|
6-amaliy mashg’ulot: Armaturaning asosiy mustahkamlik xususiyatlarini aniqlash Reja
|
bet | 3/6 | Sana | 18.11.2023 | Hajmi | 302,5 Kb. | | #100839 |
Bog'liq 6-amaliy mash6.3.Armatura klassifikatsiyasi
Sterjen armatura o’zining mexanik xossalariga bog’liq holda oltita klassga bo’linadi: A-1, A-II, A-III, A-IV, A-V, A-VI. Sterjen armaturaning 4 ta klassiga termik ishlov berish mumkin. Bunda o’zgarish belgisiga "t" indeksi qo’yiladi. At-III, At-IV, At-V, At-VI.
Payvandlanishi mumkin bo’lgan armaturalar belgisiga "С" xarfi, yuqori korroziyaga chidamli armaturalar belgisiga "К" harfi kuyiladi. A-III klassdagi sterjen armaturaning sovuq holda tortsak uning belgisi oldida "в" indeksi paydo bo’ladi. A-IIIв armaturaning har bir klassiga bir xil mexanik xarakteristikaga ega bo’lgan, lekin turli kimyoviy tarkibga ega bo’lgan armatura markasi mos keladi.
Barcha sinfdagi armatura (A-I sinfidan tashqari) davriy profilga ega. Armaturaning tashqi ko’rinishiga qarab, A-I tekis silliq yuzaga ega. A-II armatura «vint» ko’rinishiga, A-III, A-IV, A-V, A-VI sinfli armaturalar esa «archa» ko’rinishiga ega. Armatura sinflarini tashqi ko’rinishidan ajratib olish uchun ularning yon tomoni bo’yab qo’yiladi: A-V-qizilga, At-V -ko’kka, At-VI yashil rangga.
Markalarni belgilashda, uglerod va ligerlovchi qo’shimchalar miqdori ko’rsatiladi. Masalan 25Г2С markada birinchi son uglerodni % hisobidagi miqdori (0,25%), "Г" harfi marganetsni, 2 soni esa marganetsning miqdori 2% ekanligini, "С" xarfi esa kremniy borligini ko’rsatadi.
Bundan tashqari Х-xromni, Т-titanni, Ц-tsirkoniyni belgisidir.
A-I, A-II, A-III klassdagi armaturalarning oqish chegarasi y=230...400 MPa, A-IV, A-V, A-VI va termik ishlov berilgan armaturalarning shartli oqish chegarasi -0,2=600...1000 MPa ga teng. Uzilgandan keyingi nisbiy uzayish armatura klasslariga bog’liq. A-II, A-III klassdagi armaturalarning nisbiy uzayishi yuqori (=14...19%) A-IV, A-V, A-VI va termik ishlov berilgan armaturalar uzayishi kam (=6...8%) dir.
6.1-jadval
Yevrostandart bo’yicha armatura sinfi va uning ko’rsatkichlari
|
| |