• J: Hadis ilmi bilan shug‘ullanuvchi olimlar.
  • J: Imom Buxoriy. 9. Hadislar tuzilishiga ko‘ra nechta qismga bo‘linadi J: 2 qism: 1. Matn (maz-muni). 2. Sanad (hadisning kim tomonidan aytilganligi).
  • J: Hadisni bir-biriga naql qilgan roviylar tartibida uzilish bo‘lmasa, musnadda uzilish bo‘lmasa. EZOP (MILODDAN AVVALGI VI ASR)
  • J: “Ezop tilida so‘zlashish” , “Ezopona til”. 3. Ezopning asli kelib chiqishi qayerlik J: Frigiya. 4. Ezop qanday qilib Yunonistonga kelib qolgan J: Qul qilib.
  • J: O‘sha davrdagi va undan keyingi davrlardagi solnomachilar tomonidan yozib qoldirilgan rivoyatlar, ibratli hikoyatlar orqali.
  • J: To‘rt kishi zo‘rg‘a ko‘taradigan non solingan quti. 11. Ezopni xo‘jayini Samos orolida kimga sotadi J: Faylasuf Ksanfga.
  • J: A. Navoiy “Mah-bub-ul qulub”.
  • J: “Bo‘ri bilan laylak”.
  • J: “Eshak va baqalar”. 20. “Og‘irning ostidan, yengilning ustidan o‘tma” degan maqol qaysi masalga mos J: “Ustiga tuz yuklangan eshak”.
  • J: “Eshak va baqalar”. 24. “Ko‘rpangga qarab oyoq uzatgin” degan ibora qaysi masalda o‘z aksini topgan J: “Burgut, zag‘cha va cho‘pon”.
  • J: Ezopning “Yovvoyi echki-lar va cho‘pon”, Alisher Navoiyning “Mahbub-ul qulub” asari.
  • 5-sinf Adabiyot




    Download 0,97 Mb.
    bet8/99
    Sana23.05.2024
    Hajmi0,97 Mb.
    #251177
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   99
    Bog'liq
    til va adabiyot [uzsmart.uz]

    HADIS HAQIDA TUSHUNCHA

    1. Qur‘ondan keyingi ikkinchi muqaddas manba nima deyiladi? J:Hadis.


    2. Hadis nima? J: Payg‘ambarimizning diniy va axloqiy ko‘rsatmalari.
    3. Sunnat nima? J: Payg‘ambarimiz biror gap aytgan, biror ish qilib ko‘rsat-gan yoki boshqalar qilgan biror ishni ko‘rib turib uni man etmagan bo‘lsa, ana shu 3 holat.
    4. Muhaddislar kimlar? J: Hadis ilmi bilan shug‘ullanuvchi olimlar.
    5. Mashhur muhaddis olimlar? J: Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy, Abu Iso Muhammad ibn Iso at Termiziy, Abu Muhammad Ab-dulloh ibn Abd ar-Rahmon ad Dorimiy as-Samarqandiy.
    6. Eng mashhur muhaddis kim? J: Imom Buxoriy.
    7. Imom Buxoriyning eng mashhur asari? J: “Al jome’ as-sahih” (“Sahih al-Buxoriy”).
    8. Hadislarni birinchi bo‘lib sahih va nosahih hadislarga ajratish uslubini kim joriy qilgan? J: Imom Buxoriy.
    9. Hadislar tuzilishiga ko‘ra nechta qismga bo‘linadi? J: 2 qism: 1. Matn (maz-muni). 2. Sanad (hadisning kim tomonidan aytilganligi).
    10. Musnad nima? J: Hadislarni bir-biridan eshitib, rivoyat qilib, avloddan avlodga qoldirib kelgan roviylar ro‘yxati.
    11. Qanday hadislar ishonchli hisoblanadi? J: Hadisni bir-biriga naql qilgan roviylar tartibida uzilish bo‘lmasa, musnadda uzilish bo‘lmasa.
    EZOP (MILODDAN AVVALGI VI ASR)

    1. “… maqol-matallar bejiz paydo bo‘lmagan, ular ham ma’lum bir haqiqatning ifodasi”. Ushbu fikrlar qaysi asardan olingan? J: I. Karimov, “Yuksak ma’na-viyat- yengilmas kuch”.


