5-sinf biologiya darsligi asosida mavzulashtirilgan testlar. 1-bob. Biologiya tirik organizmlar haqidagi fan




Download 51.59 Kb.
Sana04.04.2024
Hajmi51.59 Kb.
#187311
Bog'liq
begzod (1)
innovatsion 1 mustaqil ish Diyor, Chaqiruv qog`ozi-391191100267 (3), matlab for dummies, суровнома, 1--amaliy ish ADP Jumaniyozova Nodira., 1--amaliy ish ADP Saparova Dilnoza., 1111, abdulla-avloniyning-pedagogik-qarashlari, Abdujalil Shomirzayev. Fizika 09, «Ayollar yubkasini modellash, andoza tayyorlash, gazlamaga andoz, erkaklar koylagi, Model tanlash va uni asoslash (eskiz model, moda yo’nalishi, mod-fayllar.org, 12-k-2022- guruh talabasi Ashurov Azizbekni Fizika fanidan musta-fayllar.org, Grafik tasvirlash asoslari (grafika tarixi), pdf converter 202312250302

5-SINF BIOLOGIYA DARSLIGI ASOSIDA MAVZULASHTIRILGAN TESTLAR.
1-BOB.BIOLOGIYA TIRIK ORGANIZMLAR HAQIDAGI FAN.
1-MAVZU.BIOLOGIYA-HAYOT HAQIDAGI FAN.
1.Muhsin Nabixonovich Valihonov ……. a]qalqonsimon bez faolyatini o’rgangan b]hayvon arazitlarini o’rgangan c]g’o’zaning fiziologiyasini o’rgangan d]a va b
2.Hozirgi kunda shamollash va asab kasalliklarini davolashada nimalardan foydalanilmoqda? a]asalari zahri b]ilon zahri c]qoraqurt zahri d]barchasidan
3.Irsiyat va o’zgaruvchanlik haqidagi fan qaysi? a]genetika b]ekalogiya c]sistematika d]anatomiya
4.Pinsetning ikkinchi nomini aniqlang. a]skalel b]pipetka c]probirka d]qisqich
5.Turli kasalliklar ovqatlanish tartibinining buzilishidan kelib chiqadi.Ushbu fikr muallifini aniqlang. a]Beruniy b]Forobiy c]Ibn sino d]Aristotel
6.Kim o’zbekistondagi cho’l va adir o’simliklarining ekalogiyasini o’rgangan? a]Rahimova b]Valixonov c]To’raqulov d]Musayev
7.Zamburug’lar haqidagi fanni aniqlang. a]mikrobiologiya b]mikologiya c]zoologiya d]botanika
8. Tibbiyot sohasida ……………..dan foydalanib,turli kasalliklarni davolash mumkin. a]dorivor o’simliklar,hayvonlar yog’i b]o’simliklar moyi,hayvonlar zahri c]hayvonlar zahri,dorivor o’simliklar d]barchasi
9.Dunyoda 1-bo’lib go’za kolleksiyasini yaratgan olimni aniqlang. a]Valixonov b]To’raqulov c]Hamidov d]Musayev
10.Hujayra haqidagi fan sohasida ish olib borgan olimni aniqlang. a]Valixonov b]To’raqulov c]Hamidov d]Musayev
11.Noto’g’ri ma’lumotni aniqlang. a]mikologiya-bakteriyalar haqidagi fan a]botanika-o’simliklar haqidagi fan a]zoologiya-hayvonlar haqidagi fan a]sitologiya-hujayra haqidagi fan
12.O’zbekistonda cho’l va adir o’simliklarining ekalogiyasini aniqlagan…………… a]Pratov b]Mavloniy c]Rahimova d]To’raqulov
13.Mashhura Egamovna Mavloniy………………. A] Hujayra haqidagi fan sohasida ish olib borgan b] Dunyoda 1-bo’lib go’za kolleksiyasini yaratgan olim c] qalqonsimon bez faolyatini o’rgangan d]mikrobiologiya sohasini rivojlantirgan
14.Qaysi asarda o’simlik va hayvonlarning tuzilishi,hayot tarsi,ularning o’zaro o’xshashligi va farqlari yoritib berilgan? A]’’Saydana’’ b]’’Boburnoma’’ c]’’Tib qonunlari’’ d]barchasi
15.abu rayhon beruniyning asarini aniqlang. A]’’Saydana’’ b]’’Boburnoma’’ c]’’Tib qonunlari’’ d]barchasi .

2-MAVZU.TIRIK ORGANIZMLARNING XUSUSIYATLARI.


1.To’gri fikrni aniqlang. a]uyatchan mimoza getratrof oziqlanadi b]fotosintez sintez reaksiyasi c]pinset o’tkir tig’li pichoqcha d]barchasi to’gri
2.Suvda yashovchi organizmlar qanday nafas oladi? a]suvda erigan kislarod bilan b]atmosfera kislarodi bilan c] suvda erimagan kislarod bilan d]nafas olmaydi
3..Tirik organizmlar oziqlanishiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi? a]avtotrof,getratrof b]avtotrof,golozoy c]parazit,avotrof d] golozoy,getratrof
4.Energiya sarflanadigan jarayonlarni aniqlang.
a]fotosintez b]parchalanish c]oqsil sintezi d]a va с
5.Jinsiy ko’payishda ishtirok etuvchi hujayralar…………………. a]sporalar b]zoosporalar c]gametalar d]barchasi
6.Aktiv harakatlanadigan organizmlar qanday usulda oziqlanadi? A]sapratrof b]getratrof c]avtotrof c]xematrof
7.Ikkiga bo’linish,kurtaklanish yoki sporalar yordamida ko’payish qanday ko’payishga misol bo’ladi? A]jinsiy b]jinssiz c]vegetative d]gametalar orqali
8.Uyatchan mimozaga qo’l tekkizilganda,barglari yumiladi.Bu tirik organizmlarning qanday xususiyati? A]ayirish b]harakatlanish c]ko’payish d]ta’sirlanish
9.Barglarning yorug’likka intilishi,kungaboqar gulining quyoshga burilishi………
a]o’simliklarning aktiv harakati b]o’simliklarning passiv harakati c] o’simliklarning passiv bo’lmagan harakati d]nopassiv harakat
10.Ham avtotrof,ham getratrof oziqlanadigan organizmlarni aniqlang. a]hayvon b]bakteriya c]zamburug’ d]o’simlik .

3-MAVZU.BIOLOGIYANING O’RGANISH USULLARI.


