Tarashga ta’sir etuvchi omillar




Download 4.7 Mb.
bet21/29
Sana31.07.2021
Hajmi4.7 Mb.
#16252
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29

Tarashga ta’sir etuvchi omillar.


  1. Garniturlarning holati. Garniturlarni to‘g‘ri tanlash katta ahamiyatga ega. Tolaning uzunligi, iflosligiga qarab garnitura nomeri tanlanadi. Garniturani charxlab, o‘tkirlab turish shart, ayniqsa shlyapkalarni.

  2. Razvodka. Tavsiya qilingan razvodka o‘rnatilsa, tarash jarayoni samarali bo‘ladi.

  3. Shlyapkalarning harakat yo‘nalishi.

Vshlyapka =60100 mm/min. To‘g‘ri harakatlanganda.

Vshlyapka =2640 mm/min. Teskari harakatlanganda.



  1. Baraban tezligi.

Bosh barabanning tezligi tolalarning taralish sifatiga katta ta’sir ko‘rsatmaydi, lekin tarash jarayonini boshqarishda bu omil katta ahamiyatga ega.

Tarash mashinasining asosiy tarash zonasida tolali mahsulot taram va tarandiga ajraladi. Uzun tolalardan iborat bo‘lgan taram bosh baraban sirtida harakatlanib, ajratuvchi baraban garniturasi tishlariga borib uriladi va uning sirtiga o‘tadi. Ajratuvchi baraban garniturasi tishlarining qiyalik burchagi bosh barabannikiga qaraganda katta bo‘lganligi tolalarni bosh barabandan ajratuvchi barabanga o‘tishini ta’minlaydi, ammo tolalarning hammasi ham ajratuvchi barabanga o‘tmaydi (ular birin ketin o‘tadi) tolalar qisman bosh baraban sirtida qoladi, unga qoldiq qatlam deyiladi. Ajratuvchi baraban tezligi juda kichik, bosh baraban tezligi ancha katta, shuning uchun ajratuvchi baraban sirtiga o‘tgan tolali mahsulot qalinlashib (qayta-qayta o‘tish, ya’ni davriy qo‘shilish xisobiga) tekislanadi.




Download 4.7 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29




Download 4.7 Mb.