatlar Ittifoqini tuzish tarafdori ekanligini bildirdi. Shu bilan birga u Respublikalar vakolatlarini yanada kengaytirishga doir takliflarni ilgari surdi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
-yil oʻrtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy hayotidagi oʻzgarishlar. Milliy manfaatlar ustuvorligining oʻsib borishi
|