1.Qaysi usulda qadimda mavjud bo’lgan organizmlar hozirda yashayotganlari bilan solishtiriladi? a]taqqoslash b]tarixiy c]kuzatish d]tajriba
2.Quydagi ma’lumotlar qaysi usulning dalili hisoblanadi? Otlar qadimda tulkidek keladigan yirtqich hayvonlar bo’lgan,keyinchalik oyoqlari uzunlashib ,tuyoqlar bilan himoyalangan,tez yuguradigan va o’t bilan oziqlanadigan jonzotga aylangan.
a]taqoslash usuli b]tarixiy usul c]tajriba usuli d] kuzatish usuli
3.Paleontologlarning fikricha,otlar qadimda………….. 1.tulkidek keladigan yirtqich hayvonlar bo’lgan,2. bo’ridek keladigan yirtqich hayvonlar bo’lgan,3.keyinchalik oyoqlari uzunlashib,tuyoqlar bilan himoyalangan.4. keyinchalik oyoqlari kaltalashib,tuyoqlar bilan himoyalangan,5.tez yuguradigan va o’t bilan oziqlanadigan jonzotga aylangan.6.sekin yuguradigan va go’sht bilan oziqlanadigan jonzotga aylangan. a]2.4.6 b]2.3.5 c]1.4.5 d]1.3.5 4.Quydagilardan qaysilari biologiyaning o’rganish usullari hsoblanadi? 1.kuzatish.2.tarixiy.3.taqqoslash.4.tajriba. a]1.3. b]2.3 c]2.3.4 d]barchasi
5.Oq gulli o’simliklarni turli rangdagi bo’yoq eritmasiga solib,2 soatdan so’ng gul rangining o’zgarishi qaysi usul yordamida kuzatiladi? a]taqqoslash b]tarixiy c]kuzatish d]tajriba
6.Kuzatish usuliga xos bo’lgan ma’lumotni aniqlang.
a] otlar qadimda tulkidek keladigan yirtqich hayvonlar bo’lgan,keyinchalik oyoqlari uzunlashib ,tuyoqlar bilan himoyalangan,tez yuguradigan va o’t bilan oziqlanadigan jonzotga aylangan b] oq gulli o’simliklarni turli rangdagi bo’yoq eritmasiga solib,2 soatdan so’ng gul rangining o’zgarishi kuzatiladi c]tekshirayotgan odam sezgi organlari yordamida,tabiiy holatga ta’sir etmagan holda ma’lumot to’playdi. d]to’plangan ma’lumot asosida ikkita organism o’zaro solishtiriladi.
7.Taqqoslash usuliga xos bo’lgan ma’lumotni aniqlang. a] otlar qadimda tulkidek keladigan yirtqich hayvonlar bo’lgan,keyinchalik oyoqlari uzunlashib ,tuyoqlar bilan himoyalangan,tez yuguradigan va o’t bilan oziqlanadigan jonzotga aylangan b] oq gulli o’simliklarni turli rangdagi bo’yoq eritmasiga solib,2 soatdan so’ng gul rangining o’zgarishi kuzatiladi c]tekshirayotgan odam sezgi organlari yordamida,tabiiy holatga ta’sir etmagan holda ma’lumot to’playdi. d]to’plangan ma’lumot asosida ikkita organism o’zaro solishtiriladi. 13.Tarvuz va pomidor bo’laklarini tekshirib,ularni ………………..hujayralardan tuzilganligini ko’rish mumkin. a]uzunchoq b]sharsimon c]ovalsimon d]yumaloq .

4-MAVZU.HUJAYRA-TIRIKLIKNING ASOSI.
1.Eritrotsitlarga xos bo’lgan ma’lumotlarni aniqlang 1.ikki tomoni botiq emas 2.kislarod tashishda ishtirok etadi 3.soxta oyoqlar hosil qiladi 4.ikki tomon botiq 5.organizmni mikroblardan himoya qiladi a]2,4 b]1.2 c]1.3.5 d]3.2.5
2.Quydagilardan qaysilari faqat hayvon hujayralari uchun xos? 1hujayra qobigi yupqa bo’ladi.2.plastidaga ega.3.shira to’plovchi vakuolaning bo’lishi va kattalashib borishi .4.qisqaruvchi,hazm qiluvchi vakuolasi mavjud.5.sitoplazmatik membrane ustida sellyloza qobig’ining mavjudligi. a]1.3. b]2.4 c]1.4 d]3.5
3.Ildiz va urug’da bo’ladigan plastida qaysi? a]xromoplast b]leykoplast c]xloroplast d]barchasi 4.Prokariot organizmlar keltirilmagan javobni aniqlang. 1.zamburug’lar.2.bakteriyalar.3.hayvonlar.4.ko’k yashil suvo’tllar.5.o’simliklar a]2.4 b]1.3.5 c]4.5 d]2.3.5
5.Quydagilardan qaysilari hayvon hujayralari uchun xos emas? 1.hujayra qobigi yupqa bo’ladi.2.plastidaga ega.3.shira to’plovchi vakuolaning bo’lishi va kattalashib borishi .4.qisqaruvchi,hazm qiluvchi vakuolasi mavjud.5.sitoplazmatik membrane ustida sellyloza qobig’ining mavjudligi. a]1.3. b]2.4 c]1.4.5 d]2.3.5
6.Eukariot organizmlar keltirilmagan javobni aniqlang. 1.zamburug’lar.2.bakteriyalar.3.hayvonlar.4.ko’k yashil suvo’tllar.5.o’simliklar a]2.4 b]1.3 c]4.5 d]2.3
7.Eritrotsitlarga xos bo’lmagan ma’lumotlarni aniqlang 1.ikki tomoni botiq emas 2.kislarod tashishda ishtirok etadi 3.soxta oyoqlar hosil qiladi 4.ikki tomon botiq 5.organizmni mikroblardan himoya qiladi a]2,4 b]1.2 c]1.3.5 d]3.2.5
8.Loviyasimon shakldagi hujayra qanday vazifa bajaradi? a]suv va mineral tuzlarni so’rish b]suv bug’latish c]gaz almashinuvi d]a va c to’g’ri
9.Plastidalarning bir-biriga aylanishi to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang. a]xloroplast>leykoplast>xromoplast b]xloroplast>xromoplast>leykoplast c]xromoplast>leykoplast>xloroplast d]leykoplast>xloroplast>xromoplast
10.Vakuolaning tarkibida organic kislotalar ko’p bo’lsa ta’mi qanday bo’ladi? a]shirin b]achchiq c]sho’r d]nordon
11.O’simliklarning qaysi organi qoplovchi,o’tkazuvchi,mehanik,asosiy to’qimalardan iborat? a]novda b]ildiz c]barg d]gul
12.Piyozning po’st hujayralarining shakli qanday? A]ovalsimon b]silindrsimon c]yumaloq d]kubsimon
5-MAVZU.TIRIK ORGANIZMLAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT. 1.Tirik organizmlar bir-biridan qaysi xususiyatlariga ko’ra farq qiladi? a]avtotrof va getratrof oziqlanishi b]prokariot va eukariot hujayradan tuzilganligi c]hujayrasining kata-kichikligi d]barchasiga ko’ra
2.Bakteriyalarga xos bo’lgan ma’lumotni aniqlang. 1.getratrof oziqlanadi.2.prokariot organism.3.eukariot organism.4.gifalar yordamida tuproqqa birikadi.5.avtotrof oziqlanadi.6.faqat mikraskop yordamida o’rganish mumkin.7.erkin harakatlana oladi.8.erkin harakatlana olmaydi.9.xlorofill pigmentiga ega.10.nerv sistemasi va sezgi organlari mavjud. a]1.3.6 b]1.2.6 c]1.3.5 d]2.5.9
3.Erkin harakatlana oladigan [a]va erkin harakatlana olmaydigan[b] eukariot organizmlarni aniqlang. a]a-bakteriya,b-zamburug’ b]a-hayvon,b-bakteriya c]a-zamburug’,b-hayvon d]a-hayvon,b-o’simlik
4,Jonsiz va jonli tabiat o’rtasida oraliq o’rinni egallovchi, hayotning hujayrasiz shakli ko’rsatigan javobni aniqlang. a]bakteriofag b]koranavirus c]tamaki mozaikasi d]barchasi
5. Zamburug’larga xos bo’lmagan ma’lumotni aniqlang. 1.getratrof oziqlanadi.2.prokariot organism.3.eukariot organism.4.gifalar yordamida tuproqqa birikadi.5.avtotrof oziqlanadi.6.faqat mikraskop yordamida o’rganish mumkin.7.erkin harakatlana oladi.8.erkin harakatlana olmaydi.9.xlorofill pigmentiga ega.10.nerv sistemasi va sezgi organlari mavjud.
