JIHOZ TANLASH
No:
|
Qurilmalar nomi
|
Soni
|
Turi
|
1
|
Tarozi
|
1
|
No st
|
2
3
|
Suyakdan ajratish, tozalash va navlarga ajratish stoli
Muzlatgich
|
2
1
|
No st
No st
|
4
5
|
Lentali arra
Tashish aravasi
|
1
4
|
HX-160 modeli
No st
|
6
7
|
Maydalagich
Kutter
|
1
1
|
No st
VK-125
|
8
|
Shprits
|
1
|
FSH2-LM
|
9
|
Etiltirish kamerasi
|
1
|
No st
|
10
|
Sovutgich
|
1
|
No st
|
TEXNIKAVIY JIXOZLAR STRUKTURASI VA SINFLANISHI
Har bir texnologik uskuna birligi qo‘yidagi qismlardan iborat: staninalar (korpuslar, ramalar va b.x.k.), mahsulot soladigan (bo‘shatiladigan) moslama yoki qism, ximoya (blokirovka), uzatish va ish mexanizmlar, ishchi bajaruvchi organ va nazorat – o‘lchov asboblari. Uskuna texnik tasnifini belgilovchi asosiy qismlar uzatish qismi, ish mexanizm va ishchi organlarining o‘zaro (bog‘liqlikdagi) faoliyatidir. Stanina uskunaning barcha qismlarini mahkamlash uchun, shu jumladan qushimcha moslamalarni (transportirovka qiluvchi, ko‘taruvchi va x.k.) mo‘ljallangan. Ba’zi bir uskuna turlarida (separatorlar va boshqalar) stanina asosiy vazifadan tashqari ishchi mexanizmni moylash uchun mo‘ljallangan moy turadigan moslama (karter) vazifasini ham o‘taydi. Yuklash va bo‘shatish moslamasi mahsulotni uskunaga davriy yoki uzluksiz ravishda solib turish, hamda texnologik jarayon talabidan kelib chiqib uni xajm yoki massasiga qarab dozirovka qilish imkonini beradi. Himoya moslamasi (blokirovka) uskunaning ba’zi qismlarini noto‘g‘ri yoki bevaqt ishga tushib ketishi oldini olish yoki ularning avariya vaqtida buzilishidan saqlab qolish uchun xizmat qiladi. Uzatish (privod) xarakatni ishchi mexanizm yoki ishchi organlar orqali uzatish uchun kerak. Uzatuvchi sifatida elektr, gidravlik va pnevmatik mexanizmlar qo‘llaniladi. Elektr uzatmalar eng keng tarqalgan mexanizmlardir. Uning asosiy qismi elektrodvigatel. Elektr tokiga qarab elektrodivigatellar uch guruhga bo‘linadi: O‘zgarmas tok o‘zgarmas yoki boshqariladigan, kuchlanishli. Ularda val aylanish chastotasini keng miqiyosida silliq (plvnoe) o‘zgartirish imkoni bor;Uch fazali o‘zgaruvchan tok (tryox faznыe peremennogo toka) – nisbatan kam qo‘llaniladigan sinxron va keng qo‘llaniladigan asinxron. Sinxron elektrodvigatellar valning doimiy chastotasi bilan (perechuliruemoy) nagruzkadan bog‘liq bo‘lmagan holda ishlaydi. Asinxronlarga qaraganda ular ancha yuqori foydali ish koeffitsientiga ega, yuqori yuklanishlarga chidamli. Asinxron elektorodvigatellar texnologik uskunalarni xarakatga keltirish uchun foydalaniladi, ular konstruktiv va xazmat ko‘rsatish bo‘yicha sodda, ularni setga bevosita, (preobrazovatellarsiz) tok o‘zgartirgichlarsiz ulash mumkin;
Kam quvvatli bir fazali asinxron. Ularni (aksariyat) ko‘pincha, yordamchi qurilmalarda qo‘llaniladi. Uch fazali asinxron elektrodvigatellar bir va ko‘p tezlikka ega bo‘lishi mumkin (tezlik soni – maksimal to‘rtta). Katta tezlikka ega elektrodvigatellarning qulayligi shundan iboratki, ular o‘zgaruvchan tezlik (stupenchato) bilan ishlashi mumkin.
Uch fazali asinxron elektrodvigatellar yopiq (suyuqlik tomchilari va changdan) holda yopiq va (shamollatish) yellatiladigan (obduvasmom) holda, yopiq va yellatiladigan yuqori ishga tushirish momentiga ega holda, yuqori sirpalishli (skoliseniem) yopiq va boshqa holda ishlab chiqariladi.
Tayanchga (opora) maxkamlash kontstruktsiyasi bo‘yicha elektrodvigatellar flanetsli, chiqish qismi pastda joylashgan vertikal, siljiydigan (sirpaladigan) plitali va (vstraivaemыe) o‘rnatiladiganga ajratadilar. Elektr xarakatga keltiruvchi sifatida tizim elektrodvigatellari (lineynыe elektrodvigatellari) va solenoidlar (elektro magnitы) ham xizmat qilishlari mumkin.
Gidravlik xarakatga keltiruvchi ishchi suyuqlikni gidrosistemaga va undagi bosim va sarf me’yorini ta’minlab turuvchi nasosdan uzatuvchi (mineral va kastor yog‘i, glitserin, suv va boshqalar) (xarakatni ishchi mexanizmga uzatuvchi) gidrodvigateldan, nasos va gidrodvigatelni bog‘lovchi quvurlardan, ishchi suyuqliklarni saqlovchi idishlardan; ishchi suyuqliklarni tozalash (filtr) va sovutish qurilmalaridan tashkil topgan. Ishchi suyuqlikni uzatish uchun (lopastli) shestrernyali, porshenli va boshqa turdagi nasoslar qo‘llaniladi. Gidrodvigatellar rotatsion, buriladigan (povorotnыe) (servomotorы) va porshenli (gidrotsilindrlar) bo‘ladilar.
