• Sangvinik temperament (hushchaqchaq, sozamol)
  • 2-rasm. Sangvinik tip. Melanxolik temperament (g`amgin, tasirchan)
  • 5-topshiriq. Topshiriqlar: Temperament va uning turlari.




    Download 0,75 Mb.
    bet2/7
    Sana15.05.2024
    Hajmi0,75 Mb.
    #235605
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Psixologiya amaliy-5

    1-rasm. Xolerik tip

    Bu tip vakillari sabr-toqat kerak bo'ladigan rollarda o'zlarini tutib turishlari qiyin bo'ladi. Ular juda faol hayot kechirishga intilishadi, harakatlari va so'zlarida keskinlik, ba'zida esa qo'pollikni ham ko'rish mumkin. Ularning harakatlari fikrlaridan oldin yuradi. Shuning uchun ham ular bir ishni qilib qo'yib, keyin mulohaza yuritadilar. Ular gohida hushchaqchaq va dilkash suhbatdosh, gohida esa serjahl va asabiy holda bo'ladilar. Ana shunday paytda ularni umuman gap tushuntirib bo'lmaydigan darajadagi qiyofada ko'rish mumkin.


    Sangvinik temperament (hushchaqchaq, so'zamol) - hissiyotning tez, kuchli qo'zg`aluvchanligi, lekin beqaror bo'lishi bilan farqlanadi. Sangvinik temperamentli insonlarning kayfiyati tez-tez o'zgarib, bir kayfiyat o'ziga teskari bo'lgan ikkinchi bir kayfiyat bilan tez almashib turishi mumkin. Sangviniklardagi jarayonlar xoleriklardagi singari tez bo'ladi. Bu hil temperamentli insonlar ildam, chaqqon, serharakat va jo'shqin bo'ladi. Ular ko'p ishga tez va g`ayrat bilan kirishadigan, lekin ishdan tez soviydigan bo'lishadi. Bir zayldagi ishlarni uzoq, davomli suratda bajarishga moyil bo'lmaydilar. Bir turdagi faoliyatdan ikkinchi turdagi faoliyatga osonlik bilan o'tadi. Tanish va do'stlari ko'p, begona insonlar davrasida o'zini erkin tutadi.
    SANGVINIK - Sezgilari psixik faollikka ega bo'lgan, atrofda bo'layotgan vazifalarga tez munosabatini bildiruvchi, taassurotlarni hadeb o'zgartirishga intiluvchi, ko'ngilsizliklarni engil o'tkazib yuboruvchi, jonli, harakatchan, ifodali mimikasi va harakatlari bo'lgan insonlarga sangvinik deyiladi.


    2-rasm. Sangvinik tip.



    Melanxolik temperament (g`amgin, ta'sirchan)- hissiyotning sekin, lekin kuchli qo'zg`aluvchanligi va barqaror bo'lishi bilan farqlanadi. Melanxoliklar barqaror, davomli kayfiyatga moyil bo'lib, bu tur odamlar sustkash bo'ladilar. Bu temperament egalari ishga birdan kirishmasligi mumkin, lekin kirishganda ham boshlagan ishini ohiriga etkazadi. Ular bir narsadan hafa bo'lsalar bu hafalik uzoq vaqt davom etadi, barqaror bo'ladi. Melanxolik tipidagi insonlarning asab jarayonlari kuchsiz bo'lib, tormozlanish jarayoni qo'zg`alish jarayonlaridan ustun turadi. Tez hayajonlanadigan, ta'sirchan, yoqimli yoki yoqimsiz hislarni chuqur qabul qiladigan va muloqot davomida sekin gapiradigan insonlardir. Ularning asab tizimlari zaif, har narsaga e'tiborli va ehtiyotkor bo'lishadi.

    Download 0,75 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 0,75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5-topshiriq. Topshiriqlar: Temperament va uning turlari.

    Download 0,75 Mb.