    2. Maqol yoki masal orqali ifodalangan fikrni, so‘zlash usulini yevropaliklar ni-ma deb atashgan? J: “Ezop tilida so‘zlashish” , “Ezopona til”.
    3. Ezopning asli kelib chiqishi qayerlik? J: Frigiya.
    4. Ezop qanday qilib Yunonistonga kelib qolgan? J: Qul qilib.
    5. Ezop ko‘p yillar qaysi hukmdorlar saroyida xizmat qilgan? J: Lidiya shohi Krez, Vavilon shohi Likurg.
    6. Ezop qaysi shoh saroyida xazinabon darajasigacha ko‘tarilgan? J: Bobil shohi Likurg saltanatida. Bobil (Vavilon).
    7. Ezop kinoyali achchiq tili uchun qaysi shaharda tog‘ yoqasidan otib yuborilgan? J: Delfa.
    8. Ezop hayoti haqidagi ma’lumotlar bizgacha qanday yetib kelgan? J: O‘sha davrdagi va undan keyingi davrlardagi solnomachilar tomonidan yozib qoldirilgan rivoyatlar, ibratli hikoyatlar orqali.
    9. “Ezop masallari” kitobiga Ezopning qancha masali kiritilgan? J: 500ga yaqin.
    10. Ezop qul bo‘lib yurgan paytlarida uzoq yo‘lga otlanganlarida o‘zi uchun eng yengil yukni so‘rab oladi. Bu nima edi? J: To‘rt kishi zo‘rg‘a ko‘taradigan non solingan quti.
    11. Ezopni xo‘jayini Samos orolida kimga sotadi? J: Faylasuf Ksanfga.
    12. Ksanf qanday odam edi? J: O‘ta yengiltak, kaltafahm.
    13. Ezop Ksanfning garovda yutib chiqishi evaziga nima so‘raydi? J: Qullik-dan xalos bo‘lishini.
    14. Ezopning “Yovvoyi echkilar bilan cho‘pon” masali nima haqida? J: Do‘st-ga sadoqat.
    15. “Do‘st uldirki, o‘ziga ravo ko‘rmagan narsani do‘stiga ham ravo ko‘rmaydi. O‘zi do‘sti uchun o‘limga tayyor bo‘lsa ham, ammo do‘stini bu ishda sherik qilmaydi”. Ushbu fikrlar kimning, qaysi asaridan olingan? J: A. Navoiy “Mah-bub-ul qulub”.
    16. Ezopning qaysi masali so‘ngida kimki o‘ziga yaxshilik qilganlarga yomonlik sog‘insa, u albatta Xudoning qahriga yo‘liqadi degan xulosa chiqadi? J: “Kiyik bilan tokzor”.
    17. Ayrim badfe’l kishilar yomonlik qilmaganlarining o‘ziniyoq yaxshilik qilganga yo‘yadilar. Ushbu xulosa Ezopning qaysi masalida aks erttirilgan? J: “Bo‘ri bilan laylak”.
    18. Gohida qiyinchilikni yengib o‘tishdan ko‘ra uni aylanib o‘tishga yoki hiyla- nayrang ishlatib, o‘z maqsadiga erishishga harakat qiluvchi kimsalarning barcha harakatlari chippakka chiqishi qaysi masalda aks ettirilgan? J: “Ustiga tuz yuk-langan eshak”.
    19. Ayrim kishilar kichkinagina qiyinchiik oldida ham esankirab, ruhi cho‘kib qoladilar, holbuki, boshqalar bundan o‘n chandon og‘ir mashaqqatlarnida sabr-la yengadilar degan fikr ilgari surilgan masal qaysi? J: “Eshak va baqalar”.
    20. “Og‘irning ostidan, yengilning ustidan o‘tma” degan maqol qaysi masalga mos? J: “Ustiga tuz yuklangan eshak”.
    21. Ayrimlar ishlatgan hiyla-nayrang ularning o‘z boshiga yetadi degan xulosa chiqadigan masal qaysi? J: “Ustiga tuz yuklangan eshak”.
    22. “Behudaga chiranish belni chiqaradi” degan maqol qaysi masalga mos? J: “Burgut, zag‘cha va cho‘pon” .
    23. “Birni ko‘rib shukur qil, birni ko‘rib fikr qil” degan maqol g‘oyasi qaysi masalda aks etgan? J: “Eshak va baqalar”.
    24. “Ko‘rpangga qarab oyoq uzatgin” degan ibora qaysi masalda o‘z aksini topgan? J: “Burgut, zag‘cha va cho‘pon”.
    25. “Har qanday inson hayotda o‘z o‘rnini bilishi lozim” degan fikr qaysi ma-salga tegishli? J: “Burgut, zag‘cha va cho‘pon”.

    26. Kim dengizning suvihi icha olishi bo‘yicha garov o‘ynaydi? J: Ksanf.


    27. Do‘stga sadoqat, vafodorlik haqidagi asarlar? J: Ezopning “Yovvoyi echki-lar va cho‘pon”, Alisher Navoiyning “Mahbub-ul qulub” asari.
    28. Alisher Navoiyning “Mahbub-ul qulub” (Qalblarning sevgani) asari qanday asar? J: Ma’rifiy–axloqiy asar.
    29. Kimning asarlarini insonlardagi barcha yuksak va chirkin xususiyatlarni mujassam etgan ibratnoma deb atash mumkin? J: Ezop masallarini.



    Download 0,97 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   99




    Download 0,97 Mb.