MS Access 2010ning dastlabki oynasi
Agar mavjud bo‘lgan faylni ochmoqchi bo‘lsangiz, u holda shu oynadagi birinchi ustunidan qidirib ko‘ring. U yerda bo‘lmasa, oxirgi ustundagi Imya fayla maydoni yonidagi papka rasmini tanlang va ochilgan muloqot oynasidan o‘z faylingizni toping. Quyida biz yangi MO yaratish haqida ko‘rsatma beramiz.
MS Access 2010 oynasi ko‘rinishi oddiy va sodda bo‘lib, unda professional darajadagi ma’lumotlar bazasi yaratishga kerak bo‘ladigan barcha vosita(instrument)lar jamlangan. Uning tasma(lenta)sida besh guruhga bo‘lingan vkladkalar mavjud bo‘lib, ular: Fayl, Glavnaya, Sozdanie, Vneshnie dannie, Rabota s bazami dannix deb ataladi. Shu bilan bir qatorda, har xil amallarni bajarish vaqtida qo‘shimcha ravishda yangi vkladkalar paydo bo‘lishi mumkin, masalan: jadval yaratish vaqtida Rabota s tablitsami deb atalgan vkladkalar guruhida Polya va Tablitsa vkladkalari paydo bo‘ladi. MS Access bosh oynasining ish sohasida, yangi jadval yaratish uchun odatiy qabul qilingan Tablitsa1 nomli jadvalning Kod deb atalgan Schetchik turidagi maydoni va yangi maydon kiritish uchun mo‘ljallangan sariq rangdagi fonda Shelknite dlya dobavleniya degan yozuvi bo‘lgan maydon joylashgan bo‘ladi.
Jadvallar yaratish
Tablitsi - MBning ma’lumotlar saqlaydigan asosiy obyekti bo‘lib, u ikki o‘lchovli jadval shakliga ega. Jadvallar yaratishning ikki xil usuli mavjud bo‘lib, birinchisi - Rejim tablitsi (jadval rejimi) deb ataladi. Bu usulda ma’lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritish orqali jadval yaratiladi.
Shelknite dlya dobavleniya degan yozuvni sichqoncha bilan tanlansa, quyidagi ko‘rinish hosil bo‘ladi. Shu maydonga qaysi turdagi ma’lumot kiritiladigan bo‘lsa shu tur nomini tanlash kerak. So‘ngra shu maydonga nom kiritilishi so‘raladi. Navbatdagi maydonlar ham shu kabi yaratilib, ularga bevosita ma’lumotlar kiritilishi mumkin. Bu usulda barcha yaratiladigan maydonlar xossalarini tanlash yoki o‘zgartirish imkoniyati cheklangan.
Jadval yaratishning ikkinchi usuli - Konstruktor deb ataladi. Jadval rejimidan konstruktor rejimiga o‘tish uchun Fayl vkladkasi tagida joylashgan Rejimidan konstruktor tanlanadi. Agar jadval yangi yaratilayotgan bo‘lsa, u holda quyidagi kabi jadvalni saqlab qo‘yish uchun uning nomini kiritish oynasi ochiladi.
MS Access 2010da jadvalni saqlash va nomini o‘zgartirish
Shu oynada Tablitsa1 o‘rniga yangi nom kiritib OK tugmasini bosilsa, quyidagi kabi oyna ochiladi.
Bu erda Imya polya deb atalgan ustunning har bir qatoriga jadvalda ishlatiladigan maydon nomlari kiritiladi va Tip dannix nomli ustunda esa shu maydonlarga mos ma’lumot turlari tanlanadi. Masalan: maydonga Familiya degan nom kiritildi va uning qabul qiladigan qiymatlari, ya’ni turi sifatida Tekstoviy (matnli) tanlandi.
