6-cинфлар учун




Download 13.29 Mb.
bet7/59
Sana21.10.2022
Hajmi13.29 Mb.
#27700
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   59
Bog'liq
materialshunoslik kitob
Doca4, Документ Microsoft Word (14), DASTUR Stansiyalarni ta\'mirlash
Rangli metallurgiya —og’ir sanoat sohalaridan biri. Ruda konlarini qazish, rudalarni boyitish, rangli, nodir va qimmatbaxo metallarni ishlab chiqarish hamda qayta ishlash, ularning qotishmalarini tayyorlash bilan shug’ullanadi. Rangli metallurgiya sanoatida prokat, presslangan buyumlar, qattiq qotishmalar, metalli kukunlar, rangli, nodir va qimmatbaho metallarning turli xil tuz hamda birikmalari, kimyoviy moddalar, elektrod buyumlar va hokazo tayyorlanadi. Rangli metallurgiya sanoati mahsulotlarn xalq xo’jaligining hamma sohalarida qo’llaniladi. Respublikada rangli, nodir va qimmatbaho metall (mis, qo`rg’oshin, rux, volfram, molibden, kumush, oltin, simob kabi) konlari topildi; jumladan Qoramozor mis qo`rg’oshin-rux koni (1926 yil), Obirahmat, Burchmulla, Oq tuz boyitish korxonalari (1942 yil), To’ytepa kon boyitish f-kasi (1949 yil), Takob, Ingichka, Qo’ytosh, Langar R. m. konlari (1941—45 yillar). Ingichka, Qo’ytosh, Ugom, Qalmoqqir, Navoiy, Angren (ko’mir) konlarida volfram, molibden va qalay aralash holda uchraydi. Qo`rg’oshin va Oltintopgan (1953—55 yillar) konlari asosida 1954 yili Angrenda qo`rg’oshin-pirit rux boyitish fabrikasi, Angren-Olmaliq rayonida Qalmoqqir mis, molibden, pi­rit rudalari koni va ularni boyitish fabrikalari, mis eritish sexi va zavodlari ishga tushirildi (1962 yili). Qo`rg’oshin va Oltintopgan qo`rg’oshin-rux konlari hamda Qalmoqqir mis konlari asosida Olmaliq qo`rg’oshin-rux va mis korxonalari ishga tushirildi (1954 va 1968 yillarda).Qo’ytosh, Ingichka volfram, molibden konlari xom ashyosi asosida Chirchiqda qattiq qiyin eriydigan va issiq bardosh metallar k-ti va boshqa korxonalar mahsulot ishlab chiqarmoqda. 1960- yilarda Muruntov, Chodak, Konbuloq oltin konlari topildi. Farg’ona vodiysidagi daryo o’zanlarida sochma oltin, Nurota, Qurama, Zarafshon, Hisor, Pomir tog’larida oltin tarkibli kvars tomirlar va rudalar mavjudligi aniqlandi. Respublikadagi mis, qo`rg’oshin, rux, volfram konlarida oltin, selen, tellur, kumush, oltingugurt, molibden va boshqa nodir metallar uchraydi. Kumush asosan Lashkarak konidan olinadi. Bunday boy xom ashyodan magniy, natriy sulfat, xlor, issiq bardosh magnezit, osh tuzi olinishi mumkin. Angren-Samarqand kon sanoati rayonida kaolin gili va alunit jinsi qatlami ochildi, undan alyuminiy va chinnigil olishda foydalanish mumkin. Angren ko’mirini ochiq usulda qazib chiqarishda ko’p miqdorda kaolin gili olinadi, uning maydoni 100 km , zapasi 10 mlrd. t. Angren kaolin gilida 33— 34% alyuminiy oksidi borligiga asoslanib, Oxangaronda kaolin gili ashyosini qayta ishlaydigan giltuproq zavodi qurish mo’ljallanmoqda. Bu zavod Angren kaolin gilini qay­ta ishlab, alyuminiy metali ishlab chiqaradi. Respublikada