-rasm. Meva-sabzavotlarni kukun qilish mashinasi




Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana22.01.2024
Hajmi0,68 Mb.
#143331
1   2   3
Bog'liq
5 tajriba ishi

5.8-rasm. Meva-sabzavotlarni kukun qilish mashinasi. 


5.9-rasm. Meva-sabzavotlarni bo’laklarga bo’lish mashinasi. 
 
5.10-rasm. Meva-sabzavotlarni xar xil usulda kesish mashinasi. 


Mahsulotlarini quritish energiya sarfini ko„p talab etuvchi jarayonlardan biri 
hisoblanib, energiya hosil qilish uchun asosan suyuq yoqilg„i, gaz va elektroenergiyadan 
foydalaniladi. Inson tomonidan qadimdan quyosh issiqligi shamol bilan birgalikda oziq-
ovqat mahsulotlarini quritishda va ularning saqlanuvchanligini oshirish uchun bir necha 
ming yillardan buyon foydalanib kelingan. Ochiq maydonda amalga oshirilgan 
quritishning bunday usuli quyoshli quritish deb nomlanib, quritish doirasi yopiq havo 
almashinuvchi uchastka, ya‟ni polietilen, shisha koplamali maydon hisoblanadi. Hozirgi 
kunda bunday uskunalarning turli konstruksiyalari mavjud bo„lib, ularning har biri o„z 
ustunligi va kamchiliklariga egadir. Biroq 3 ta asosiy konstruksiya (quyoshli quritish 
shkafi, konvektiv quritgich, quyoshli tunnelli quritgich) mavjud bo„lib, ularning negizida 
qolgan 
konstruksiyalar 
yaratiladi. 
Ushbu 
asosiy 
konstruksiyalarni 
quritish 
qonuniyatlarining qisqacha tavsiflaridan keyin ko„rib chiqamiz. 
Quritish quyidagilarga bog„liqdir: 
• 
harorat, namlik va foydalaniladigan havo miqdoriga; 
• 
quritilayotgan qismlar o„lchamiga; 
• 
quritilayotgan qismlarning fizik strukturasi va tarkibiga; 
• 
quritish sistemasi ichidagi havo oqimi modeliga. 
Issiqlik quritish uchun zarur bo„lgan yagona omil hisoblanmaydi. Quritish tezligi 
va samaradorligini mahsulot ustidan va orasidan o„tadigan havo miqdori va sifati 
belgilaydi. Quritish uchun foydalaniladigan havoning nisbiy namligi asosiy kattalik 
hisoblanib, u absolyut namlik deb nomlanadi. Nisbiy namlik termini (RH) eng ko„p 
tarqalgan termin bo„lib, absolyut namlik terminiga tenglashtiriladi, lekin absolyut namlik 
to„yingan havodagi namlikning maksimal miqdorini belgilaydi. Nisbiy namlik (RH) 
foizda ifodalanadi va namlikga to„liq to„yingan havoning ko„rsatkichi 100% ga teng 
hisoblanadi. Bu degani bunday havo o„ziga ortiq namlikni yuta olmaydi deganidir. Past 
haroratda havo o„zida ma‟lum bir miqdordagi namlikni ushlab tura oladi, lekin havoni 
qizdirishda orqali unda o„ziga ortiqcha namlikni olish xususiyatini yaratish mumkindir. 
Masalan pastki jadvalimizda harorati 29°C va nisbiy namligi 90% bo„lgan havoning 
parametrlari misol qilib ko„rsatilgan. Bunday havoni 50°C haroratgacha qizdirsak uning 
nisbiy namligi 15% bo„lishi mumkin. Bu havoning 29°C haroratida 1 kg havoda 0,6 gr 
namlikni o„zida ushlab turish xususiyatini, uni 50°C haroratga qizdirish orqali 1 kg 
havoda 24 gr namlikni yutish xususiyatiga ega bo„lishini kuzatamiz. 
Quritishda namlik mahsulot ichidan ajralib chiqib uning atrofidagi havoda 
to„planadi. Mahsulot ichida chuqur joylashgan namlikni yuzaga chiqarish qiyin 
jarayonlardan biri hisoblanib, bu quritishning oxirgi bosqichida kuzatiladi. 
Havo haroratining nisbiy namlikga ta‟siri 
5.1-jadval 
Havo 
harorati, °C 
Nisbiy 
namlik, % 
Havodagi nisbiy namlikning (RH) 100% ga yetishi uchun 
zarur bo„lgan namlik miqdori (gramm)* 
29 
90 
0,6 


30 
50 
7,0 
40 
28 
14,5 
50 
15 
24,0 
* ya’ni havoning namlikni qabul qilish potensiali (RH-nisbiy namlik) 
Nazorat uchun savollar: 
1. 
Mevalarni ochiq havoda quritish qanday tadbirlardan iborat? 
2. 
Meva va sabzavotlarni quritish qurilmalarida quritish texnologik liniyalari va ishlash 
prinsiplarini ta‟riflab bering. 
3. 
Danakli va urug„li mevalami quritishning o„ziga xos xususiyatlari nimada? 
4. 
Quritilgan mahsulotlarda nima uchun “bo„rtish” aniqlanadi va u qanday bajariladi? 
5. 
Meva-zabzavotlami quritishdan oldin qanday turdagi ishlovlar beriladi? 
6. 
Meva po„stlog„ini archish nima maqsadda va qanday amalga oshiriladi? 
7. 
Mevalarni ochiq havoda va quritish quritish qurilmalarida quritishning qanday 
afzalliklari bor? 

Download 0,68 Mb.
1   2   3




Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Meva-sabzavotlarni kukun qilish mashinasi

Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish