|
Turkmanistonning eng muhim mineral boyliklari tabiiy gaz, neft va turli kimyoviy tuzlardan iborat
|
bet | 2/4 | Sana | 11.02.2024 | Hajmi | 11,96 Mb. | | #154710 |
Bog'liq 36-§. Turkmaniston RespublikasiTurkmanistonning eng muhim mineral boyliklari tabiiy gaz, neft va turli kimyoviy tuzlardan iborat. Turkmaniston tabiiy gaz zaxiralari bo‘yicha jahon mamlakatlari orasida 4-o‘rinda turadi. Cho‘lli tekisliklar katta maydon egallagani uchun Turkmaniston suv resurslariga boy emas. Respublikadagi eng yirik suv manbai Amudaryo hisoblanadi. Amudaryodan to‘yinadigan Qoraqum kanali (Qoraqumdaryo) dunyodagi eng yirik sug‘orish kanalidir.
Amudaryo
Qoraqum kanali
Aholisi.
Turkmaniston aholi soni jihatidan Markaziy Osiyoda oxirgi o‘rinni egallaydi.
Mamlakatda aholi tabiiy ko‘payishi yillik hisobda
1,6% ga teng.
Markaziy Osiyo davlatlaridan faqat Qozog‘istonda bu ko‘rsatkich biroz pastroq darajada kuzatilmoqda. Migratsiya balansi salbiy bo‘lib,–0,1% ga teng.
Aholisi.
Turkmaniston aholisining 52% i shahar joylarida istiqomat qiladi. Ashxobod shahri aholisi 1 mln kishidan ortiq.
Poytaxtdan tashqari, Turkmanobod, Dashog‘uz, Mari, Turkmanboshi shaharlari respublikaning eng katta shaharlari hisoblanadi.
Turkmanobod
Dashog‘uz
Turkmanboshi
Mari
Dashog‘uzdagi o‘zbeklar
Aholining milliy tarkibida turkmanlarning ulushi 85% dan yuqori (83-rasm), aholining 10% ga yaqin qismini o‘zbeklar tashkil qiladi. O‘zbeklar asosan mamla-katimiz bilan chegaradosh bo‘lgan Dashog‘uz va Lebap viloyatlarida yashaydi.
O‘zbeklar
Iqtisodiyoti.
Turkmaniston iqtisodiyotining asosini yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati tashkil etadi.
Pul birligi - Manat
Turkmaniston- Afg‘oniston - Pokiston - Hindiston gaz quvuri
Turkmaniston tabiiy gazni qazish va eksport qilish bo‘yicha jahonning yetakchi 10 ta mamlakati qatoriga kiradi. Gaz sanoati davlat byudjeti uchun eng katta daromad manbaidir. Neft va neftni qayta ishlash sanoati ham Turkmanistonda yaxshi rivojlangan.
Yoqilg‘I resurslari bilan yaxshi ta’minlangani va suv resurslarining taqchilligi tufayli respublikada elektr energiyasi faqat IESlarda ishlab chiqariladi.
|
| |