MS Access 2010da jadvalni konstruktor rejimida yaratish
Belgi
|
Tavsifi
|
Andoza
|
Misol
|
0
|
Kiritilishi shart bo‘lgan 0-9 raqamlar
|
(000) 000-0000
|
(206) 555-0248
|
9
|
Kiritilishi shart bo‘lmagan raqam yoki bo‘sh joy belgisi
|
(999) 999-9999
|
(206) 555-0248 ( ) 555-0248
|
#
|
Kiritilishi shart bo‘lmagan raqam yoki bo‘sh joy belgisi (ishora belgisi ham mumkin)
|
#999
|
-20
2000
|
L
|
Kiritilishi shart bo‘lgan A-Z yoki A-Ya harf
|
LLL
|
MAY
|
?
|
Kiritilishi shart bo‘malgan A-Z yoki A-Я harf
|
??????
|
ABCDEF BU KIM
|
A
|
Kiritilishi shart bo‘lgan harf yoki raqam
|
(000)AAA-AAAA
|
(206)555-TELE
|
A
|
Kiritilishi shart bo‘lmagan harf yoki raqam
|
aaaaa
|
A 333
|
&
|
Kiritilishi shart bo‘lgan ihtiyoriy belgi
|
&&&&
|
S-99
|
C
|
Kiritilishi shart bo‘lmagan ihtiyoriy belgi
|
CCCC
|
S $6
|
- / ’
|
Kasrni, vaqt va sanalarni ajratuvchi maxsus belgilar
|
#99.99 00-00-0000
|
-5.26 12-03-2011
|
<
|
O‘zidan keyingilarni kichik harflarga
|
>L???????
|
Xasan
|
Jadvallarga ma’lumotlar kiritish
Matnli maydonning ayrim xossalarini ko‘rib chiqamiz.
Razmer polya - maydondagi belgilar soni bo‘lib, odatda 255ni ko‘rsatib turadi. Bu raqamni shu maydonga kiritiladigan ma’lumotlar hajimdan kelib chiqib o‘zgartirgan ma’qul. Bizning xolda Familiya taxminan 20tagacha harfdan iborat bo‘lishi mumkin.
Maska vvoda - kiritiladigan ma’lumotni qanday ko‘rinishda ifodalash kerakligini ko‘rsatuvchi andoza. Andozaga mos kelmagan ma’lumotlarni bu maydonga kiritib bo‘lmaydi. Andozalar matnli, sana va vaqt ko‘rinishidagi ma’lumotlargagina qo‘llanadi. Andozalarning ayrim belgilari bilan tanishtirib o‘tamiz:
Yuqoridagidan Maska vvodaga kiritilgan andozaning ma’nosi - kiritiladigan familiyaning birinchi harfi katta qolganlari esa kichik bo‘lgan ihtiyoriy belgi bo‘lishin ta’minlaydi. Biroq familiyani to‘g‘ri kiritilishini nazorat qila olmaydi.
MS Access 2010da jadvalda milliy pul birligini ifodalash
Yana bitta misol: O‘zbekistonda qabul qilingan shaxsiy avtomobillarning davlat raqamlarini kiritish uchun andoza ko‘rinishi - 00 >L 000 LL shaklda bo‘ladi. Bu yerda 00 - viloyat kodini bildiruvchi ikki xonali raqam kiritilishi shart, > - belgisidan keyin kiritiladigan alifbo harflarni katta harflarga aylantiradi, L - bir dona alifbo harfi kiritilishi shart, 000 - uch xonali tartib raqami kiritilishi shart, LL - ikkita alifbo harfi kiritilishi shart ekanini bildiradi.
Denejniy (Pul birligi) maydonining Format polya xossasidagi Denejniy degan yozuvni o‘rniga quyidagi kabi 0.00 so‘m ko‘rinishidagi ifoda yozilsa, u holda shu maydondagi raqamlar oxiriga so‘m so‘zi yozilgan holda ifodalanadi, ya’ni milliy pul birligi hosil bo‘ladi.
Master yordamida ro‘yxatli maydon yaratish
Ayrim maydonlarga chekli sondagi ma’lumotlar qayta-qayta kiritilishi mumkin. Bunday xollarda, shu ma’lumotlarni bir martadan kiritish orqali, avvaldan alohida jadval shaklida saqlab qo‘yish tavsiya etiladi. So‘ngra Master podstanovok... yordamida kerakli maydonga shu jadvalni ulash orqali ochiladigan ro‘yxat yaratiladi.
Buning uchun Master podstanovok... ishga tushganida navbatma-navbat bir nechta muloqot oynalari ochiladi. Ularning birinchisida Obyekt “Pole podstanovki” poluchit znacheniya iz drugoy tablitsi ili drugogo zaprosa tanlanadi va navbatdagi muloqot oynasida keltirilgan jadval va zaproslar ro‘yxatidan kerakli jadval nomi tanlanadi.
Dalee tugmasini bosilsa navbatdagi muloqot oynasi ochiladi. Unda tanlangan jadvalning maydonlari ro‘yxatidan qaysi biri ulanishi kerakligi so‘raladi. Ya’ni Dostupnie polyadan Vibrannie polyaga o‘tkaziladi. Undan keyingi oynada tanlangan maydon qiymatlarini o‘sish yoki kamayish tartibida ifodalashni tanlash kerak.
Dalee tugmasini bosilsa navbatdagi muloqot oynasi ochiladi. Unda tanlangan maydon qiymatlari tartiblangan holda ko‘rsatiladi. Va nihoyat maydon nomini o‘zgartirish kerak yoki yo‘qligini so‘raladi.
Master podstanovok... ning muloqot oynalari
Umuman olganda maydonga ulanadigan jadvalni avvaldan yaratmasdan, balki Master podstanovok... ning ichida ro‘yxat kabi kiritish mumkin. Buning uchun Master podstanovok... ning birinchi oynasida Budet vveden fiksirovanniy nabor znacheniy tanlanadi va navbatdagi oynada shu qiymatlar kiritiladi. So‘nggi oynada esa maydon nomini o‘zgartirish kerak yoki yo‘qligini so‘raladi. Shundan so‘ng Gotovo tugmasi bosilsa quyidagi ko‘rinishda jadval hosil bo‘ladi.
Natijada ma’lumotlarni kiritib o‘tirmasdan, shu maydondagi ochiladigan ro‘yxatdan tanlanishi kifoya bo‘ladi.
Jadvalga maydoniga rasm joylashtirish uchun Pole obyekta OLEdan foydalaniladi. Bunda maydonga joylashtirilgan rasm ko‘rinmaydi. Rasmning o‘rniga shu rasmni yaratgan obyektning nomi ifodalanadi. Rasmni MS Access 2010ning Forma va Otchet obyektlari yordamida ko‘rish mumkin.
Pole obyekta OLEdan foydalangan xolda maydonga rasm joylash Jadval maydoniga rasm joylash uchun shu maydonda kontekst menyuni ochamiz va Vstavit obyekt... buyrug‘ini chaqiramiz.
Bitmap Image dasturi tasmasi boshidagi Vstavitni ichidan Vstavit izni tanlasak rasmlar joylashgan papka ochiladi. Kerakli rasmni tanlab Otkrit tugmasini bosamiz. Tanlagan rasmimiz Bitmap Image dasturi ichida paydo bo‘ladi. Rasmga agar kerak bo‘lsa o‘zgartirishlar kiritib dastur
oynasini yopamiz, ya’ni dasturdan chiqamiz.
So‘rov(Zapros)lar
Zaprosi - bir yoki bir necha jadval va zaproslardagi ma’lumotlarni biror shart asosida qidirib topish, yangilash, o‘zgartirish va birlashtirish kabi amallarni bajarish imkonini beradi.
So‘rov yaratishni boshlash
So‘rov yaratish jarayon MS Access 2010 tasmasining Sozdanie vkladkasidagi Konstruktor zaprosovni tanlash bilan boshlanadi. Shundan so‘ng quyida ko‘rsatilgani kabi zapros blankasi va shu zaprosda qatnashadigan jadval va zaproslar ro‘yxati ifodalangan muloqot oynasi ochiladi.
Jadval va zaproslarni tanlash
So‘rov yaratish blanki ikki qismdan iborat bo‘lib, yuqori qismida so‘rov yaratishda ishtirok etadigan jadval va zaproslar maydonlari ro‘yxati keltiriladi. Ostida esa Pole nomli maydonda so‘rovda ishtirok etadigan maydonlar nomlari, Imya tablitsi nomli maydonda yuqorida tanlangan maydon joylashgan jadval nomi, Sortirovka nomli maydonda tanlangan maydon bo‘yicha ma’lumotlar o‘sish yoki kamayish tartibida ifodalanishini amalga oshirish, Vivod na ekran nomli maydonda so‘rov natijasida hosil bo‘ladigan jadvalda ko‘rinib turishi kerak bo‘lgan maydonlar tanlanadi, Uslovie otbora va ili nomli maydonlarda shu maydonlardan ajratib olinadigan ma’lumotlarga qo‘yiladigan shartlar joylashtiriladi.
So‘rovni ishga tushirish uchun MS Access 2010 tasmasining Konstruktor vkladkasidagi ! tasvirli Vipolnit nomli tugmani yoki Rejim tablitsini tanlash kerak. So‘rov natijasida yangi jadval hosil bo‘ladi. Uni biror nom bilan saqlab qo‘yish tavsiya etiladi. So‘rovda ishtirok etgan jadval va zaproslar qiymatlari o‘zgarmaydi, agar o‘zingiz o‘zgartirish uchun so‘rov bermagan bo‘lsangiz.
So‘rovlarning bir nechta turlari mavjud bo‘lib, ulardan oddiy, parametrli, hisoblanadigan maydonli va natijaviy(guruhiy) so‘rovlarni ko‘rib chiqamiz.
Oddiy so‘rov yaratish
Barcha so‘rovda Zapros blankasining Uslovie otbora nomli maydoniga kiritilishi mumkin bo‘lgan amal belgilari mantiqiy solishtirish - >, <, >=, <=, <> va mantiqiy bog‘lash - not, or, and, between, in lardan iborat.
Ba’zan ma’lumotlarni biror andoza asosida izlashga to‘g‘ri keladi. Buning uchun * va ? belgilaridan foydalaniladi.
* - ihtiyoriy sondagi ihtiyoriy belgi ma’nosini bildiradi, masalan: a* - a harfi bilan boshlanuvchi ihtiyoriy ma’lumotlar, *a - a harfi bilan tugaydigan ihtiyoriy ma’lumotlar, *a* - tarkibida a harfi ishtirok etgan ihtiyoriy ma’lumotlarni bildiradi.
? - bir dona ihtiyoriy belgi ma’nosini bildiradi, masalan: a? - faqat ikkita belgidan iborat, a harfi bilan boshlangan ikkinchi belgisi ihtiyoriy bo‘lgan ma’lumotlar, ??? - faqat uchta ihtiyoriy belgilardan iborat ma’lumotlar.
Parametrli so‘rov yaratish
Parametrli so‘rov yaratish
Parametrli so‘rov ishga tushirilganda maxsus oynacha ochilib unda topilishi kerak bo‘lgan ma’lumotni kiritish so‘raladi. Buning uchun Zapros blankasining Uslovie otbora qatorida ma’lumotlari topilishi kerak bo‘lgan maydonga [] belgilar joylashtirilib uning ichiga izlanishi kerak bo‘lgan ma’lumot mazmunini bildiruvchi so‘z yozib qo‘yidadi, masalan: Familiyasi nomli maydon bo‘lsa, [Familiyani kiriting] kabi.
Yodingizda boisin, [] ichiga maydon nomi bilan aynan bir xil yozuv joylashtirmang, aks holda so‘rov ishamaydi, ya’ni so‘rov natijasida barcha ma’lumotlar xatto so‘ralmaganlari ham chiqaveradi. Chunki maxsus oynacha ochilmaydi.
Biroq bu holda so‘ralgan ma’lumotni aynan to‘liq va to‘g‘ri kiritish kerak bo‘ladi, aks holda natija sifatida bo‘sh jadval chiqadi. Agar [] belgilar o‘rniga like[] qo‘yilsa, u holda qidirilayotgan ma’lumotni xatto yuqorida keltirilgan andozalar asosida ham topish mumkinlike yordamida tashkil qilingan parametrli so‘rov oynasida mantiqiy solishtirish va mantiqiy bog‘lash amallarini yozish mumkin emas. Ularning o‘rniga *, ?, #, !, [], - belgilar ishlatiladi. Misol: [A,B,R]* - A,B,R harflaridan boshlangan ma’lumotlarni topish, [F-M]* - F dan M gacha oraliqdagi barcha harflar bilan boshlangan ma’lumotlarni topish, [!R,V]* - R va V harflari bilan boshlangan ma’lumotlardan boshqa xammasini topish kerak ekanini bildiradi.
Hisoblanadigan maydonli so‘rov yaratish
Hisoblanadigan maydonli so‘rov tashkil etish uchun zapros blankasining pastki qismdagi Pole nomli qatorning maydon nomi kiritilmagan joyi tanlanadi va MS Access 2010 tasmasining Kostruktor vkladkasidan Postroitel tanlanadi. Shundan so‘ng Postroitel virajeniy nomli muloqot oynasi ochiladi. Bu oynada avval shu yangi yaratilayotgan maydon uchun nom kiritiladi, so‘ngra “:” (ikkinuqta) belgisi qo‘yilib, davomidan hisoblash formulasi kiritiladi.
