|
6-Amaliy mashg‟ulot Mavzu: Gamilton marshrutiga
|
Sana | 27.08.2024 | Hajmi | 108,03 Kb. | | #269934 |
Bog'liq 6-amaliy
6-Amaliy mashg‟ulot
Mavzu: Gamilton marshrutiga asoslangan shifrlash va IPSec shifrlash protokolini sozlash.
Kirish: Gamilton marshrutlariga asoslangan usulda ham o‘rin almashtirishlardan foydalaniladi. Ushbu usul quyidagi qadamlarni bajarish orqali amalga oshiriladi.
Ishdan maqsad: Mazkur amaliy ishni bajarish jarayonida talabalar Gamilton marshrutiga asoslangan shifrlash usuli bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
Kerakli jixozlar: Kompyuter, dasturlar ixtiyoriy, printer, daftar, A4 formatdagi oq qog‘oz.
Qisqacha nazariy ma‟lumot:
qadam. Dastlabki axborot bloklarga ajratiladi. Agar shifrlanuvchi axborot uzunligi blok uzunligiga karrali bo‘lmasa, oxirgi blokdagi bo‘sh o‘rinlarga maxsus xizmatchi simvollar-to‘ldiruvchilar joylashtiriladi (masalan,
*).
qadam. Blok simvollari yordamida jadval to‘ldiriladi va bu jadvalda simvolning tartib raqami uchun ma‘lum joy ajratiladi. (14.1 - rasm)
qadam. Jadvaldagi simvollarni o‘qish marshrutlarning biri bo‘yicha amalga oshiriladi. Marshrutlar sonining oshishi shifr kriptoturg‘unligini oshiradi. Marshrutlar ketma-ket tanlanadi yoki ularning navbatlanishi kalit yordamida beriladi.
qadam. Simvollarning shifrlangan ketma-ketligi belgilangan L uzunlikdagi bloklarga ajratiladi. L kattalik 1-qadamda dastlabki axborot bo‘linadigan bloklar uzunligidan farqlanishi mumkin.
Deshifrlash teskari tartibda amalga oshiriladi. Kalitga mos holda marshrut tanlanadi va bu marshrutga binoan jadval to‘ldiriladi.
Jadvaldan simvollar element nomerlari kelishi tartibida o‘qiladi.
Misol. Dastlabki matn T0 «ATTEСТАЦИЯ KOMИССИЯСИ»ni shifrlash talab etilsin. Kalit va shifrlangan bloklar uzunligi mos holda quyidagilarga teng: K=<2, 1, 3>, L=4. Shifrlash uchun 12.1-rasmda keltirilgan jadval va ikkita marshrutdan foydalaniladi. Berilgan shartlar uchun matrisalari to‘ldirilgan marshrutlar 12.2-rasmda keltirilgan ko‘rinishga ega.
qadam. Dastlabki matn uchta blokka ajratiladi. B1=, B2=<ИЯ-KOMИС>, B3=<СИЯСИ***>;
qadam. 2, 1, 3 marshrutli uchta matrisa to‘ldiriladi;
qadam. Marshrutlarga binoan simvollarni joy-joyiga qo‘yish orqali shifrmatnni hosil qilish.
T1=<ЕСATATЦ_KЯИOMСИСЯС**И*>
qadam. Shifrmatnni bloklarga ajratish.
T1=<ЕСAT ATTС _KЯИ OMСИ ИСЯС **И* >
Ishni bajarilish uchun topshiriqlar tartibi va qo‟yilgan vazifa: Gamilton o‟rin almashtirishidan foydalanib shifrlang va deshifrlang.
«Axborot xavfsizligi»
«Universitet»
Gamilton o‘rin almashtirish usulidan tashqari boshqa o‘rin almashtirish usullari haqida ma‘lumot bering.
O‘rinlarni almashtirish usullari;
Gamilton marshruti almashtirish usulning marshrutini tasvirlab bering;
Gamilton marshruti bo‘yicha o‘rin almashtirish usulining algoritmini keltiring.
Talabalar
Yoshlar kelajagimiz.
Kelajak.
Telekanallar.
Identifikatsiya.
Autentifikatsiya.
Gammalashtirish.
Elektron raqamli imzo.
Kiberxavfsizlik.
Kiberhujum.
Xavfsizlik masalasi.
Antivirus dasturi.
Kiber tizimlar.
Kasperskiy.
Nod 32 dasturi.
Avast dasturi.
Avira dasturi.
Kafedralar.
Fakultetlar.
Bo‘limlar.
Rektorat.
104
|
| |