O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
MASHINASOZLIK FAKULTETI
“Yarimfabrikatlarni qayta ishlash texnologik qurilmalari”
fanidan
Kurs loyihasi hisoboti
Mavzu: «Muzlatilgan go‘sht bo‘laklarini kesish uchun lentali arra qurilmasinii loyihalash»
Guruh: 88-20 TMJ
Bajardi: Abatbayev S. ____________
Qabulqildi: Ergasheva Z.K. ____________
Kafedra mudiri: Samandarov D.I. __________
Toshkent 2024
MUNDARIJA:
KIRISH...........................................................................................................
|
|
1.
|
Tahliliy bo’lim……....................................................................
|
|
1.1.
|
Lentali arraning ishlash prinsipi.........................................................
|
|
1.2.
|
Jarayon tasnifi.....................................................................................
|
|
2.
|
Hisobiy bo’lim .........................
|
|
3.
|
Texnologik bo’lim...............................................................................
|
|
3.1. Muzlatib saqlash................................................................................
3.2. Muzlatilgan texnologiyasi.................................................................
4. Iqtisodiy qism.....................................................................................
5. Atrof-muhit muhofazasi........................................................................
6. Hayot faoliyati xavfsizligi....................................................................
XULOSA........................................................................................................
|
|
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR........................................................
|
|
Kirish
Mustaqillik yillarida Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samarasida ichki bozorni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘ldirish va aholining iste’mol mollariga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash borasida salmoqli yutuqlarga erishilmoqda. Buni go‘sht va sut mahsulotlari ishlab chiqarishda ham ko‘rish mumkin. E’tirof etish joizki davlatimiz rahbarining 2009 yil 26 yanvardagi «Oziqovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni to‘ldirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g’rsida»gi PQ-1047-sonli qarori mahsulotni qayta ishlash korxonalarini barpo etish, mavjudlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilishda dasturulamal bo‘lmoqda. Mazkur qarorning 8-bandiga binoan 2016 yilning 1 yanvariga qadar bo‘lgan davrda asosiy faoliyat turi bo‘yicha go‘sht va sutni qayta ishlashga ixtisoslashgan mikrofirmalar hamda kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovining stavkasini 50 foizga kamaytirildi(ya’ni 2.5 foiz qilib belgilandi). Buxoro shahridagi «Sulsherjahon» xususiy korxonasi go‘sht va sut mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Prezidentimizning yuqorida nomi qayd etilgan qarori bilan berilgan imtiyoz tufayli korxona ixtiyorida joriy yilning o‘tgan davrida yagona soliq to‘lovidan qariyib 100 million so‘mlik mablag‘lar qolmoqda. O‘z navbatida soliqdan ozod qilish natijasida ozod bo‘lgan mablag’lar hisobidan xususiy korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi 15 foizga oshgan. Yangi 3 turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi va bu yerda qo‘shimcha 5 ta ish o‘rini yaratildi. O’rni kelganda ta’kidlash joizki, Buxoro viloyatida go‘sht va sutni qayta ishlashga ixtisoslashgan faoliyat turini amalga oshiruvchi 19 ta tadbirkorlik subyektlari tomonidan joriy yilning o‘tgan 6 oyi mobaynida 85,3 mln so‘mlik imtiyozlardan foydalanilgan. Darhaqiqat yurtimizda go‘sht va sutni qayta ishlashga ixtisoslashgan korxonalar uchun bunday imtiyozning joriy etilishi nafaqat go‘sht va sutni qayta ishlashga ixtisoslashgan mikrofirmalar hamda kichik korxonalarning ixtiyorida qoladigan mablag’lar ulushining oshishiga, o‘z navbatida ushbu faoliyat turi bilan shug’ullanuvchi kichik biznes sohasi tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish hajimlarining oshishiga hamda ular tomonidan tayyorlanayotgan go‘sht va sut mahsulotlari turlarining ko‘payishida muhim omil bo‘lmoqda. Dunyo miqyosida so‘nggi yillarda amalga oshirilgan tadbirlar natijasida go‘sht va parrandani qayta ishlash, sut va sut mahsulotlari korxonalarining texnik jihozlanish darajasi, jumladan qo‘l mehnatining mexanizatsiyalanishi sezilarli darajada yaxshilandi. Mexanizatsiyalashgan teri shilish jarayonining salmog‘i keskin oshdi, qora molni elektr toki yordamida hushsizlantirish joriy etildi. Mol va parranda ichki qism a’zolarini qayta ishlash, go‘shtni turli qismlarga ajratish uchun konveyerlar, suyaklarni kesish uchun elektr arralar ishlab chiqildi va ishlab chiqarishga joriy etildi. Parranda so‘yish jarayonlari to‘liq konveyerlashtirilgan. Bunda asosan osma konveyer liniyalari qo‘llanilmoqda. Barcha submahsulotlarining 40%-ga yaqini mexanizatsiyalashgan liniyalarda qayta ishlanadi. Barcha turdagi hayvonlarni ichaklariga ishlov berish to‘liq mexanizatsiyalashgan. Ozuqaviy chorva mol yog‘ini ishlab chiqarish uchun AVJ, Titan, De-Laval liniyalari mavjud. Unda zamonaviy qozon va avtoklavlar, separatorlar ishlatiladi. Ayrim korxonalarda suyakdan yog‘ ajratib olishning sovuq usulidan foydalaniladi, ikkilamchi xom ashyodan yog‘ gidroliz usulida ajratib olinadi. Terini konservatsiyalash uchun uzluksiz ishlovchi qarama-qarshi aylanadigan shnekli barabanlar, terini qoldiq et go‘sht va yog‘dan tozalash mashinalari ishlatiladi. Texnik xomashyodan quritilgan mol ozuqasi ishlab chiqarish borasida katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Unda bloutank, tegirmon, quritgich, vakuum-gorizontal qozon kabi uskunalar miqdori ko‘payishi bilan birgalikda konstruktsiya yaratuvchi tashkilotlar faoliyati evziga kichik va o‘rta korxonalar uchun mo‘ljallangan mexanizatsiyalashgan liniyalar yaratilgan. Kolbasa va pazandalik mahsulotlari ishlab chiqarish sohasining texnik jihozlanishi keskin rivojlandi. Go‘shtni suyakdan ajratish va lahmlash jarayonlari mexanizatsiyalashgan va yangi konstruktsiyali go‘sht maydalash mashinalari, kutterlar, vakuum-aralashtirgichlar, uzluksiz ishlovchi shpritslarning turi va soni ko‘paydi. Kolbasa, sosiska, sardelka, chuchvara ishlab chiqarish uchun mexanizatsiyalashgan liniyalar ishlab chiqarishga joriy etildi. Go‘sht va parrandani, sutni qayta ishlash korxonalari uskunalari quyidagi talablarga javob berishi kerak: - yuqori unumdorlik va mahsulotga sifatli ishlov berish; - tayyor mahsulot chiqishining maksimal darajasini ta’minlash; - mahsulotga salbiy ta’sirini yo‘qotish; - uskunaning kompaktligi, yengilligi, mustahkamlik, mahsulot bilan kontaktlovchi qismlarga sanitar ishlov berishning qulaylashtiril-ganligi; - ishchi shaxs (personal) uchun xavfsizligi; - detallarni abadiyligi, ishonchliligi, bog‘lanish mustahkamligi, defitsit qismlarning yo‘qligi, nisbatan arzonligi, oddiy konstruktsiya va unda ishlashning osonligi. Bajaradigan ishiga qarab barcha texnolgik jihozlar quyidagi guruhlarga ajratiladi: texnologik-harakatlanuvchi; mexanik ishlov berish uchun, issiqlik bilan ishlov berish uchun va maxsus texnolgik ishlovni amalga oshirish uchun (moni so‘yish va qonsizlantirish, ichki a’zolarini ajratib olish, ichaklarga ishlov berish, go‘shtni suyakdan ajratish, va h.k.). Uskunadan foydalanishdan asosiy yakuniy maqsad – mahsulotga ishlov berish. Ishlov berish deganda xom ashyoning shakli, xususiyatlari, yoki holatini o‘zgarishiga aytiladi. Ishlov berish ishchi qurilma mexanizmlarida amalga oshiriladi. Ikkita detal (zveno) ning eng oddiy harakatli ulanmasi kinematik juftlikni tashkil etadi. Shunday juftliklar yig‘indisi esa kinematik zanjirni tashkil etadi. Demak, mexanizm – bu berilgan kuch ta’siri ostida kerakli harakatni bajaruvchi sun’iy kinematik zanjir demakdir. Hoxlagan mashinani mexanizm deyish mumkin, ammo xohlagan mexanizm mashina bo‘la olmaydi. Mavjud mashinalar konstruktsiyasini takomillashtirish va yangi konstruktsiyalar yaratish yo‘li bilan