Birinchilari ish mexanizmini aylanma, ikkinchilari–burilish va uchinchilari–oldiga va orqaga (vozvratno-postupatelnoe) xarakatga keltiradilar.
Pnevmatik xarakatga keltirishda ishchi vosita sifatida qisilgan havodan foydalaniladi. Uzatgich tarkibiga sistemaga havo puflaydigan kompressor, havo zahirasini hosil qilish uchun resiver (germetik idish); filtr; quvurlar; pnevmodvigatellar; nazorat va avtomatika asboblari kiradi.
Pnevmodvigatellar rotatsion, porshenli, membranali va boshqa turli bo‘ladi. Porshenli keng tarqalgan.
Ishchi(uzatish) mexanizmi. (Ispolnitelnыy (peredatochnыy) Harakatni xarakatlantiruvchidan texnologik uskunaning ishchi organlariga uzatish uchun hizmat qiladi. Bu mexanizm privod bilan bog‘langan yetaklovchi zvenodan va ishchi organlar bilan bog’langan ergashuvchi zvenodan iborat. Ishchi mexanizm faoliyatini bog’laydigan asosiy ko‘rsatkich – uzatish (soni) nisbati.
U quyidagilar nisbati bilan ifodalanadi; tishli uzatkichlarda yetaklovchi va ergashuvchi tishlar sonining yetaklovchi va ergashuvchi shesternyalar diametriga; tishli va remenli uzatkichlarda ergashuvchi shesternya(shkiv) aylanish chastotasining yetaklovchi shesternya (shkiv) aylanish chastotasiga. Uzatish mexanizmi ishchi organlar ishlash sharoiti bilan baholanadi.
Quyidagi uzatish mexanizmlari mavjud:
Uzluksiz ishlaydigan – ish organlari ishlov berilayotgan mahsulot bilan mexanizmlarning butun tsikli davrida doimiy kontaktda bo‘ladilar;
Davriy ishlaydigan – ish organlari ishlov berilayotgan mahsulot bilan uzatish mexanizmi harakatining bir qismi davomida kontaktda bo‘ladilar, qolgan vaqtda ishsiz holatda bo‘ladilar.
Uzatish mexanizmlari qattiq va yumshoq bo‘lishi mumkin. Tishli, chervyakli, richagli, krivoship-shatunli, sharnirli, krest ko‘rinishli, prujinali, planetar, fraktsion va differentsial turdagilar qattiq uzatish mexanizmlariga kiradi.
Yumshoq uzatish mexanizmlari – remenli, zanjirli, tasmali va x.k.lar kichik uzatish nisbatida, hamda qattiq mexanizmlar bilan birga ishlatiladi. Ishchi organlar ishlov berilayotgan mahsulotga bevosita energetik (mexanik, issiqlik) ta’sir ko‘rsatish yoki ishlov berilayotgan mahsulotning ishchi vosita yoki energetik maydon bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladigan sharoit yaratish uchun hizmat qiladi. Bu organlar mahsulot hossalari, ularga beriladigan ishlov usuli, rejimi va yo‘nalishidan kelib chiqqan holda har-xil konstruktsiyada bo‘ladilar.
Ishchi organlar konstruktsiyasi bo‘yicha shnek va vintli, barabanli, valtsovыe, membranali va shlangli, tasmali, to‘rli, fraktsion, tsilindr-porshen juftligida, soplali, forsunkali va diskli bo‘lishi mumkin. Ko‘rsatadiga n ta’sir bo‘yicha ishchi organlarni tozalaydigan, maydalaydigan, aralashtiradigan va issiqlik beruvchi, uzatadigan bo‘lishi mumkin.
Tasnif
Go‘sht sanoati korxonalari texnologik uskunalari tuzilishi, ishlash printsipi, bajaradigan texnologik operatsiyalari va ularni amalga oshirish usullariga qarab ajratiladi. Uskunalar o‘zlariga tegishli bo‘lgan umumiy hususiyatlariga qarab u yoki bu guruhga birlashtirilib tavsiflanishi mumkin: ish tsikli xarakteri bilan, ishlab chiqarish tizimiga mosligi bilan, mexanizmlanish va avtomatlashtirish darajasi bilan, funktsional vazifasi bilan va boshqalar. Ish tsikli xarakteriga qarab uskunalar davriy va uzluksiz bo‘ladi. Davriy ishlaydigan uskunada mahsulotga ma’lum vaqt davomida ishlov beriladi, so‘ng bo‘shatiladi. Uzluksiz ishlaydigan uskunada mahsulotni yuklash(ortish), ishlov berish va bo‘shatish bir vaqtda amalga oshiriladi. Uskunaning mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish darajasi u bajaradigan asosiy va yordamchi operatsiyalarning nisbati bilan belgilanadi. Bu nisbatdan yelib chiqqan holda uskunalar avtomatlashtirilmagan, yarim avtomatlashtirilgan va avtomatlashtirilgan turlarga bo‘linadi. Avtomatlashtirilmagan uskunalarda yordamchi va asosiy operatsiyalarning bir qismi qo‘l mehnati yordamida bajariladi. Yarimavtomat uskunalarda asosiy operatsiyalarni uskuna, yordamchilarni esa odamlar bajaradi.tomatlarda hamma operatsiyalar uskunada bajariladi.
|