• 1. Temperament va uning turlari. (temperamentni o‘rganish metodlari) 2. Rahbarning muhim shaxsiy - kasbiy sifatlarini o‘rganish metodlari
  • Temperament va uning turlari. (temperamentni o‘rganish metodlari)
  • Temperament tiplarining nomlari ham ana shu suyuqlik nomlari bilan bog`liq. Masalan, xolerik grekcha “hole”
  • “Asab tizimining tiplari”
  • Xolerik temperament (harakatchan, serjahl va chaqqon)
  • XOL Е RIK
  • 5-topshiriq. Topshiriqlar: Temperament va uning turlari.




    Download 0,75 Mb.
    bet1/7
    Sana15.05.2024
    Hajmi0,75 Mb.
    #235605
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Psixologiya amaliy-5


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI


    5 - AMALIY MASHG’ULOT

    Bajardi:Mamasoliyev Nodirbek
    Tekshirdi:Delov To’lqin
    TOSHKENT 2024
    5-TOPSHIRIQ.


    Topshiriqlar:
    1. Temperament va uning turlari. (temperamentni o‘rganish metodlari)
    2. Rahbarning muhim shaxsiy - kasbiy sifatlarini o‘rganish metodlari
    3. Oratorlik madaniyati konikmalarini shakllantirish (Aqliy hujum,
    Maslahat usullari asosida)


    Temperament va uning turlari. (temperamentni o‘rganish metodlari)

    Psixologiya fani tarixida temperament haqidagi ta'limotni birinchi bo'lib qadimgi grek olimi Gippokrat (460-356-y) yaratdi. Gippokrat temperamentning mohiyati va temperament tiplarining nomlarini asoslashga harakat qilib, o'tkazgan tadqiqotlari asosida temperamentga xos xususiyatlarni tizimga solib, quyidagi turlarga ajratgan: xolerik, melanxolik, flegmatik, sangvinik. Ularning har biriga xos bo'lgan xususiyatlarni alohida-alohida tavsiflab bergan. Gretsiya faylasuflari to'rt element - havo, suv, olov va tuproq elementlariga muvofiq keladigan sifatlar: issiqlik, sovuqlik, quruqlik va namlik sifatlari to'g`risidagi gipotezalarga asoslangan holda, ular inson a'zosida bu elementlarga to'g`ri keladigan to'rtta asosiy suyuqlik bor, deb hisoblaydilar.


    Temperament tiplarining nomlari ham ana shu suyuqlik nomlari bilan bog`liq.
    Masalan, xolerik grekcha “hole” so'zidan olingan bo'lib - o't, sangvinik grekcha “sandus” so'zidan olingan bo'lib - qon, melanxolik grekcha “melanhole” so'zidan olingan bo'lib - qora o't, flegmatik grekcha “plegma” so'zidan olingan bo'lib - shilimshiq modda, degan ma'nolarni bildiradi. Gippokrat ta'limotiga ko'ra, har qaysi odamda yuqoridagi to'rt xil suyuqlikdan biri ko'proq bo'lib, inson a'zosida ustun turadi.
    Rus olimi I.P.Pavlov o'zining “Asab tizimining tiplari” nomli ta'limotini kashf etdi. Akademik I.P.Pavlov asab tizimining kuchli, muvozanatsiz - xolerik, kuchli, muvozanatli, epchil - sangvinik, kuchsiz, ta'sirchan - melanxolik, kuchli, muvozanatli, sust - flegmatik kabi to'rtta umumiy tiplarini aniqladi. Akademik I.P.Pavlov juda ko'p tajribalar natijasida asab tizimining kuchi hujayralardagi fiziologik moddalarning qolgan miqdori belgilanishi bilan isbotlaydi. Asab tizimining kuchi, qo'zg`alish, tormozlanish jarayoniga ham taalluqli bo'lib, kuchli qo'zg`ovchilarga bardosh bera olish qobiliyatida namoyon bo'ladi. Asab tizimining genotipik omillari ko'proq ishtirok etgan holda organizmda paydo bo'ladigan alohida ruhiy xususiyatlarning nimalarga bog`liqligini ifodalab beradi. Bu asoslar I.P.Pavlov tomonidan ochib berilgan va keyinchalik ko'pgina psixofiziologlar tomonidan puxta tadqiq qilingan. Asab jarayonlarining kuchi, ularning vazminlik holati, harakatchanligi, shuningdek, faolligi ana shunday xususiyatlardandir. Odam asab tizimi qanchalik kuchga bardosh berishi mumkinligi qo'zg`alish va tormozlanish jarayonlarining kuchiga bog`liq bo'ladi. Demak, temperament - inson shaxsining alohida xususiyati bo'lib, shaxsning emocional qo'zg`aluvchanligi, psixik faoliyat tezligi, his-tuyg`ularning ifodalanishi, muloqotga kirishuvchanlikni ifadolovchi, nisbatan barqaror tug`ma xususiyat hisoblanadi. har bir insonda temperamentning o'z tipi, uning asosida yotgan asab tizimi xususiyatlari juda barqaror bo'ladi.
    Insonning temperamenti haqidagi tasavvur odatda shu shaxs uchun hos bo'lgan ayrim psixologik xususiyatlar asosida vujudga keladi. Oliy asab faoliyatining temperament turlari xususiyati haqida quyidagicha ta'riflar beriladi.
    Xolerik temperament (harakatchan, serjahl va chaqqon) - hissiyotning tez va kuchli qo'zg`aluvchanligi, barqaror bo'lishi bilan ajralib turadi. Xolerik temperamentli insonlarning hissiyotlari ularning imo-ishoralarida, (mimikalarida), harakat va so'zlashuvlarida yaqqol ko'rinib turadi.
    XOLЕRIK - Juda g`ayratli, ishga ehtiros bilan berilish qobiliyatiga ega bo'lgan, tez va shiddatli, qizg`in emotsional “portlash” va kayfiyatning keskin o'zgarishlariga moyil, ildam harakatlar qiladigan inson xoleriklar deb ataladi.



    Download 0,75 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 0,75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5-topshiriq. Topshiriqlar: Temperament va uning turlari.

    Download 0,75 Mb.