a]1.3.6 b]1.2.6 c]1.3.5 d]2.5.9
6.Jonsiz va jonli tabiat o’rtasida oraliq o’rinni egallovchi, hayotning hujayrasiz shakli ko’rsatigan javobni aniqlang. . a]sil tayoqchasi,bakteriofag b]gripp,achitqi c]gerpes,gepatit d]mimoza,koranavirus
7.Hayvonlarga xos bo’lmagan ma’lumotlar qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan? 1.getratrof oziqlanadi.2.prokariot organism.3.eukariot organism.4.gifalar yordamida tuproqqa birikadi.5.avtotrof oziqlanadi.6.faqat mikraskop yordamida o’rganish mumkin.7.erkin harakatlana oladi.8.erkin harakatlana olmaydi.9.xlorofill pigmentiga ega.10.nerv sistemasi va sezgi organlari mavjud.
a]1.3.6 b]1.2.6 c]1.3.5 d]2.5.9
8.Nafas yo’llarining shilliq qavatida parazitlik qiluvchi virusni aniqlang. a]gerpes b]koronavirus c]gripp d]c va b to’g’ri
9.Quturish virusi parazitlik qiladigan organizmlar ………………. A]aktiv harakatlanadi b]passiv harakatlanadi c]avtotrof oziqlanadi d]sellyuloza qobiqqa ega
10.Mikalogiya fani o’rganadigan organizmlarga xos bo’lgan ma’lumotni aniqlang. 1.getratrof oziqlanadi.2.prokariot organizm.3.eukariot organizm.4.gifalar yordamida tuproqqa birikadi.5.avtotrof oziqlanadi.6.faqat mikraskop yordamida o’rganish mumkin.7.erkin harakatlana oladi.8.erkin harakatlana olmaydi.9.xlorofill pigmentiga ega.10.nerv sistemasi va sezgi organlari mavjud. a]1.3.6 b]1.2.6 c]1.3.4.8 d]1.2.5.9
11.Lab epiteliysida paraitlik qiluvchi virus qaysi? a]gerpes b]koronavirus c]gripp d]a va b to’g’ri 12.Virusli kasalliklarning eng keng tarqalgan turini aniqlang. a]gripp b]gepatit c]ensepalit
6-MAVZU.BAKTERIYALAR DUNYOSI. 1.Tugunak bakteriyalari…….. 1.tuzlama tayyorlashda keng foydalaniladi.2.yer yuzining sanitarlari hisoblnadi.3.atmosferadagi erkin azotni o’zlashtiradi.4.sut qatiq maxsulotlarini olishda foydalanladi.5.o’lik qoldiqlarni chiritadi.6.dukkakdoshlar bilan simbioz hosil qiladi a]1.4 b]2.6 c]3.6 d]2.5
2.Achituvchi bakteriyalardan qanday maqsadlarda foydalaniladi? 1.tuzlama tayyorlashda keng foydalaniladi.2.yer yuzining sanitarlari hisoblnadi.3.atmosferadagi erkin azotni o’zlashtiradi.4.sut qatiq maxsulotlarini olishda foydalanladi.5.o’lik qoldiqlarni chiritadi.6.dukkakdoshlar bilan simbioz hosil qiladi a]1.4 b]2.6 c]3.6 d]2.5
3. Chirituvchi bakteriyalarga xos bo’lgan ma’lumotlarni aniqlang. 1.tuzlama tayyorlashda keng foydalaniladi.2.yer yuzining sanitarlari hisoblnadi.3.atmosferadagi erkin azotni o’zlashtiradi.4.sut qatiq maxsulotlarini olishda foydalanladi.5.o’lik qoldiqlarni chiritadi.6.dukkakdoshlar bilan simbioz hosil qiladi a]1.4 b]2.6 c]3.6 d]2.5
4.Parazit bakteriyalar keltirib chiqaradigan kasalliklarni aniqlang. 1.sil.2.gripp.3.ichburug’.4.vabo.5.gepatit.6.o’lat.7.ensefalit.8.qoqshol.9.oits a]3.4.6.8 b]2.4.5.9 c]2.5.7.9 d]1.4.5.8
5.Oziqa va harorat yetarli bo’lganda har 20-30 daqiqada bo’linib ko’payadigan organizmni aniqlang. a]koronavirus b]qoqshol b]achitqi d]mimosa 6.O’simliklar bilan simbioz holda yashovchi bakteriyani aniqlang. a]parazit b]chirituvchi c]tugunak d]achituvchi 7.Bakteriyalarga qarshi fitonsid ajratuvchi o’simliklarni aniqlang. a]archa b]qayin c]terak d]a va c to’g’ri
7-MAVZU.ZAMBURUG’LAR DUNYOSI
1.Zamburug’lar o’simliklar kabi……………..,hayvonlarga o’xshab………….oziqlanadi. a]erkin harakatlanmaydi,getratrof b]erkin harakatlanadi,avtotrof c]erkin harakatlanadi,getratarof d]erkin harakatlanmaydi,fototrof
2.Atrofdagi havoda qaysi zamburug’ning sporalari doimiy uchib yuradi? a]achitqi b]qo’ziqorin c]mog’or d]qo’ziqorin
3.Iste’mol qilgan odam zaharlanadigan zamburug’larni aniqlang. a]qizil muxomor,qo’zidumba b]shampinion,sariq soxta qo’ziqorin c]oq qo’ziqorin, sariq soxta qo’ziqorin d] sariq soxta qo’ziqorin,qizil muxamor
4.Qorakuya zamburug’iga xos bo’lgan ma’lumotni aniqlang a]o’simlikni o’tkazuvchi qismida parazitlik qiladi b]o’simlikda zangga o’xshash dog’ hosil qiladi c]boshoqdoshlarda parazitlik qiladi d]dukkakdoshlar bilan simbioz hosil qiladi
5.Vertitsilium zamburug’iga xos bo’lgan ma’lumotni aniqlang. a]o’simlikni o’tkazuvchi qismida parazitlik qiladi b]o’simlikda zangga o’xshash dog’ hosil qiladi c]boshoqdoshlarda parazitlik qiladi d]dukkakdoshlar bilan simbioz hosil qiladi
6.Zamburug’larning yashashi uchun qaysi omil shart emas? A]yorug’lik b]ozuqa c]harorat d]namlik
8-MAVZU.O’SIMLIKLAR DUNYOSI.
