|
Turkmaniston kimyo sanoati mineral o‘g‘itlar, mirabilit (glauber tuzi), oltingugurt, yod va boshqa mahsulotlarni katta hajmda ishlab chiqaradi
|
bet | 3/4 | Sana | 11.02.2024 | Hajmi | 11,96 Mb. | | #154710 |
Bog'liq 36-§. Turkmaniston RespublikasiTurkmaniston kimyo sanoati mineral o‘g‘itlar, mirabilit (glauber tuzi), oltingugurt, yod va boshqa mahsulotlarni katta hajmda ishlab chiqaradi. Shuningdek, Turkmanistonda to‘qimachilik, tikuvchilik, gilamdo‘zlik sanoati ham ancha yaxshi rivojlangan bo‘lib, mamlakatning xalqaro ixtisoslashuviga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadi.
Qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlari donchilik, paxtachilik (xususan, qimmatbaho ingichka tolali navlar yetishtiriladi), uzumchilik,
qorako‘lchilik, yilqichilik, tuyachilik hisoblanadi.
Turkmanistonda boqiladigan Axalteki zotli otlari butun dunyoga mashhur bo‘lib, turkmanlarning ramzi va faxridir (84-rasm). Hatto respublika gerbida ham axalteki oti tasvirlangan. Turkmanistonda turizmni rivojlantirishga ham katta e’tibor berilmoqda. Jumladan, so‘nggi yillarda Kaspiy dengizi sohilida “Avaza” yirik turistik zonasi barpo etildi (85-rasm). - “Blits so‘rov” usuli
Quyidagi savollarga tezkor javob bering. - 1. Turkmaniston janubi-sharqda qaysi davlat bilan chegaradosh?
- 2. Turkmaniston poytaxti qaysi tog‘ tizmasi etagida joylashgan?
- 3. Turkmaniston hududining 80% idan ortig‘i qaysi cho‘lga to‘g‘ri keladi?
- 4. Dunyodagi eng uzun sug‘orish kanalining nomi nima?
Yangi mavzuni mustahkamlash
- 5. Turkmaniston aholi soni bo‘yicha Markaziy Osiyoda nechanchi o‘rinni egallaydi?
- 6. Turkmanistonda migratsiya balansi qancha?
- 7. Turkmaniston tabiiy gazni qazish va eksport qilish bo‘yicha jahonning nechta yetakchi mamlakati qatoriga kiradi?
- 8. Turkmanistonda Kaspiy dengizi sohilida barpo etilgan yirik turistik zona nima deb ataladi?
Yangi mavzuni mustahkamlash
© Foydalanilgan adabiyotlar: - V. N. Fedorko, N. I. Safarova, J. A. Ismatov, E. Y. Nazaraliyeva – Geografiya (Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi), umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10- sinf o‘quvchilari uchun darslik, Respublika ta’lim markazi, 2022 @edurtm_uz
- A. AbduQayyumov, I. Safarov, M. Tillaboyeva, V. Fedorko – Geografiya (Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi), umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9- sinf o‘quvchilari uchun darslik, Toshkent – “O‘zbekiston” – 2019
- J. A. Ismatov, M. M. Hojiyeva, F. M. Rahimov, N. I. Safarova, A. M. Tashkentov – Geografiya: 10-sinf o‘qituvchilari uchun metodik qo‘llanma — Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2022 @edurtm_uz
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Turkmaniston kimyo sanoati mineral o‘g‘itlar, mirabilit (glauber tuzi), oltingugurt, yod va boshqa mahsulotlarni katta hajmda ishlab chiqaradi
|