• Nazariy ma’lumotlar
  • 6-amaliy mashgʻulot Oʻlchash vositalarini qonunchilik talablariga muvofiqligini tasdiqlash




    Download 452,81 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana22.11.2023
    Hajmi452,81 Kb.
    #103430
    Bog'liq
    Oʻlchash vositalarini qonunchilik talablariga muvofiqligini (8)



    6-amaliy mashgʻulot 
    OʻLCHASH VOSITALARINI QONUNCHILIK TALABLARIGA 
    MUVOFIQLIGINI TASDIQLASH 
     
     
     
    Mahsgʻulotning maqsadi: Berilgan oʻlchash vositalari bilan tanishish va ularning 
    qonunchilik talablariga muvofiqligini tasdiqlash. Umumiy xulosa berish. 
     
    Nazariy ma’lumotlar 
    Yangi tahrirdagi “Metrologiya toʻgʻrisida”gi qonunning 16-moddasi “O‘lchash 
    vositalari va sinov vositalari” deb nomlangan boʻlib, unda quyidagilar belgilab berilgan: 
    “Foydalanishda boʻlgan oʻlchash vositalari va sinov vositalari oʻlchash 
    natijalarining belgilangan aniqlikdagi qonuniylashtirilgan birliklarda boʻlishini 
    ta’minlashi va qoʻllash shartlariga mos kelishi kerak.
    O‘lchash natijalarining buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan ruxsat etilmagan 
    sozlash va aralashuvlarning oldini olish maqsadida oʻlchash vositalarining 
    konstruksiyasi oʻlchash vositalarining funksional qismlariga (shu jumladan dasturiy 
    ta’minotga) kirish cheklanishini ta’minlashi kerak. 
    Quyidagilar texnik vositalar, qurilmalar, moddalar va (yoki) materiallarning 
    oʻlchash vositalari va (yoki) sinov vositalari jumlasiga kiritish mezonlari hisoblanadi:
    qiymatlari ma’lum vaqt davomida oʻzgarmas deb qabul qilinadigan normalangan 
    metrologik xususiyatlarga va texnik tavsiflarga ega boʻlishi; 
    oʻlchash natijalarining belgilangan aniqlikda qonuniylashtirilgan birliklarda 
    boʻlishini ta’minlash qobiliyati, shuningdek sinov natijalarining ishonchliligi; 
    mexanik, elektrik, optik, fizik-kimyoviy, elektron prinsiplarda ishlashi. 
    Quyidagi hollarda texnik vositalar oʻlchash vositalari va (yoki) sinov vositalari 
    hisoblanmaydi:
    indikator funksiyasiga ega boʻlganda; 
    natijalari oʻlchash va (yoki) sinov hisoblanmaydigan, faqat dastlabki baholash 
    uchun foydalanilganda;
    faqat oʻlchash va (yoki) sinov natijalari haqida axborot uzatish funksiyalarini 
    bajarganda”. 
    Oʻlchash vositalariga nisbatan qoʻyiladigan majburiy talablar quyidagi me’yoriy-
    huquqiy dalolatnomalar orqali oʻrnatiladi: 
    - “Metrologiya toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi qonuni; 
    - Oʻlchash vositalariga nisbatan majburiy talablar belgilangan boshqa qonunlar va 
    qonun hujjatlari; 
    - “Oʻlchash vositalarini sinovdan oʻtkazish qoidalari” (OʻzR VM ning 2020 yil 
    29-avgustdagi 528-son qaroriga 1-ilova); 
    - “Oʻlchash vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish qoidalari” (OʻzR 
    VM ning 2020 yil 29-avgustdagi 528-son qaroriga 2-ilova); 
    - “Oʻlchash vositalarini qiyoslashdan oʻtkazish qoidalari” (OʻzR VM ning 2020 
    yil 29-avgustdagi 528-son qaroriga 3-ilova); 
    - “Sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish qoidalari” (OʻzR VM 
    ning 2020 yil 29-avgustdagi 528-son qaroriga 4-ilova); 


    - “Oʻlchash vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish qoidalari” (OʻzR 
    VM ning 2020 yil 29-avgustdagi 528-son qaroriga 2-ilova); 
    - “Oʻlchash vositalarini kalibrlashdan oʻtkazish qoidalari” (OʻzR VM ning 2020 
    yil 29-avgustdagi 528-son qaroriga 2-ilova); 
    - “Oʻzbekiston Milliy metrologiya institutining Ustavi” (2019 yil); 
    - “Texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan 
    takomillashtirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 
    iyundagi PF-6240 sonli Farmoni; 
    - aniq oʻlchash vositalariga nisbatan ishlab chiqilgan ekspluatatsion va texnik 
    hujjatlar va boshqalar. 
    Topshiriq. Talabalar berilgan oʻlchash vositalari namunalarining qonunchilik
    talablariga mosligini baholashadi.
    Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 
    1. “Metrologiya toʻgʻrisida”gi qonunga koʻra oʻlchash vositalari va sinov vositalari 
    qanday shartlarga mos kelishi kerak? 
    2. Oʻlchash vositalari va (yoki) sinov vositalari jumlasiga kiritish mezonlarini 
    ayting.
    3. Qanday hollarda texnik vositalar oʻlchash vositalari va (yoki) sinov vositalari 
    hisoblanmaydi? 
    4. Oʻlchash vositalariga nisbatan qoʻyiladigan majburiy talablar qanday me’yoriy-
    huquqiy dalolatnomalar orqali oʻrnatiladi? 

    Download 452,81 Kb.




    Download 452,81 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    6-amaliy mashgʻulot Oʻlchash vositalarini qonunchilik talablariga muvofiqligini tasdiqlash

    Download 452,81 Kb.
    Pdf ko'rish