1.O’simliklardagi vegetative organlarning vazifalari to’g’ri ko’rsatilmagan javobni aniqlang. a]o’sishini ta’minlaydi b]oziqlanishini ta’minlaydi c]tarqalishini ta’minlaydi d]rivojlanishini ta’minlaydi 2. Makkajo’xori o’simligi qaysi sinfga mansub? a]magnoliyatoifa b]magnoliyasimonlar c]ikki urug’pallalilar d]lolasimonlar
2.O’simliklar sistematikasida turkumdan keyin,sinfdan oldin qaysi sistematik birlik keladi? a]oila,turkum b]tur,oila c]oila,oila d]sinf,oila
3.Qurlish va sanoat xomashyosi xisoblanadi…………………………….. a]olma,o’rik,yong’oq b]yalpiz,na’matak,shirinmiya c]yo’g’och,paxta,kanop d]beda,sebarga,shuvo
4.Dori-darmon sifatida foydalaniladigan o’simliklarni aniqlang. a]olma,o’rik,yong’oq b]yalpiz,na’matak,shirinmiya c]yo’g’och,paxta,kanop d]beda,sebarga,shuvo
5.Fikus va kaktus……………. a] chorva mollariga yem-xashak xisoblanadigan o’simliklar b] dori-darmon sifatida foydalaniladigan o’simliklar c]manzarali va xona o’simligi d]barchasi to’g’ri
6.O’simliklardagi generativ organlarning vazifalari to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang. a]o’sishini ta’minlaydi b]ko’payishini ta’minlaydi c]tarqalishini ta’minlaydi d]c va b javoblar to’g’ri
7.O’simliklarning tabiatdagi ahamyatini aniqlang. 1.fotosintezda atmosferaga kislarod ajratadi.2. qurilish va sanoat xomashyosi xisoblanadi.3.organik modda hosil qiladi.4. dori-darmon sifatida foydalaniladi.5.suv bug’latish orqali havoni namlab turadi.6. chorva mollariga yem-xashak xisoblanadi.7.o’simlikxo’r organizmlar uchun oziqa bo’ladi.8.oziq-ovqat. a]1.2.5.8 b]1.3.5.7 c]2.4.6.8 d]2.3.5.6
8.Sistematika faniga asos slogan olim…….. a]Lamark b]Aristotel c]Kyuve d]Linney
9.Quydagilar orasida sinf sistematik birligi soni nechta? 1.magnoliyasimon.2.yo’sinlar.3.bir urug’pallalilar.4.qirqulloqlar.5.qoqio’t.6.ra’nodoshlar.7.gulli o’simliklar.8.dorivor qoqio’t.9.jo’xori.10.qoqio’dosh.11.yo’sinlar.12.makkajo’xori.13.arpa.14.ochiq urug’li o’simliklar a]1 b]3 c]2 d]5
10.Quydagilar orasida turkum sistematik birligi soni nechta? 1.magnoliyasimon.2.yo’sinlar.3.bir urug’pallalilar.4.qirqulloqlar.5.qoqio’t.6.ra’nodoshlar.7.gulli o’simliklar.8.dorivor qoqio’t.9.jo’xori.10.qoqio’dosh.11.yo’sinlar.12.makkajo’xori.13.arpa.14.ochiq urug’li o’simliklar a]1 b]3 c]2 d]5
11.Quydagilar orasidan sporalio’simliklar sistematik birligi soni nechta? 1.magnoliyasimon.2.yo’sinlar.3.bir urug’pallalilar.4.qirqulloqlar.5.qoqio’t.6.ra’nodoshlar.7.gulli o’simliklar.8.dorivor qoqio’t.9.jo’xori.10.qoqio’dosh.11.yo’sinlar.12.makkajo’xori.13.arpa.14.ochiq urug’li o’simliklar a]3 b]4 c]2 d]5
9-MAVZU.TUBAN O’SIMLIKLAR
1.Qizil suvo’t bo’lib,tallomi bir qavat hujayralardan iborat.Keng,chetlari kungurador qattananing uzunligi bir metrdan oshadi.ushbu ma’lumotlar qaysi suvo’tga tegishli? a]dengiz karami b]belbog’li ulotriks c]dengiz salati d]spirogyra
2.Spirogiraga xos bo’lgan ma’lumotlarni aniqlang. 1.tallomi shoxlanmaydi,rizoidi orqali suv tubiga birikadi.2.boshqa suvo’tlar bilan birga ‘’baqa to’nlarni ‘’hosil qiladi.3.xromatafori belbog’ shaklida joylashgan.4.xramatafori spiralsimon buralgan.5.rizoidsiz tallomi och yashil rangda,shilimshiq bilan o’ralgan.6.yashil ipsimon suvo’t. a]1,3,6 b]1,3,5 c]2,4,5 d]2,3,5
3.’’Dengiz karami’’,’’Dengiz salati’’,’’Shampinion’’ yana qanday nomlanadi? a]porfira,laminariya,oq muxamor b]spirogyra,porfira,qo’zidumba c]laminariya,porfira,qo’zidumba d]laminariya,porfira,achitqi
4.Jinsiy ko’payish jarayonida hosil bo’lgan gametalarning 20%idan ulotriksning 192 ta yangi ipi hosil bo’lgan bo’lsa,jami hosil bo’lgan gametalar sonini aniqlang. a]1920 b]960 c]384 d]480
5. Jinsiy ko’payish jarayonida hosil bo’lgan gametalarning 20%idan ulotriksning 128 ta yangi ipi hosil bo’lgan bo’lsa,jami hosil bo’lgan gametalar sonini aniqlang. a]960 b]480 c]384 d]480
6.Ulotriksning jinsiy ko’payishida 128 ta gameta hosil bo’lgan bo’lsa,shu gametalarning 5 foizidan zigota hosil bo’lgan,zigotaning 25 foizidan ulotriks iplari hosil bo’ldi.qancha ulotriks iplari hosil bo’lgan? a]64 b]32 c]128 d]16
7.Suv havzalarini tozalashda qaysi suvo’tlardan foydalaniladi? A]ulotriks,xlorella b]xlamidomonada,xlorella c]spirogyra,ulotriks d]barchasidan.
