|
6- laboratoriya ishi elektr zanjirlarni superpozitsiya usulida tadqiq etish Ishning maqsadi
|
bet | 1/2 | Sana | 04.02.2024 | Hajmi | 10,15 Kb. | | #151379 |
Bog'liq 6- laboratoriya ishi elektr zanjirlarni superpozitsiya usulida t-fayllar.org
6- laboratoriya ishi elektr zanjirlarni superpozitsiya usulida tadqiq etish Ishning maqsadi
6- LABORATORIYA ISHI
Elektr zanjirlarni superpozitsiya usulida tadqiq etish
Ishning maqsadi : ustma-ust qo‘yish (superpozitsiya) usuli bilan elektr zanjirlarni tadqiq qilish va hisoblash amaliy ko‘nikmalarini hosil qilish
6.1. Qisqacha nazariy ma’lumot
Ustma-ustqo‘yishusulibir necha ta’minot manbalariga ega bo‘lgan murakkab elektr zanjirlarni hisoblash uchun qo‘llanadi. U ustma-ustqo‘yish (superpozitsiya) prinsipiga asoslangan: murakkab zanjirdagi qandaydir tarmoqdagi tok har bir manba alohida bu tarmoqda keltirib chiqaradigan toklarning algebraik yig‘indisiga teng bo‘ladii. Toklarni ustma-ustqo‘yish usuli bilan aniqlash uchun quyidagilar kerak:
a) tadqiq qilinadigan elektr zanjirda bittasidan tashqari, ichki qarshiliklarini qoldirish bilan barcha ta’minot manbalarini o‘chirish (ideal EYuK manbalarini qisqa tutashtirish, ideal tok manbalarini uzish) va bu ta’minot manbai ta’siridan barcha toklarni aniqlash (bitta ta’minot manbaili sxema hisoblash sxemasi, ulardagi tokolar esa xususiy toklar deyiladi);
b) har bir EYuK manbaining ta’siridan xususiy toklarni alohida-alohida aniqlash;
v) barcha ta’minot manbalaridan hosil qilinadigan xususiy toklar algebraik yig‘indisi sifatida tadqiq qilinadigan sxemaning har bir tarmog‘idagi natijaviy tokni topish.
Masalan, hisoblash sxemalaridagi xususiy toklarni bilish bilan (8.1v,s- rasmlar) tadqiq qilinadigan sxemadagi (8.1a- rasm) I1, I2,I3 toklarni quyidagi formulalar bo‘yicha aniqlaymiz
bo‘lganda
bo‘lganda
a) b) s)
a) - tadqiqqilinadigan sxema b), s) – hisoblanadigan sxemalar
6.1- rasm. Tadqiq qilinadigan va hisoblanadigan sxemalar
Quvvatlar muvozanati tenglamasi
Elektrotexnikada manba quvvati va iste’molchi quvvati tushunchalari mavjud. Manba quvvati bu undan manbadagi noelektr energiya elektr energiyasiga o‘zgartiriladigan tezlik hisoblanadi:
Rmanba= Amanba/ t = Ye I t / t = E I
Qabullagich quvvati bu undan qabullagichga elektr energiyasi noelektr energiyaga o‘zgartiriladigan tezlik hisoblanadi:
Riste = A / t = UIt / t =UI = I2R
Istalgan elektr zanjirda energetik muvozanat bajarilishi kerak, barcha manbalar quvvatlarining algebraik yig‘indisi barcha energiya qabullagichlari quvvatlarining arifmetik yig‘indisiga teng bo‘lishi kerak:
∑ EI =∑I2R
Bu tenglik elektr zanjirdagi quvvat muvozanati deyiladi. Agar EYuK manbaining yo‘nalishi tokning yo‘nalishi bilan mos tushsa, u holda u generator rejimida ishlaydi, ya’ni zanjirga elektr energiyasini beradi. Uning EYuKi musbat ishoraga ega bo‘ladi.Agar EYuK manbaining yo‘nalishi tokning yo‘nalishiga qarama-qarshi bo‘lsa, , u holda u iste’molchi rejimida ishlaydi, ya’ni elektr energiyasini iste’mol qiladi. Uning EYuKi manfiy ishoraga ega bo‘ladi. quvvat muvozanati tenglamasida EYuK manbaining ishorasini hisobga olish kerak bo‘ladi.
|
| |