|
5-sinf Adabiyot
|
bet | 1/99 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 0,97 Mb. | | #251177 |
Bog'liq til va adabiyot [uzsmart.uz]
Barnogul RAJABOVA
АDABIYOT FANIDAN
SAVOL - JAVOBLAR
(5- sinf adabiyoti darsligi asosida
2000 savolga 2000 javob)
“Xorazm” nashriyoti
U rganch – 2013 yil
UUK: 821.512.133(038)
KBK:
R:
Barnogul Rajabova
Аdabiyot fanidan savol–javoblar: O‘quv-uslubiy qo‘llanma/B. Rajabova; muharrir X.Yoqubova Urganch: “Xorazm” nashriyoti 2013 yil, 136 b
ISBN 978- 9943-4203-2-8
UUK: 821.512.133(038)
KBK
Mas’ul muharrir:
Nasiba Jumaniyozova,
filologiya fanlari nomzodi.
Taqrizchilar:
Bekposhsha Pahimova,
filologiya fanlari nomzodi,
Baxtiyor Jumaboev,
Hazorasp tuman xalq ta’limi bo‘limi uslubchisi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida adabiyot darslarining samaradorli-gini oshirishda yangi pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanish asosiy maqsadlardan.
Qo‘lingizdagi uslubiy majmuada 5 - sinf adabiyot darsligining barcha mavzulari qamrab olingan savol-javoblar yoritilgan. Ushbu savol-javoblar o‘quvchilarning darslikdagi mavzularni yanada mukammalroq o‘qib- o‘rganishlarida amaliy yordam beradi degan umiddamiz.
© “Xorazm” nashriyoti -2013 yil
ISBN - 978- 9943-4203-2-8
© Barnogul Rajabova “АDABIYOT FANIDAN SAVOL - JAVOBLAR”
I QISM
ADABIYOT - SO‘Z SAN’ATI
1. Adabiyot so‘zining ma’nosi nima? J: Arabcha, “Odoblar xazinasi”.
2. Obrazli (timsolli) fikrlash nima? J: Bir narsani boshqasiga solishtirish, hamma narsani so ‘z yordamida jonlantirishga harakat qilish.
3. Insonning orzu-xayoli, umid va armonlarini badiiy so‘z yordamida ifoda etish nima deyiladi? J: Adabiyot.
4. “Shodon kunim gul otgan sen,
Chechak otgan izimga,
Nolon kunim, yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga”. Ushbu misralar kimning qaysi she’ridan olingan.
|
| |