10-MAVZU.YUKSAK O’SIMLIKLAR
1.Quydagilar orasida bo’lim sistematik birligi soni nechta? 1.magnoliyasimon.2.yo’sinlar.3.bir urug’pallalilar.4.qirqulloqlar.5.qoqio’t.6.ra’nodoshlar.7.gulli o’simliklar.8.dorivor qoqio’t.9.jo’xori.10.qoqio’dosh.11.yo’sinlar.12.makkajo’xori.13.arpa.14.ochiq urug’li o’simliklar a]1 b]3 c]2 d]5
2 Quydagilar orasida eng kichik sistematik birligi soni nechta? 1.magnoliyasimon.2.yo’sinlar.3.bir urug’pallalilar.4.qirqulloqlar.5.qoqio’t.6.ra’nodoshlar.7.gulli o’simliklar.8.dorivor qoqio’t.9.jo’xori.10.qoqio’dosh.11.yo’sinlar.12.makkajo’xori.13.arpa.14.ochiq urug’li o’simliklar a]1 b]3 c]2 d]5
3.Dala qirqbo’gimining yozgi[a] va bahorgi[b]poyalarining rangi qanday bo’ladi? a]a-qo’ng’ir,b-yashil b]a-yashil,b-qo’ng’ir c]a-sariq,b-yashil d]a-yashil,b-yashil
4.Ochiq urug’lio’simliklarning poyasi[a] va bargi[b]dan qanday modda ajraladi? a]a-smola,b-fitonsid b]a-fitoaleksin,b-smola c]a-fitonsid,b-smola d]a-smola,b-kauchuk
5.Archa,o’rik,qirqbo’g’im,anor,sarv,limon,terak,sharq sauri,qoqi,qarag’ay,bug’doy,qoraqarag’ay,qirqquloq,funariya yo’sini,tuya,virgin.ushbu o’simliklardan nechtasi eng yosh va keng tarqalgan hisoblanadi? a]6 b]7 c]3 d]13
6.Pishgan mevasi yurakni quvvatlantirishda,qonni suyultirishda katta ahamyatga ega.ushbu o’simlikka xos bo’lmagan ma’lumotni aniqlang. a]hayotiy shakli buta b] dastlab gul,keyin barg kurtaklarini yozadi c] barglari tangachaga aylangan d] b va c javoblar
7. Archa,o’rik,qirqbo’g’im,anor,sarv,limon,terak,sharq sauri,qoqi,qarag’ay,bug’doy,qoraqarag’ay,qirqquloq,funariya yo’sini,tuya,virgin.ushbu o’simliklardan nechtasi sporali o’simliklar hisoblanmaydi? a]6 b]7 c]3 d]13
8.Archa,o’rik,qirqbo’g’im,anor,sarv,limon,terak,sharq sauri,qoqi,qarag’ay,bug’doy,qoraqarag’ay,qirqquloq,funariya yo’sini,tuya,virgin.ushbu o’simliklardan nechtasi eng yosh va keng tarqalgan o’simliklar hisoblanadi? a]6 b]7 c]3 d]13
9.Sporasidan yashil nozik suvo’tga o’xshash ipcha o’sib chiqadigan o’simlikka xos bo’lgan ma’lumotni aniqlang. 1.asosan zax joylarda o’sadi.2.patsimon uzun poyada ko’plab barglari joylashgan.3.poya va barglari ko’plab bo’g’imlarga bo’lingan.4.ingichka poyasidagi barglari ketma-ket o’rnashgan.5.ildiz va ozuqa to’laydigan ildizga ega.6.ildizga ega emas.7.ikki xil poya hosil qiladi.8.barglarini ostida qo’ng’ir rangli bo’rtma –soruslar hosil qiladi.9.tuproqqa rizoidlari bilan birikadi.10. yashil poya va barglaridan tayyorlangan damlama siydik haydovchi vosita.11.xona va manzarali o’simlik.12.gijjaga qarshi kurashda foydalaniladi. a]1.3.4.6.7.9.10 b]1.4.6.9 c]3.5.7.10 d]2.5.8.11.12
10. Archa,o’rik,qirqbo’g’im,anor,sarv,limon,terak,sharq sauri,qoqi,qarag’ay,bug’doy,qoraqarag’ay,qirqquloq,funariya yo’sini,tuya,virgin.ushbu o’simliklardan nechtasi urug’li o’simliklar hisoblanadi? a]6 b]7 c]3 d]13
11.Archa,o’rik,qirqbo’g’im,anor,sarv,limon,terak,sharq sauri,qoqi,qarag’ay,bug’doy,qoraqarag’ay,qirqquloq,funariya yo’sini,tuya,virgin.ushbu o’simliklardan nechtasi yopiq urug’li o’simliklar hisoblanadi? a]6 b]7 c]3 d]13
11-MAVZU.O’ZBEKISTONDA KENG TARQALGAN DORIVOR VA ZAHARLI O’SIMLIKLAR
1.Dorivor o’simliklar to’g’ri ko’rsatilmagan javobni aniqlang. a]kanakunjut,bangidevona b]aloe,shirinmiya c]isiriq,mingdevona d]yalpiz,kanakunjut
2.Qaysi o’simlik bilan zaharlanganda ayrim hollarda odam birdan kulib,birdan yig’lashi kuzatiladi? a]kanakunjut b]mingdevona c]bangidevona d]zaharli ayiqtovon
3.Palmaga o’xshab tez o’sadigan ham manzarali,ham zaharli o’simlik qaysi? a]kanakunjut b]mingdevona c]bangidevona d]zaharli ayiqtovon
4.Qaysi o’simlikning dorivorlik xususiyati meva bergan davrda yuqori bo’ladi? a]isiriq b]na’matak c]yalpiz d]aloe
5.Qaysi o’simlik tarkibida mentol va efir moylari bo’lib,ular asabni tinchlantirishga yordam beradi.bargi va poyalari hushbo’y hidga ega? a]isiriq b]na’matak c]yalpiz d]aloe
6.Bo’yi 10-45sm[a]1 m[b]30-60sm[c]2-3 m[d] bo’lgan o’simliklarning xususiyatini aniqlang. a]a,c,d-dorivor,b-zaharli b]a.b-dorivor,c,d-zaharli c]a,b,d-zaharli,c-dorivor d]a,b-zaharli,c,d-dorivor
7.moyi surtib yurilsa,soch va kipriklarning mustahkamligi ortadi.2.yozning issiq kunlarida o’zidan zaharli hid ajratadi.3.gullari yumaloq sariq rangda barglari zaharli.4.guli yirik oqish sariq rangda,bargi oddiy,mevasi tikanli.keltirilgan ma’lumotlardan 4-si qaysi o’simlikka tegishli? a]bangidevona b]mingdevona c]kanakunjut d]zahrli ayiqtovon
12-MAVZU.HAYVONOT DUNYOSI.