simob va surma konlari za­pasi Farg’ona vodiysining janubi va Zaraf­shon — Hisor ruda rayonida joylashgan bo’lib, ularning soni 50 ga yaqin. Bulardan eng yirigi Sangzor daryosining yuqori qismidagi Qoraso’v (Jizzax vil.) simob konidir. Rangli metallurgiya sifatini yaxshilash, ishlab chiqarish jarayonlarini intensivlashtirish, turli foydali qazilmalarning yangi konlarini o’zlashtirish hisobiga Rangli metallurgiya ishlab chiqarishni rivojlantirish mo’ljallanmoqda, shu bilan birga yangi fabrika va konlar barpo etiladi. Jizzax viloyatida O’zquloq qo`rg’oshin-rux koni, Surxondaryo vil. da Xondizi kon-boyitish korxonasi quriladi. Olmaliq metallurgiya kombinatida mis, rux, glfat kislotasi va boshqa yo’ldosh elementlarni eritish ko’paytiriladi. O’zbekiston qiyin eriydigan va issiqbardosh metallar kombinatida yirik gabaritli molibden va volfram prokati hamda boshqa mahsulotlari ishlab chiqarilishi mo’ljallanmoqda. Rangli metall qotishmalari ham to’rt guruhga bo’linadi.
Og’ir metallar gruppasigi mis, ni­kel,qo`rg’oshin, qalay, kadmiy, kobalt, mishyak (margimush), surma, vismut, simob (s. og’. 5—13,6 g/sm3);
Engil metallar gruppasiga alyuminiy, magniy, titan, natriy, berelliy, litiy, bariy, kalsiy, stronsiy va kaliy (s. or. 0,53—5 g/sm3)
Asl metallar grup­pasiga oltin, kumush, platina, osmiy, iri­diy, rodiy, ruteniy va palladiy;
Nodir metallar gruppasiga volfram, molib­den, tantal, niobiy, sirkoniy, tarqoq metallar (talliy, galliy, germaniy, indiy, reniy, gaf­niy, rubidiy, seziy), siyrak er metallar (lan­tan va lantanidlar), radioaktiv metallar (po­loniy, radiy, aktiniy, toriy, uran va transu­ran metallar) kiradi.
Kerch temir ruda havzasining qo’ng’ir temirtosh, siderit va temirli xlorid konlari sanoat ahamiyatiga ega. Marganes ruda koni ichida cho’kindn oksidli va karbonatli ruda koni diqqatga sazovor (Ukrainadagi Nikopol, Gruziyadagi Chiaturi konlari). Sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan xrom konlari magmatik konlar hisoblanadi. Titan rudalari asosli va ishqorli otqindi jinslar bilan bog’liq. Vanadiy rudalari vanadiyli titano-magnetit va cho’kindi vanadiy hamda vanadiyli, o’tqiziqlardan qazib olinadi.
Metallar (yunon,)oddiy sharoitda yuqori elektr o’tkazuvchanligi, issiq o’tkazuvchanligi , elektr o’tkazuvchanlik tempiratura koeffisentining manfiyligi,elektr magnit to’lqinlarining yaxshi qaytarishi, plastikligi kabi o’ziga xos xususiyatlariga ega bo’lgan oddiy moddalar. Metallar qattiq holatda, kristal tuzilishda bo’ladi. Bug’ holatida esa bir atomlidir. Metallning oksidlari suv bilan birikkanida ko’pincha asoslar vujudga keladi. Metallarning elektron tuzilishi tufayligina yuqorida aytib o’tilgan o’ziga xos xususiyatlariga ega metallar atomlari tashqi elektronlarini osonlikcha beradi. Metallning kristallik panjarasida hamma elektron o’z atomi bilan birikkan bo’lavermaydi.

Download 13.29 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   59




Download 13.29 Mb.