Formulada ishtirok etadigan har bir maydon nomi [] kvadrat qavs belgilari orasiga yozilishi kerak.
Hisoblanadigan maydonli so‘rovni ishga tushirish
Ba’zi bir funksiyalar bilan tanishtirib o‘tamiz:
Sana va vaqt uchun ishlatiladigan ba’zi funksiyalar Date(), Now(), Day(), Month(), Year(), Time() - mos ravishda kompyuterdagi sana, sana va vaqt, kun, oy, yil va vaqt kabi kattaliklarini ko‘rsatishga hizmat qiladi.
Matnli maydonlar uchun ba’zi funksiyalar Len([maydon nomi]), Left([maydon nomi],belgilar soni), Right([maydon nomi], belgilar soni) - mos ravishda ma’lumotdagi belgilar sonini aniqlash, ma’lumotning chap tarafidan belgilar sonichasini ajratib olish, ma’lumotning o‘ng tarafidan belgilar sonichasini ajratib olish kerakligini bildiradi.
Hisoblanadigan maydonli so‘rovni natijasi
Natijaviy so‘rov yaratish
So‘rovlar nafaqat kerakli ma’lumotni topish va uni qayta ishlash, balki natijaviy hisoblashlar tashkil qilish imkonini ham beradi. Masalan: qandaydir yozuvlar guruhi bo‘yicha o‘rta arifmetik qiymatini yoki yig‘indisini topish, yozuvlar sonini aniqlash kabi.
Guruhiy amal uchun so‘rov yaratish
Natijaviy so‘rov yoki guruhiy amalni bajarish uchun (Rasm 26) MS Access 2010 tasmasining Kostruktor vkladkasidan E belgini bosilsa zapros blankasining pastki qismdagi Imya tablitsi va Sortirovka nomli qatorlari orasida Gruppovaya operatsiya nomli yangi qator paydo bo‘ladi. Har bir guruhiy amal bajarishda qatnashadigan maydonlarning Gruppovaya operatsiya nomli qatorida Gruppirovka nomli ochiladigan ro‘yxat maydoni paydo bo‘ladi.
Gruppirovka nomli ochiladigan ro‘yxat maydonidagi funksiyalar:
Gruppirovka - jadvalning tanlangan maydoni bo‘yicha bir xil yozuvlarni guruhlab faqat bittadan qoldiradi;
Sum - bitta guruhga keltirilayotgan jadval yozuvlarning sonli qiymatlarini yig‘indisini hisoblaydi;
Avg - bitta guruhga keltirilayotgan jadval yozuvlarning sonli qiymatlarini o‘rta qiymatini hisoblaydi;
Min - bitta guruhga keltirilayotgan jadval yozuvlarning sonli qiymatlarini eng kattasini aniqlaydi;
Max - bitta guruhga keltirilayotgan jadval yozuvlarning sonli qiymatlarini eng kichigini aniqlaydi;
Count - bitta guruhga keltirilayotgan jadval yozuvlarning sonini aniqlaydi.
Bu so‘rovni amalga oshirish uchun, so‘rovda qatnashadigan maydonlar soni minimal bo‘lishi kerak, aks holda biror natija olib bo‘lmaydi. Buni tushuntirish uchun quyidagi misolni ko‘rib chiqamiz: jadvalda talabalar Familiyasi va ismi, Tug‘ilgan joyi (shahar va viloyatlar nomi shaklida) va Tug‘ilgan sanasi berilgan bo‘lsin. Har bir viloyatdan kelgan talabalar sonini aniqlash kerak degan shart qo‘yilsin.
Masalani yechishda jadvaldagi barcha maydonlar ishtirok etgan holda guruhiy amal bajarib bo‘lmaydi, chunki talabalarning Familiya va ismlari hamda tug‘ilgan sanalari har xil bo‘lganidan ularni guruhlashining iloji yo‘q. Masalaning yechimi quyidagicha bo‘ladi, Zapros blankasida faqat Tug‘ilgan joyi maydonini ikkita ustunga joylab, birinchi ustunda Gruppirovka, ikkinchi ustunda esa Count amalini tanlanadi va Vipolnit buyrug‘i beriladi. Natijada yangi jadvalda birinchi ustunda barcha viloyatlar nomlari bir martadan, ikkinchi ustunda esa shu viloyat nomlari necha marotabadan ishtirok etganini ifodalovchi raqamlar hosil bo‘ladi.
