• Oldingi babka
  • 5-sinf texnologiya darsligi asosida 10-mavzu: Yog‘ochga ishlov berish stanoklari va ularning turlari




    Download 2,6 Mb.
    Sana13.01.2024
    Hajmi2,6 Mb.
    #136943
    Bog'liq
    Yog\'ochga ishlov berish stanoklari


    5-sinf texnologiya darsligi asosida 10-mavzu:
    Yog‘ochga ishlov berish stanoklari va ularning turlari
    Duradgorlik ustaxonalarida STD–120 tipidagi yog‘ochga ishlov beruvchi tokarlik stanoklari ishlatiladi.
    Yog‘ochga ishlov beruvchi tokarlik stanoklari yordamida yog‘och materiallardan har xil aylanish sirtlarga ega bo‘lgan detallar, shakldor buyumlar tayyorlanadi.
    STD–120 tipidagi yog‘ochga ishlov beruvchi tokarlik stanogining asosiy uzellari stanina, oldingi babka, ketingi babka, tirgak, o‘yuvchi moslama bo‘lib, uning yordamida o‘yish-teshish ishlari bajariladi (31-rasm).
    31-rasm. STD–120 tokarlik stanogining tuzilishi: 1 – asos; 2 – elektr dvigateli; 3 – stanina; 4 – tasmali uzatmaning to‘sig‘i; 5 – magnitli ishga tushirgich; 6 – alohida yoritkich; 7 – oldingi babka; 8 – planshaybali shpindel; 9 – tirgak; 10 – ketingi babka; 11 – shaffof himoya ekrani.
    Yog‘ochga ishlov beriladigan tokarlik dastgohining asosiy qismi yo‘naltirgichli stanina (3) bo‘lib, u ikkita tayanch panjalarga o‘rnatiladi.
    Staninaga oldingi va ketingi babka hamda tutqichli g‘aladon joylashgan. Ishchi mexanizmlar himoya ekrani bilan o‘ralgan qirqish zonasini (ish maydonini) hosil qiladi.
    Oldingi babka ishlanadigan yog‘och materiallarni tutib turadi va uni aylanma harakatga keltiradi (32-rasm).
    Ketingi babka uzun o‘lchamli yog‘ochlarni markazda tutib turish va keskich (parma)larni o‘rnatish imkonini beradi (33-rasm).
    33-rasm. Ketingi babkaning tuzilishi: 1 – korpus; 2 – markazli pinol; 3 – qisqich; 4 – vint mexanizmi; 5 – maxovik; 6 – qotirgich vint, 7 – siquvchi taxtacha.
    Yo‘nish, qirqish vaqtida iskanalarni tutib (tirab) turish maqsadida tirgakdan foydalaniladi (34-rasm).
    Yog‘ochga ishlov beradigan tokarlik stanoklarida yo‘nish, qirqish ishlari maxsus tokarlik iskanalari yordamida bajariladi (35-rasm).
    Duradgorlik ishlarida turli stanoklardan foydalaniladi. Shuning uchun quyidagi xavfsizlik texnikasi qoidalarini bilish va ularga amal qilish shart:
    • Yorug‘lik ish o‘rniga o‘ng tomondan tushishi, ish o‘rnida tabiiy yorug‘lik yetarlicha bo‘lishi kerak.
    • Materiallarni stanok staninasiga, mexanizm yoki to‘siqlar ustiga qo‘ymaslik talab etiladi.

    3. Stanok va mexanizmlarning detallari, staninalari, qopqoqlari, to‘siqlari sinmagan, g‘adir-budursiz bo‘lishi kerak.
    4. Elektr dvigateli qulflanadigan yashik yoki maxsus to‘siq bilan yopilishi kerak.
    5. Stanoklarning tishli, tasmali va boshqa uzatmalari, disk arralari, pichoqli vallari maxsus qopqoqlar bilan berkitilishi kerak.
    6. Stanokning aylanayotgan ish qismlarini qo‘l yoki boshqa biror narsa bilan to‘xtatmaslik kerak.
    7. Stanokni to‘xtatmasdan turib ishlangan sirtning silliqligini qo‘l bilan tekshirmaslik kerak.
    8. Ish vaqtida maxsus kiyimda bo‘lish va himoya ko‘zoynagini taqib ishlash talab etiladi.
    Download 2,6 Mb.




    Download 2,6 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5-sinf texnologiya darsligi asosida 10-mavzu: Yog‘ochga ishlov berish stanoklari va ularning turlari

    Download 2,6 Mb.