|
5-Mavzu: Silindrlar bloki kallagi – kirish klapani uyasi Reja
|
bet | 3/3 | Sana | 09.12.2023 | Hajmi | 9,89 Mb. | | #114391 |
Bog'liq silindrlar bloki Porshen barmog‘i porshenni shatun bilan sharnirli holda tutashtirish vazifasini bajaradi. Ish taktida barmoq gazlarning bosim kuchini porshendan shatunga, yordamchi taktlarda esa (kiritish, siqish va chiqarish) shatunning tirsakli valdan olgan harakatini porshenga uzatadi.
Porshen halqalari maxsus cho’yandan, keyingi yillarda esa po’latdan ham tayyorlanmoqda. Porshen halqalari vazifalariga ko’ra compression va moy sidirgichli. Kompression halqalari, silindr va porshen oraliqlarini jipslashtiradi hamda silindrda hosil bo’lgan gazlarni karterga, moyni esa yonish kamerasiga o’tishdan saqlaydi.
bosim hosil qiluvchi
Moy sidiruvchi
Moyni yo’naltiruvchi
Maxovik dvigatelni ishlashi jarayonida tirsakli valning bir tekis aylanishini ta’minlaydi va dvigatelni yurgazish paytida dvigatelga statordan ma’lum miqdorda mexanik energiyani o’tkazadi. Dvigatelni stator bilan yurgizish uchun maxovikka tishli gardish o’tkazilgan. U ishchi takt paytida o’ziga quvvatni yig’ib oladi va shu quvvat hisobiga KSHMni chekka nuqtalardan chiqaradi. U cho’yandan ishlangan disksimon detaldir. Maxovik tirsakli val flanetsiga o’rnatiladi.
Vkladish tirsakli val va shatun pastki kallagi orasida joylashib ularning yeyilishini kamaytiradi va shatunnung ishlash muddatini oshirish uchun xizmat qiladi. U po’latdan tayyorlangan bo’lib, qalinligi 1-3 mm, uning yuzasiga sust ishqalanuvchi qatlam sifatida 0,08-0,10mm qalinlikda qo’rg’oshinli bronza (30%-70%) va qalay-alumin qotishma (20%, 1% mis, 79%) ishlatiladi. Aksariyat vkladishlarning barcha yuza qismiga 0,002-0,003 mm qalinlikda qalay yuritiladi.
|
| |