5-mavzu: Tibbiyot kollejlarida amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish metodikasi Reja




Download 207.53 Kb.
bet2/6
Sana15.03.2023
Hajmi207.53 Kb.
#45593
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5.2-mavzu
samarqand shahar yolovchi transport tizimini loyihalashda transport harakatini prognoz qilishi va takomillashtirish (1), Исақулов Тўлқин Маҳмуд ўғли абективка 2, XOTIRA.XOTIRA TURLARI VA HISSIYOTLAR, Konstitutsiya, 16 M M, KATTA ASHULA VA UNING IJROCHILIK ANANALARI, Mikroiqtisodiyot
2.
Laboratoriya mashg‘ulotlari – o‘rta maxsus, kasb-hunar kollejlarida o‘qituvchi rahbarligi ostida olgan o‘quv axborotlari (ma’ruza va mustaqil ishlari)ni chuqurlashtirish, tahlil qilish, kengaytirish, qo‘llash va o‘zlash-tirishni nazorat qilish shakli.
Laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazishda quyidagi didaktik tamoyillarga amal qilinadi:

  • laboratoriya mashg‘ulotlarini rejalashtira olish va o‘tkaza olish;

  • laboratoriya mashg‘ulotlarining maqsadini aniq belgilab olish;

  • fan va ishlab chiqarish bo‘yicha bilimlarni chuqurlashtirish imkoniyat-lariga o‘quvchilarda qiziqish uyg‘otish;

  • o‘quvchida natijani mustaqil ravishda qo‘lga kiritish imkoniyatini ta’minlash;

  • o‘quvchini nazariy jihatdan tayyorlash;

  • laboratoriya mashg‘ulotlari nafaqat konkret mavzu bo‘yicha bilimlarni yakunlash, balki o‘quvchilarni tarbiyalash manbai hamdir

Laboratoriya mashg‘ulotlari o‘quv fanining ilmiy-nazariy asoslarini bilib olish, ijodiy faliyat ko‘nikmasi va tajribasiga ega bo‘lish, texnik vositalarni qo‘llagan xolda zamonaviy amaliy ishlash metodlarini o‘zlash-tirish maqsadida o‘qituvchi nazorati ostida o‘quvchilar tomonidan o‘quv top-shiriqlari kompleksini bajarishni nazarda tutuvchi o‘quv jarayonini tash-kil etishning asosiy shakllaridan biri hisoblanadi.
Laboratoriya mashg‘ulotlar ularni bajarishning nazariy asosini yoritib beruvchi ma’ruzalardan so‘ng amalga oshiriladi.
Laboratoriya mashg‘uloti yaxshi tayyorlangan, maxsus jihozlangan o‘quv laboratoriyalarida o‘quv jarayonining shartlariga mos jihozlangan (labo-ratoriya qurilmalari, moslashuvchan va h.k.) uskunalarni foydalanib o‘tka-zish talab qilinadi. Ba’zida laboratoriya mashg‘ulotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqarishda, haqiqiy professional o‘rtada(zavodda, sohada, tadqiqot institutida, maktabda) sharoitda o‘tkazish tavsiya etiladi.
Laboratoriya mashg‘ulotlari tarkibi: o‘quvchilarning aniq bir labora-toriya ishlarini bajarishga, uning vazifalarini bajarishga tayyorligini tekshirish, ishlarni bajarish va bajarilgan ishlar bo‘yicha individual hisobot tayyorlashga va uni ilmiy-pedagog xodimlar oldida himoya qilishga tayyorlash.
Laboratoriya ishlarini bajarish ilmiy-pedagog xodim tomonidan baho-lanadi.
Laboratoriya ishlarini bajarishning rejalari, texnologiyalari va usullari tegishli bo‘limlar tomonidan ishlab chiqiladi. Muayyan bir fan-ning laboratoriya mashg‘ulotiga ajratilgan soati o‘quv rejasida belgilab qo‘yilgan, mavzular ro‘yxati fanning ishchi o‘quv dasturida ko‘rsatilgan. Laboratoriya mashg‘ulotlarini boshqa turdagi ishlar bilan almashtirish mumkin emas. Laboratoriya mashg‘ulotlarida o‘quvchilar soni akademik guruhning yarmidan oshmasligi kerak. Har bir o‘quvchi mustaqil ravishda barcha laboratoriya ishlarini bajarishi va natijalarini chiqarishlari kerak.
Laboratoriya mashg‘uloti tuzilishiga xos bo‘lgan elementlar: kirish, asosiy va yakuniy qismlardir.

Download 207.53 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 207.53 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



5-mavzu: Tibbiyot kollejlarida amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish metodikasi Reja

Download 207.53 Kb.