havoli bo‟shliq bo‟ladi. Plitalardan tovalarga issiqlik nurlanish usuli (radiatsiya) hisobiga
o‟tadi.
5.6-rasm. Sublimatsiyali quritkich. 1- quritish kamerasi; 2 — plita;
3 — tunuka tova; 4 - kondensator-muzlatkich.
5.7-rasm. O‟ta yuqori chastota elektromagnit diapazonda
dastlabki shlov berish
qurilmasi.
1-O‟Yuch to‟lqin magnetroni, 2-issiqlikni saqlab qoluvchi qoplama va alyumin
falgaga (nur qaytaruvchi) ega bo‟lgan korpus, 3- transportirovka konveyeri,
4-termodatchik, 5- boshqaruv pulti.
Quritish usuli va rejimi foydalaniladigan xom ashyoga bog„liq. Bu yoqilg„i sarf
etmasdan xom ashyoni buzilishdan saqlaydigan eng qadimiy usullardan biridir.
Bu usul
jahonning issiq va quruq iqlimli tumanlarida hozir ham qo„llanib kelinmoqda. Bunday
quritishning asosiy xom ashyosi bo„lib uzum va danakli mevalar hisoblanadi.
Xom ashyoni quritish mahsulot yetishtiriladigan mintaqaga joylashtirilgan,
saralash stoli, qozon, bug‟lash kamerasi va kamera bilan ta‟minlangan
maxsus
tayyorlangan maydonlarda amalga oshiriladi.
Quritishdan oldin xom ashyo strukturasi,
navi, pishib yetilish darajasi bo„yicha
saralanadi va nazorat qilinadi.
O„rik va shaftolini quritish davomida qorayishining oldini olish uchun 10-15
minut davomida askorbin kislota va limon kislota bilan ishlov beriladi. Olma 1-2 minut
0,4-0,7% li askorbin kislota eritmasiga botiriladi. Konsentratsiyali suvga botirib
olingandan keyin kartoshka po„stida mayda-mayda yoriqlar paydo bo„ladi,
ustidagi
g„ubori ketadi.
Bu esa meva -sabzavotlarni quritish davrini 3-4 baravar qisqartiradi hamda
mahsulot sifati ko‟rsatkichlari yaxshilanib, tayyor maxsulot chiqish miqdori ham yuqori
bo‟ladi.
Konvektiv quritish qurilmasi va infraqizil nurlar yordamida quritish orqali
maxsulotlarni saqlash muddatini oshiradi. Oxirgi vaqtlarda energiya manbai iqtisodidagi
muammolar va atrof muhit muhofazasining dolzarbligi
sababli energiyatejamkor
zamonaviy texnika texnologiyalardan foydalanishga etibor juda yuqori darajada talab va
extiyojlar ortib bormoqda.
Quyosh energiyasi mexanik, elektrik va issiqlik energiyasiga
aylantirilishi mumkin
bo„lib, ushbu energiya turlari kimyoviy va biologik jarayonlarda qo„llanilishi mumkin.
Quyosh energiyasida ishlovchi qurilmalar hozirgi kunda nafaqat binolarni isitish yoki
sovutishda, balki qishloq xo„jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash sohasida ham
keng foydalanilmoqda.