go‘shtni qayta ishlash korxonalarining jarayonlarini mexanizatsiyalash imkoniyati paydo bo‘ladi. Mexanizatsiyaыыы – ishlab chiqarish jarayonlaridagi ishchilarning qo‘l mehnatini qisman yoki to‘laligicha mashina, apparat va mexanizmlar bilan almashtirish orqali mehnat unumdorligini oshirishning usullaridan biridir. Bir yoki bir necha mashina, apparatlar yoki agregatlarni o‘rnatib, mexanizatsiya amalga oshiriladi. Apparat ma’lum operatsiyani bajaruvchi pribor yoki moslama, agregat esa turli qurilma va apparatlarning yig‘indisi bo‘lib mujassam holda samarali ishlash uchun mo‘ljallangan. Bir necha mashina va agregatlar harakatlantiruvchi qurilmalar orqali o‘zaro biriktirilib xom ashyo va mahsulotga texnologik rejimlarga aniq rioya qilgan holda biror texnologik ketma-ketlikda ishlov berilishi natijasida mexanizatsiyalashgan liniya oqimi vujudga keladi. Mexanizatsiyalashgan liniya bor (ajratilgan) ishlab chiqarish maydonida nafaqat mehnat unumdorligini oshiradi, balki tayyor mahsulot sifatini ham yaxshilaydi, uning tan narxini tushiradi, ishlab chiqarishda eng yaxshi (maqbul) texnologik oqim hosil qiladi, ishchi kuchi va uskunalar joylashuvini yaxshilashga imkon beradi. Shunga qaramay qisman yoki to‘la mexanizatsiyalashgan liniyada ham qo‘l mehnati ulushi bo‘ladi, inson texnologik jarayonda qatnashadi. Ushbu sabablarga ko‘ra ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, mexanizatsiyalashgan liniyalarda mahsulot ishlab chiqarishning oliy va so‘nggi bosqichini tashkil etadi. Avtomatlashtirish ishlab chiqarish jarayonlarida insonning bevosita ishtirokisiz, ammo uning nazorati ostida olib borish imkoniyatini beradi. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish texnikani uzoq rivojlanib borish natijasidir. Avtomatlar yoki avtomat mashinalar ish tsiklining barcha ishchi va yordamchi harakatlarini jumladan, bu harakatlar boshqaruvini ham mustaqil amalga oshiradi. Uskuna ishlab chiqarish zavodlari yoki loyihalash tashkilotlari o‘z mahsulotini markalaydi va qisqartirilgan ko‘rinishda uning pasporti va yorlig‘iga yozadi. Sobiq ittifoq mashinalarida go‘shtni qayta ishlash mashinalari markasining birinchi harfi “F” bo‘lgan. Qolgan harf va sonlar mashina nomi va eng asosiy ko‘rsatkichini ifoda etgan. Masalan, quyidagi mashinalar markasi ushbu ma’noni bildiradi: FUAM – qora mol terisini mexanik shilish universal agregati, Mmodernizatsiyalashtirilgan; FSN – uzluksiz ishlovchi, shoxli kichik mol terisini shilish qurilmasi; FSB – davriy ishlovchi, qo‘y terisini mexanik shilish qurilmasi; FEOS – elektr yordamida cho‘chqani hushsizlantirish apparati, FShG – gidravlik shpig (qalin yog‘ni) kesish mashinasi, FOK – ichakka ishlov berish uchun universal shlyamlash mashinasi. Qator mashinalar markasida harf belgilar yonida sonlar qatnashadi: AB-50-M - unumdorligi soatiga 50 bosh qora molni hushsizlantirish boksi; modernaziyalashtirilgan PP-150 - 150 kg quvvatli yassi cho‘michli yuk ko‘targich; LRN- 500 – 500 kg yuk ko‘tarish aylanadigan devorga o‘rnatishga moslangan lebyodka; PPG-1 gidroyuritmali ko‘tarish va tushirish maydonchasi; KSSh-1000 – uzluksiz ishlovchi, qora mol terisini shilish konveyer agregati; MP2-220 – reshyotka diametri 220 mm-li (volchok); NOGSh-325 – diametri 325 mm barabanli uzluksiz ishlovchi, cho‘kmaga tushiruvchi toifadagi gorizontal shnekli tsentrifuga; PK-2M – suyak kesuvchi arra; GSh- 65 – tsilindr hajmi 65 litrga teng gidravlik shprits.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, innovatsion o‘zgarishlar har qanday faoliyat sohasidagi korxonalar samaradorligini oshirish omili hisoblanadi. Ayniqsa, va oziq ovqat sanoati korxonalari uchun investitsion transformatsiyalarni taʼminlash muhim ahamiyatga ega. Oziq-ovqat sanoatini innovatsion rivojlanishga yo‘naltirish mamlakatimiz uchun dolzarb va ustuvor vazifadir. Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida oziq-ovqat sanoati faoliyatini rivojlantirish va uni boshqarish jarayonlari amaldagi qonun va qonun osti xujjatlari doirasida takomillashib bormoqda.
“Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligiga doir normalar va qoidalar davlat organlari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlanadi va ular oziq-ovqat mahsuloti muomalasi sohasida ish olib borayotgan yuridik hamda jismoniy shaxslar uchun majburiydir” etib belgilangan. Mamlakatimiz iqtisodiyotining hozirgi rivojlanish bosqichida eng muhim muammolaridan biri oziq-ovqat xavfsizligi va aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘laqonli ta’minlashdir.
Statistik maʼlumotlarga koʻra, mamlakatimizda yiliga oʻrtacha 16 million tonnadan ortiq meva-sabzavot, poliz va dukkakli mahsulotlar, 1,5 million tonnaga yaqin goʻsht, 10 million tonnaga yaqin sut ishlab chiqarilmoqda. Biroq ularni sanoat usulida qayta ishlash darajasi oʻrtacha 15-20 foizni tashkil qilmoqda.
Bu oʻz-oʻzidan respublikada agrologistika tizimi yaxshi rivojlanmaganligi va mazkur yoʻnalishda tizimli ishlarning amalga oshirilishi lozimligini tasdiqlaydi. Qolaversa, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va saralash xizmatlari talab darajasida emasligi yetishtirilgan hosilning kamida 30 foizga yaqinining isrof boʻlishiga olib kelmoqda. Baʼzan yetishtirilgan mahsulotlarni xalqaro standartlarga mos laboratoriya tekshiruvidan oʻtkazishda ham katta muammolar chiqib qolayotganligi odamni abgor holga soladi. Bir gap bilan aytadigan boʻlsak, respublikamiz oziq-ovqat sanoati sohasida muammolar yetarlicha.
Mazkur kamchiliklarga oʻrinli yechim topib, bartaraf etishga koʻmaklashish, yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojlarni qondirish, isteʼmol tovarlarining ommaviy tarzda ishlab chiqarilish samaradorligi va sohadagi mehnat unumdorligini oshirish maqsadida 2020-yil 29-oktyabr kuni Oʻzbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi tashkil etilgan.Oziq-ovqat sanoati mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan to‘ldirishning ob’ektiv zarurati oziq-ovqat sanoati korxonalarining samarali ishlashini nazarda tutadi, chunki oxir-oqibat nafaqat aholining turmush darajasi, balki umuman iqtisodiyotning rivojlanishiga ham bog‘liq. Shu bois, oziq ovqat sanoati korxonalarini yetuk bozor munosabatlari sharoitida va ichki oziq-ovqat bozorida raqobatning kuchayishi sharoitida, nafaqat an’anaviy resurslardan, balki, birinchi navbatda, texnologik va tashkiliy asosda foydalanishga asoslangan yangi boshqaruv tizimi zarur. Bu vazifa nazariy va amaliy xarakterdagi bir qator yangi muammolarni hal qilish uchun asos xisoblanadi.
Respublikada oziq-ovqat sanoati korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari ekologik tozaligi, sun’iy emasligi, narxini arzonligi hamda sifat jihatidan iste’mol didini o‘ziga tortishi bilan ajralib turadi. Ammo, respublika oziq-ovqat sanoati sohasida hal etilmagan muammolar mavjud.
Chunki, mazkur mahsulotlar respublika aholisiga oziq ovqat bozorlarida sotilishi bilan birga chet mamlakatlarga ham eksport qilinmoqda. Biroq, ekologik toza, jahon talablariga mos turdagi oziq-ovqat tovarlariga barcha xorijiy davlatlarda ehtiyoj juda katta. Bu esa, oziqovqat sanoatini yanada rivojlantirishni talab etadi. Ushbu soha xodimlarining vazifasi mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yishga erishishdan iboratdir
|