Hisobot(Otchyot)lar. Otcheti - jadval yoki zaproslar yordamida olingan natijalarni ma’lum ko‘rinishlarda printerda chop etishga imkon beradi. Hisobot - bu natijalar aks etgan qog‘ozli hujjatning elektron ko‘rinishi demakdir. Hisobotlar ma’lumotlarni ko‘rib chiqish, tahrirlash va xatto hisob ishlarini bajarishga imkon yaratadi. Bitta hisobotda bir necha jadval va zaproslardan olingan ma’lumotlarni ham ifodalash mumkin.
Hisobotlar ustasi bilan hisobot yaratish
MS Access 2010da hisobot yaratish uchun tasmadagi Sozdanie vkladkasida joylashgan Master otchetovdan foydalanamiz.
Hisobotlarni yaratish ham xuddi formalar yaratish kabi amalga oshiriladi. Ularni ham master yordamida amalga oshirish qulay.
Hisobot yaratish
Master otchetovni ishga tushirganimizda quyidagi ko‘rinishdagi muloqot oynasining birinchi sahifasi ochiladi:
Bu oynadagi Tablitsi i zaprosi ro‘yxat maydonidan hisobot yaratiladigan jadval yoki zapros nomini tanlaymiz. Dostupnie polya deb atalgan ro‘yxat maydonida tanlangan jadvalning maydonlari ro‘yxati paydo bo‘ladi. Shu maydondan hisobotda ko‘rinib turishi kerak bo‘lgan maydon nomini tanlab “>” belgini bosish orqali Vibrannie polya nomli ro‘yxat maydoniga o‘tkazamiz. Agar barcha maydonlarni o‘tkazish kerak bo‘lsa, u xolda “>>” belgini bosish kerak. Noto‘g‘ri o‘tkazilganlarini esa “<” belgi yordamida orqaga qaytarish mumkin.
Dalee tugmasini bosib navbatdagi muolqot oynasiga o‘tiladi. Bu oynada natijalarni guruhlab chiqarish imkoniyatidan foydalanish mumkin. Masalan natijalarni tug‘ilgan joyi bo‘yicha guruhlab chiqaradi.
Dalee tugmasini bosib navbatdagi muolqot oynasiga o‘tiladi. Bu oynada natijalarni bir yoki bir nechta maydonlar bo‘yicha o‘sish yoki kamayish tartibida chiqarish amalga oshiriladi.
Va nihoyat Gotovo tugmasi bosilgach tanlangan ko‘rinishdagi hisobot MS Access 2010 oynasida paydo bo‘ladi.
Qog‘oz shaklidagi elektron hisobot
Navbatdagi muloqot oynasida yaratiladigan hisobotni ko‘rinishi tanlanadi. Ular agar guruhlash ishlatilmagan bo‘lsa uch ko‘rinishda bo‘lib, v stolbes, tablichniy va virovnenniy deb ataladi. V stolbes va virovnenniy nomli formalar faqat bitta yozuvga tegishli maydonlarni nomlari va ularga mos ma’lumotlarni ifodalaydi. Tablichniy esa natijaviy jadvalni to‘liq barcha yozuvlari va maydonlari bilan ifodalaydi. So‘nggi muloqot oynasi hosil bo‘lgan hisobotni qanday nom bilan saqlash kerakligini so‘raydi. Hisobot ko‘rinishiga o‘zgartirishlar kiritish va hisobotda hisob ishlarini bajarish uchun avval tasmadagi Zakrit okno predvaritelnogo prosmotra tugmasini bosish kerak. So‘ngra Glavnaya vkladkasidan Konstruktor yoki Rejim maketaga kirish kerak. Bu rejimda hisobot foniga biror tasvir o‘rnatish, emblema joylash,sahifalarga nomer qo‘yish, maydonlar joylashuviga o‘zgartirish kiritish, hisob ishlari bajarish uchun qo‘shimcha maydonlar kiritish va boshqa ko‘pgina amallarni bajarish mumkin.
Nazorat uchun savollar:
MB deb nimaga aytiladi?
MS Access 2010 qanday dastur?
MS Access 2010 qanday obyektlari bor?
Maydon nima? Yozuv nima?
MS Access 2010 qanday turdagi kattaliklar bilan ishlaydi?
Oddiy zapros qanday yaratiladi?
MS Access 2010da hisobot obyekti vazifalari nima?
|