1. Umutrqali hayvonlarning sistematik birliklari qaysi javobda ko’rsatilgan? a]bo’shliqchililar ,sudralib yuruvchilar b]baliqlar,molyuskalar c]sutemizuvchilar,suvda hamda quruqlikda yashovchilar d]soda hayvonlar,to’garak chuvalchanglar
2.Ilvirs qaysi urug’ga[a] va qo’ng’ir ayiq[b]qaysi oilaga mansub? a]a-bars,b-ayiqsimonlar b]a-ayiq,b-suvsarsimonlar c]a-ayiqsimonlar,b-bars d]a-mushuksimonlar,b-bars
3.Kasallik qo’zg’atuvchi hayvonlarni aniqlang. a]pashsha,chivin b]leyshmaniya,tripanasoma c]yomg’ir chuvalchangi,go’ng qo’ng’izi d]asalari,kapalak
4.Qo’ng’ir ayiq va ilvirs uchun umumiy bo’lmagan sistematik birliklarni aniqlang? 1.tur.2.urug’.3.oila.4.turkum.5.sinf.6.tip.7.dunyo. a]1.3.6 b]1.2.3. c]5.6.7 d]2.4.6.7 5.Bars……………………. a]turkumi b]urug’I c]turi d]sinfi
6.Hayvonot olamida turkumlar birlashib qaysi sistematik birlikni hosil qiladi? A]urug’ni b]turni c]sinfni d]oilani
7.Tabiat sanitarlari hisoblanadigan hayvonlari aniqlang. a]pashsha,chivin b]leyshmaniya,tripanasoma c]yomg’ir chuvalchangi,go’ng qo’ng’izi d]asalari,kapalak
8.Kasallik tarqatuvchi hayonlarni aniqlang. a]pashsha,chivin b]leyshmaniya,tripanasoma c]yomg’ir chuvalchangi,go’ng qo’ng’izi d]asalari,kapalak
9.O’simliklarni changlatadi…………………….. a]pashsha,chivin b]leyshmaniya,tripanasoma c]yomg’ir chuvalchangi,go’ng qo’ng’izi d]asalari,kapalak
10.Javoblar orasidan urug’ sistematik birligini aniqlang. a]yirtqichlar b]mushuksimonlar c]ayiq d]ilvirs
13-MAVZU.UMURTQASIZ HAYVONLAR.
1.Quydagi hayvonlardan nechtasi chuvalchanglar hisoblanadi? 1.gidra.2.tufelka.3.aktiniya.4.oq planariya.5.evglena.6.meduza.7.amyoba.8.rishta.9.jigar qurti.10.bortma nematoda.11.qoramol tasmasimoni.12.odam askaridasi. a]2 b]3 c]4 d]6
2.Yassi chuvalchanglarga xos bo’lgan ma’lumotni aniqlang. a]tanasining orqa qismi o’rtadan chetga tomon yassilashib boradi,tana bo’shlig’I bo’lmaydi b]tanasi bitta hujayradan iborat,hujayrasida hazm qiluvchi va qisqaruvchi vakuola mavjud c]tanasi tashqi-ektoderma va ichki endoderma qavatlaridan iborat d]ko’ndalang kesimi yumaloq shaklda,tashqi tomondan pishiq qobiq –kutikula bilan qoplangan.
3.Ikki yon tomonda joylashgan tuklarga ega,bu tuklar suv tubida harakatlanishga yordam beradigan dastlabki oyoqlar hisoblanadi.ushbu ma’lumotlar qaysi tipga kiruvchi hayvonga xos? a]yassi chuvalchanglar b]halqali chuvalchanglar c]to’garak chuvalchanglar d]bo’shliqchililar
4.Sakkizoyoq bilan bir tipga mansub hayvon qaysi? a]nereida b]nematode c]aktiniya d]baqachanoq
5.O’simliklarni yashil qismini yeb zarar keltiruvchi hayvon qaysi tipga mansub? a]bo’g’imoyoqlilar b]molyuskalar c]halqalilar d]bo’shliqchililar
6.Qaysi hayvonlar tipi qisqichbaqasimonlar,o’rgimchaksimonlar va hasharotlar sinflariga bo’linadi? a]bo’g’imoyoqlilar b]molyuskalar c]halqalilar d]bo’shliqchililar
7.Bitta tipga mansub hayvonlarni aniqlang? 1.gidra.2.tufelka.3.aktiniya.4.oq planariya.5.evglena.6.meduza.7.amyoba.8.rishta.9.jigar qurti.10.bortma nematoda.11.qoramol tasmasimoni.12.odam askaridasi. a]2.3.7 b]3.5.11 c]4.8.12 d]1.3.6
8.Har xil tipga mansub hayvonlarni aniqlang. 1.gidra.2.tufelka.3.aktiniya.4.oq planariya.5.evglena.6.meduza.7.amyoba.8.rishta.9.jigar qurti.10.bortma nematoda.11.qoramol tasmasimoni.12.odam askaridasi. a]2.3.7 b]2.5.7 c]4.9.11 d]1.3.6
9.Xonqizi uchun xos bo’lgan ma’lumotni aniqlang? a]o’ljasini ovlash uchun tutqich to’r to’qiydi b]o’simlik zararkunandasi bo’lgan shira bitlarini yeb,foyda keltiradi c]qisqichlari yordamida o’ljasini tutadi va dushmandan himoyalanadi d]o’zidan siyoh chiqarib,dushmanni chalg’itadi 10.Ishchi arilar dastlab lichinkani[a]bilan boqadi,keyinchalik[b]bilan oziqlantiradi. A]a-asalari suti,b-asal,gul changi b]a-gul changi,b-asalari suti c]a-asal,b-gul changi,asalari suti c]a,b-gul changi
14-MAVZU.UMURTQALI HAYVONLAR.
