• Logistikada etkazib beruvchilar bilan munosabatlar quyidagi tamoyillarga asoslangan bolishi kerak.
  • Xarid logistikasining vazifalari
  • Bu ananaviy royxatni logistika oz savollari bilan toldiradi
  • «Aniq muddatga» tizimini qollashdan olinadigan asosiy samarani quyidagicha ifodalasak boladi
  • Bu bo'lim faoliyatini uchta pog'onada ko'rib chiqishimiz mumkin, chunki bu bo'lim bir vaqtning o'zida




    Download 0,53 Mb.
    bet2/5
    Sana19.12.2023
    Hajmi0,53 Mb.
    #123687
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    5-MAVZU

    Bu bo'lim faoliyatini uchta pog'onada ko'rib chiqishimiz mumkin, chunki bu bo'lim bir vaqtning o'zida:

    • korxona kiruvchi makrologistik tizim maqsadlarini aloqasini va amalga oshishini ta'minlovchi unsuri;
    • mikrologistik tizim unsuri, ya'ni korxona maqsadlarini ro'yobga chiqishini ta'minlovchi korxona bo'limlaridan biri;
    • o'z unsurlari, tuzilmasi va maqsadlariga ega mustaqil tizim ham bo'lishi mumkin.

    Logistikada etkazib beruvchilar bilan munosabatlar quyidagi tamoyillarga asoslangan bo'lishi kerak.

    • 1. Yetkazib beruvchilar bilan xuddi mijozlar bilan bo'lgandek munosabatda bo'lish.
    • 2. Maqsadlar birligini amalda namoyon qilishni unutmaslik.
    • 3. Yetkazib beruvchini o'z maqsadlari bilan tanishtirish va uni ishidan ham xabardor bo'lish.
    • 4. Yetkazib beruvchida muammolar paydo bo'lsa unga yordam berishga tayyor turish.
    • 5. Olgan majburiyatlariga amal qilish.
    • 6. Ish amaliyotida etkazib beruvchi maqsadlarini ham hisobga olish.

    Xarid logistikasining vazifalari

    Qishloq xo'jalik korxonalarini mehnat buyumlari bilan ta'minlash jarayonidagi asosiy savollar an'anaviy va ta'minot logikasi bilan belgilanadi:

    • nima xarid qilish;
    • qancha xarid qilish;
    • kimdan xarid qilish;
    • qaysi shartlarda xarid qilish.
    • Bu an'anaviy ro'yxatni logistika o'z savollari bilan to'ldiradi:

    • qanday qilib xaridlarni ishlab chiqarish va sotish bilan tizimli bog'lash;
    • qanday qilib korxona faoliyatini etkazib beruvchilar bilan tizimli bog'lash;
    • Aynan ushbu savollar xarid logistikasining amaliy sohasidagi vazifalarini va qilinadigan ishlarini belgilaydi.

    «Aniq muddatga» tizimini qo'llashdan olinadigan asosiy samarani quyidagicha ifodalasak bo'ladi:

    • yetkazib berishlarning texnologik zanjiridagi bir qator operatsiyalar chiqarib tashlanadi;
    • joriy zaxiralar kamayadi, chunki mehnat buyumlari to'g'ridan-to'g'ri sexga yoki do'konga borib tushadi;
    • yaxshi ma'lum bo'lgan etkazib beruvchilar va tashuvchilar bilan uzoq muddatli munosabatlar o'rnatilishi hisobiga etkazib berishlarning ishonchliligi oshadi, bu esa sug'urta xarajatlari kamayishiga olib keladi;
    • yaqin masofada joylashgan yoki omborlari mavjud etkazib beruvchilar bilan ishlash natijasida yo'l xarajatlari ham kamayadi;
    • mahsuloti sertifikatlangan etkazib beruvchilar bilan ishlash natijasida, mahsulot sifati ham oshadi;
    • «aniq muddatga» tizimini qo'llashdan ikki tomonlama manfaat ko'zlanadi, bu esa etkazishlar ishonchliligining oshishiga olib keladi.

    • Download 0,53 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 0,53 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bu bo'lim faoliyatini uchta pog'onada ko'rib chiqishimiz mumkin, chunki bu bo'lim bir vaqtning o'zida

    Download 0,53 Mb.