• Yakuniy qism
  • quyidagi amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari kerak
  • 5-mavzu: Tibbiyot kollejlarida amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish metodikasi Reja




    Download 207.53 Kb.
    bet3/6
    Sana15.03.2023
    Hajmi207.53 Kb.
    #45593
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    5.2-mavzu
    samarqand shahar yolovchi transport tizimini loyihalashda transport harakatini prognoz qilishi va takomillashtirish (1), Исақулов Тўлқин Маҳмуд ўғли абективка 2, XOTIRA.XOTIRA TURLARI VA HISSIYOTLAR, Konstitutsiya, 16 M M, KATTA ASHULA VA UNING IJROCHILIK ANANALARI, Mikroiqtisodiyot
    Kirish qismi o‘quvchilarning ish topshiriqlarini bajarishga tayyor-garlik ko‘rishlarini ta’minlaydi. Uning tarkibiga: mavzu, maqsad va vazi-falarni bayon etish, o‘quvchilarning kasbiy tayyorgarligida uning ahamiyatini asoslash; ushbu mavzuning kursdagi boshqa mavzular bilan bog‘liqligini ko‘-rib chiqish; ishning nazariy asoslarini bayon etish; ish topshiriqlari tarki-bi va o‘ziga xosliklarini tavsiflash, ularni bajarishga yondashuvni (metod, usullarni) tushuntirish; ish natijalariga qo‘yiladigan talablarni tavsif-lash; o‘quvchialar tomoning ishni boshlashga tayyorgarliklarini tekshirish; o‘qituvchi nazorati ostida topshiriqdan bir namunani bajarib ko‘rish; o‘quv-chilar tomonidan topshiriqlarni bajarilishida natijalarni mustaqil boshqarish bo‘yicha ko‘rsatmalar berish kiradi.
    Asosiy qism o‘quvchilar tomonidan topshiriqlarni mustaqil bajarish-larini nazarda tutadi. Ish jarayonida qo‘shimcha tushuntirishlar; yuzaga kel-gan qiyinchiliklarni bartaraf etish; ish natijalarini joriy nazorat qi-lish va baholash; o‘quvchilar savollariga javob berish kabilar bilan birga-likda amalga oshirilishi mumkin.
    Yakuniy qism tarkibiga: mashg‘ulotning umumiy xulosasini (ijobiy, salbiy) chiqarish; ayrim o‘quvchilarning ishlari natijalarini baholash; o‘quvchilarning savollariga javob berish; o‘quvchilar ish ko‘rsatkichlarini yaxshilash va ularning bilim, malakalari tizimidagi bo‘shliqlarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berish; o‘qituvchi tomonidan bajarilgan ishlarni tekshirish uchun o‘quvchilarning hisobotlarini to‘plash; keyingi ishlarni bajarishga tayyorgarlik ko‘rish, jumladan o‘rganilishi kerak bo‘lgan o‘quv adabiyotlar haqida ma’lumotlarni bayon etish.
    Mashg‘ulotlarda o‘quvchilar ishini tashkil etish shakllari: 1) frontal, 2) guruhli, 3) individual.
    Mashg‘ulotni frontal shaklda tashkil etishda barcha o‘quvchilar bir vaqt-ning o‘zida bir xildagi topshiriqni bajaradilar. Bunday shakldagi amaliy mashg‘ulotning odatiy misoli – o‘quvchilar tomonidan kollejda o‘qitiladi-gan biron-bir fanning o‘quv dasturini tahlil etilishidir. YAna bir misol o‘quvchilarning biri o‘qituvchi, boshqalari esa o‘quvchilar sifatida “dars o‘tishlari”dir. Darsning yakunida o‘quvchilar tomonidan uning tahlili amalga oshiriladi, “o‘qituvchiga” tavsiyalar ishlab chiqiladi. Mashg‘ulotni guruhli shaklda tashkil etishda bitta topshiriq bir nechta kishidan iborat bo‘lgan kichik o‘quv guruhlarida bajariladi. Mashg‘ulotlarni individual shaklda tashkil etishda o‘quvchilarning har biri individual topshiriqni bajaradi. So‘ngra ular ishni bajarish tajribasi bilan o‘zaro almashadilar.
    3.
    Laboratoriya ishlarini tashkil etish va o‘tkazish jarayonida ilmiy-pedagog xodim quyidagi aspektlarga e’tibor qaratishi kerak: laboratoriya mash-g‘ulotlarining mazmuni, laboratoriyalarning, kabinetlarning zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalariga mos keladigan zamonaviy jihozlar bilan ta’minlanganligi; laboratoriya ishlarini bajarishda o‘quvchilarning musta-qilligini ta’minlash uchun materiallar, reagentlar, asboblar, qurilmalar bilan ta’minlanganligi; xavfsizlik me’yorlariga rioya qilinishi, o‘quvchi-larga bunday ishlarni bajarish metodlariga o‘rgatilganligi.
    O‘quvchi laboratoriya o‘tkaziladigan fan bo‘yicha dasturda berilgan bilimlar hajmini to‘liq egallab, laboratoriya mashg‘ulotini mustaqil o‘tkazish malakalarini egallashlari kerak.
    O‘quvchi quyidagi amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari kerak:
    - o‘quv-laboratoriya xonasida ishlash qoidalarini bilish;
    - kimyoviy moddalar bilan ishlashda xavfsizlik qoidalarini bilish;
    - oddiy kimyoviy idishlardan, asboblardan foydalanib, qattiq, suyuq moddalarning massalarini, hajmini o‘lchay olish;
    -laboratoriya sharoitida tajribalar o‘tkazish uchun murakkab bo‘lmagan asbob-uskunalar va idishlar komplektini ma’lum bir konsentratsiyada tayyorlay olish;
    - suyuq moddalar zichligini maxsus areometrlar bilan yoki boshqa usul-lar yordamida aniqlay olish, qaynash temperaturasini aniqlash usullarini bilish;
    - erituvchi va erigan modda haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lish, erigan moddani erituvchidan ajratish usullarini bilish;
    - laboratoriya ishlarini mustaqil ravishda bajara olish va tegishli xulosalar chiqarish;
    - kimyoviy reaksiyalar tezligining tashqi omillarga, ya’ni tempera-turaga, reaksiyaga kirishuvchi moddalarning tutashuvchi yozalariga va kata-lizatorga, moddalar tabiatiga bog‘liqligini tajribada ko‘rsata olish;
    - laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarni mustaqil o‘tkaza olish, reaksiya mohiyatini tushunish, kuzatish natijalarini yozish va xulosa chiqarish, reak-siya sababi va natijasining bog‘liqligi qonuniyatlarini aniqlash, modda-larni sintez qilish jarayonida zaruriy shart-sharoitlarning to‘liqligini ta’minlashni bilish.
    Labaratoriya ishlarini bajarayotganda har qaysi gurux o‘quvchisi o‘z nav-batida kichik guruxlariga bo‘linib berilgan labaratoriya ishini bajaradi.
    Mustaqil ish boshlashdan oldin o‘quvchialar xavfsizlik texnikasi qoi-dalari bilan puxta tanishishlari va ularga qat’iy rioya etishlari lozim. Navbatdagi mashg‘ulotga o‘quvchilar puxta tayyorgarlik ko‘rgan xolda kelish-lari, ya’ni qilinadigan ishning mazmunini, maqsadini, bajarish usulla-rini bilishlari shart. Ish joyidagi asbob uskunalar o‘rnini o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish qatiyan man etiladi.



    Download 207.53 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 207.53 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5-mavzu: Tibbiyot kollejlarida amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish metodikasi Reja

    Download 207.53 Kb.