1.Havo haltachalari o’pkaga ulangan bo’lib,bir marta olgan havosidan 2 marta nafas oladigan hayvonlarni aniqlang. a]salamandra b]qilquyruq c]tovus d]kiyik

2.1.yo’lbars.2.tovus.3.manta.4.triton.5.kaltakesak.6.qilquyruq.7.timsoh.8.burgut.9.kiyik.10.zog’ora.11.qurbaqa.12.ot.13.kaptar.14.ilon.15.salamandra.ushbu hayvonlardan nechtasi yuragi 4 kamerali issiqqonli hayvonlar hisoblanadi? A]3 tasi b]4 tasi c]5 tasi d]6 tasi


3.1.yo’lbars.2.tovus.3.manta.4.triton.5.kaltakesak.6.qilquyruq.7.timsoh.8.burgut.9.kiyik.10.zog’ora.11.qurbaqa.12.ot.13.kaptar.14.ilon.15.salamandra.ushbu hayvonlardan nechtasi yuragi 3 kamerali sovuqqonli hayvonlar hisoblanmaydi? A]3 tasi b]4 tasi c]7 tasi d]9 tasi
4.Qaysi sinfga hasharotxo’rlardan tortib,primatlargacha bo’lgan hayvonlar kiradi? a]sudralib yuruvchilar b]qushlar c]baliqlar d]sutemizuvchilar
5.Hayvonlar orasidan yuragida faqat venoz qon bo’ladiganlarini toping. 1.yo’lbars.2.tovus.3.manta.4.triton.5.kaltakesak.6.qilquyruq.7.timsoh.8.burgut.9.kiyik.10.zog’ora.11.qurbaqa.12.ot.13.kaptar.14.ilon.15.salamandra. a]1.6.9 b]3.6.10 c]2.8.14 d]4.10.15
6.Olcha va gilos mevasining etli qismi bilan oziqlanadi.. a]chumchuq b]burgut c]hakka d]kaptar
7.1.yo’lbars.2.tovus.3.manta.4.triton.5.kaltakesak.6.qilquyruq.7.timsoh.8.burgut.9.kiyik.10.zog’ora.11.qurbaqa.12.ot.13.kaptar.14.ilon.15.salamandra.ushbu hayvonlardan nechtasi yuragi 4 kamerali issiqqonli hayvonlar hisoblanmayadi? A]9 tasi b]8 tasi c]5 tasi d]6 tasi
8.Hayvonlar orasida sudralib yuruvchilar soni nechta? 1.yo’lbars.2.tovus.3.manta.4.triton.5.kaltakesak.6.qilquyruq.7.timsoh.8.burgut.9.kiyik.10.zog’ora.11.qurbaqa.12.ot.13.kaptar.14.ilon.15.salamandra. a]5 b]6 c]3 d]4
9.Tanasi pat bilan qoplangan,havoda uchishga moslashgan,oldingi oyoqlari qanotga aylangan hayvonni aniqlang? a]tovus b]salamandra c]timsoh d]qilquyruq
10.Tuxumini quruqlikka qo’yadi,tuxumi qattiq po’choq bilan himoyalangan,sariqlikka boy.ushbu ma’lumotlar qaysi hayvon uchun xos emas? A]kaltakesak b]triton c]ilon d]timsoh
15-MAVZU.ODAM ORGANLARI SISTEMASI.
1.Odamda hujayralar yig’indisidan iborat biriktiruvchi to’qima,muskul va eiteliy to’qimalari birlashib nimani hosil qiladi? a]o’pka devoir va yurakni b]qon tomir devori va yurakni c]miya va yurakni d]qon tomir devori va miyani
2.Tayanch-harakatlanish sistemasiga xos bo’lmagan to’g’ri ma’lumotni aniqlang. a]skalet va muskullardan iborat b]suyakning ko’mik qismida qonning shaklli elementlari hosil bo’ladi c]odamda qon aylanish sistemasi yopiq d]organizm harakatini skalet muskullari amalga oshiradi
3.Gipofiz,epifiz,qalqonsimon,ayrisimon,buyrakusti bezlari……………………… a]limfa b]endokrin c]nafas d]qon aylanish
4.Limfa sistemasining hujayralari-limfotsitlar hosil bo’ladigan organni aniqlang a]yurak b]o’pka c]jigar d]taloq
5.Yurakka kiruvchi qon tomir,yurakdan chiquvchi qon tomirlar qanday nomlanadi? A]kapilyar,arteriya b]vena,arteriya c]arteriya,vena d]arteriya,kapilyar

6.Odamda qaysi sistema ochiq bo’lib,to’qima va organlardan boshlanadi? a]limfa b]endokrin c]nafas d]qon aylanish


7.Yelkadagi ikki boshli muskulning qisqarishi va uch boshli muskulning bo’shashi natijasida…………… a]qo’l bilakdan yoziladi b]qo’l tirsakdan yoziladi c]qo’l bilakdan bukiladi d]qo’l tirsakdan bukiladi
8.To’qimalar oraasida joylashgan mayda qon tomirlarini aniqlang. a]arteriya b]vena c]kapillyar d]aorta
9.Gazlar almashinuvi nafas olish sistemasining qaysi qismida sodir bo’ladi? A]o’pka alveolalari va arteriyalar b]o’pka alveolalari va kapilyarlar c]o’pka venalari va kapilyarlar d]o’pka alveolalarida
10.Umurtqa pog’onasi kanalida qaysi organ joylashgan? A]orqa miya b]bosh miya c]oraliq miya d]miyacha
11.Bakteriya va viruslarni ushlab qoladigan va zararsizlantiradigan organni aniqlang. a]yurak b]o’pka c]limfa tomirlari d]limfa tugunlari
16-MAVZU.EKALOGIK OMILLARI.
1.………………….tanasining suyri shaklda bo’lishi va shilimshiq bilan qoplanganligi suv qarshiligini yengishga yordam beradi. A]baqalar b]baliqlar c]qushlar d]sudraluvchilar 2.Produtsent organizm ko’rsatilgan javobni aniqlang. a]yalpiz b]mimoza c]qirqquloq d]barchasi
3.Abiotik omillar………….. a]inson faolyatining tabiatga ta’siri natijasida yuzaga keladi b]jonsiz tabiat omillari sanaladi c]tirik organizmning bir-biriga ta’siri d]a va c javoblar to’g’ri 4.Oziq zanjirining birinchi halqasida qanday organizmlar ishtirok etadi? a]produtsentlar b]redutsentlar c]konsumentlar d]destruktorlar
5Inson faolyati ta’sirida tirik organizmlarning qirilib ketishi,tiklanishi,yangi zot va navlarning yaratilishi qanday omil hisoblanadi? A]abiotic b]biotik c]antropogen d]edafik
6.O’txo’r va yirtqich hayvonlar biotsenozning qanday tarkibiy qismi hisoblanadi? a]parchalovchi b]produtsent c]redutsent d]konsument
7.Biotik omillar………….. a]inson faolyatining tabiatga ta’siri natijasida yuzaga keladi b]jonsiz tabiat omillari sanaladi c]tirik organizmning bir-biriga ta’siri d]a va c javoblar to’g’ri 8.Quyoshning zararli nurlari o’simlik va hayvonlarga zararli ta’sir ko’rsatmoqda va odamlarda qanday kasaallikni kelib chiqishiga sabab bo’lmoqda? a]o’pkaning yiringli kasalligi b]terining xavfli o’sma c]ichak enteriti d]barchasi
9.Produtsent bilan oziqlanuvchi,konsument organizmni aniqlang. a]ilon b]baqa c]burgut d]chigirtka
10.O’simlik bilan oziqlanuvchi hayvon bilan oziqlanadigan konsumentni aniqlang. a]ilon b]baqa c]burgut d]chigirtka
11.Sudralib yuruvchilarning…………….cho’l sharoitida ularni suv bug’latishdan va issiqdan asraydi. A]nam tanasi b]suyri shakli c]mug’uz tangachasi d]emal tangachasi
17-MAVZU.INSON VA TABIAT.
1.Quyoshning zararli nurlari o’simlik va hayvonlarga zararli ta’sir ko’rsatmoqda va odamlarda qanday kasaallikni kelib chiqishiga sabab bo’lmoqda? a]o’pkaning yiringli kasalligi b]terining xavfli o’sma c]ichak enteriti d]barchasi
2.Insonning tabiatga salbiy ta’siri to’g’ri ko’rsatilmagan javobni aniqlang. 1.o’simliklarning yangi navlarini yaratish.2.atmosfera havosining chiqindilar bilan ifloslanishi.3.oziq-ovqat mahsulotlarining ko’patirilishi.4.cho’llarni o’zlashtirilishi natijasida daryo va dengizlarning qurib qolishi.5.hayvonlarning go’shtdor zotlarini olinishi.6.hayvonlarni ko’plab ovlash natijasida qirilib ketishi.7. hayvonlarning sersut zotlarini olinishi.8.o’rmondagi daraxtlarning keragidan ortiq kesilishi. a]1.3.5.7 b]1.2.4.7 c]2.4.6.8 d]2.3.7.8
3. Insonning tabiatga ijobiy ta’siri to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang. 1.o’simliklarning yangi navlarini yaratish.2.atmosfera havosining chiqindilar bilan ifloslanishi.3.oziq-ovqat mahsulotlarining ko’patirilishi.4.cho’llarni o’zlashtirilishi natijasida daryo va dengizlarning qurib qolishi.5.hayvonlarning go’shtdor zotlarini olinishi.6.hayvonlarni ko’plab ovlash natijasida qirilib ketishi.7. hayvonlarning sersut zotlarini olinishi.8.o’rmondagi daraxtlarning keragidan ortiq kesilishi. a]1.3.5.7 b]1.2.4.7 c]2.4.6.8 d]2.3.7.8
18-MAVZU.TABIATNI MUHOFAZA QILISH.
1.Biosfera qo’riqxonasi keltirilgan javobni aniqlang. a]kitob b]nurota c]zomin d]chotqol
2.Cho’l sharoitida yashashga moslashgan.suvsizlikka chiday oladi.yaxshi uchadi.aprel-may oylarida 2-3 ta tuxum qo’yadi.ushbu ma’lumotlar qaysi hayvonga tegishli? a]yorga tuvaloq b]afrika tuyaqushi c]xongul d]buxoro bug’usi
3.Uzunligi 30 metrgacha yetadi.dala,toshloq yerlarda o’sadi.bargi oddiy,panjasimon.to’pguli ro’vak.mevasi turli rang va shaklda.ushbu ma’lumotlar qaysi o’simlikka tegishli? a]madaniy tok b]xolmon isirg’aguli c]safsan xurmosi d]yovvoyi tok
4.Davlat geologiya qo’riqxonasi ko’rsatilgan javobni aniqlang. a]nurota b]chotqol c]kitob d]hisor
5.Archa,qarag’ayning ko’chatlarini yetishtirish,mo’ynasi uchun ondatrani ko’paytirish kabi ishlar qaysi xudda olib boriladi? A]qo’riqxona b]buyurtmaxona c]milliy bog’ d]tabiat yodgorligi
6.Sistematik birlik noto’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang. a]tuvaloqlar oilasi b]juft tuyoqlilar turkumi c]bug’ular oilasi d]turnasimonlar sinfi
7.Quydagilar orasida tur sistematik birliklari soni nechta? 1.tuvaloqlar.2.xongul.3.uzumdoshlar.4.safsan xurmosi.5.yo’rg’a tuvaloq.6.loladoshlar.7.yovvoyi tok.8.turnasimonlar.9.bug’ular.10.uzumdoshlar.11.xolmon isirg’aguli.12.juft tuyoqlilar.13.loladoshlar. a]4 b]2 c]3 d]5
8. Quydagilar orasida oila sistematik birliklari soni nechta? 1.tuvaloqlar.2.xongul.3.uzumdoshlar.4.safsan xurmosi.5.yo’rg’a tuvaloq.6.loladoshlar.7.yovvoyi tok.8.turnasimonlar.9.bug’ular.10.uzumdoshlar.11.xolmon isirg’aguli.12.juft tuyoqlilar.13.loladoshlar. a]4 b]2 c]3 d]5 9.Tog’-yong’oq davlat qo’riqxonasi ko’rsatilgan javobni aniqlang. a]nurota b]chotqol c]kitob d]hisor
10.Antotsian……………………… a]qora rangli pigment b]qizil rangli pigment c]ko’k rangli pigment d]yashil rangli pigment
11.Qaysi atama lotinchada yupqa po’st degan ma’noni anglatadi? a]kutikula b]xitin c]spora d]sellyuloza
12.Xromatafor…………….. a]o’simlik bakteriyalarga qarshi ishlab chiqaradigan modda b]suvda erimaydigan modda bo’g’imoyoqlilarda tashqi tayanch vazifasini bajaradi c] lotinchada yupqa po’st degan ma’noni anglatadi d]suvo’tlarning pigment saqlovchi qismi
13.Fitonsid…………………. a]o’simlik bakteriyalarga qarshi ishlab chiqaradigan modda b]suvda erimaydigan modda bo’g’imoyoqlilarda tashqi tayanch vazifasini bajaradi c] lotinchada yupqa po’st degan ma’noni anglatadi d]suvo’tlarning pigment saqlovchi qismi
14.Xitin……………………… a]o’simlik bakteriyalarga qarshi ishlab chiqaradigan modda b]suvda erimaydigan modda bo’g’imoyoqlilarda tashqi tayanch vazifasini bajaradi c] lotinchada yupqa po’st degan ma’noni anglatadi d]suvo’tlarning pigment saqlovchi qismi
15.Quydagilar orasida oila sistematik birliklari soni nechta? 1.tuvaloqlar.2.xongul.3.uzumdoshlar.4.safsan xurmosi.5.yo’rg’a tuvaloq.6.loladoshlar.7.yovvoyi tok.8.turnasimonlar.9.bug’ular.10.uzumdoshlar.11.xolmon isirg’aguli.12.juft tuyoqlilar.13.loladoshlar. a]4 b]2 c]3 d]5
Download 51.59 Kb.




Download 51.59 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



5-sinf biologiya darsligi asosida mavzulashtirilgan testlar. 1-bob. Biologiya tirik organizmlar haqidagi fan

Download 51.59 Kb.