|
6-Ma’ruza: Biologiya sohasiga tegishli ma’lumotlar bazasini tashkil etish texnologiyasi Reja
|
bet | 1/2 | Sana | 13.07.2024 | Hajmi | 407,96 Kb. | | #267508 |
Bog'liq 6-Ma\'ruza (2)
6-Ma’ruza: Biologiya sohasiga tegishli ma’lumotlar bazasini tashkil etish
texnologiyasi
Reja
Ma’lumotlar bazasi
MS Access 2010 oynasi tuzilishi
Jadvallar yaratish
Jadvallarga ma’lum otlar kiritish
Master yordamida ro‘yxatli maydon yaratish
Shakl(Forma)lar yaratish
Formani master yordamida yaratish
Tayanch so‘z va iboralar: ma’lumotlar bazasi, maydon, yozuv, jadval, maska vvoda, master podstanovok, shakl, shakllar ustasi.
Ma’lumotlar bazasi
Ma’lumotlar bazasi (MB) - bu ma’lum sohaga tegishli bo‘lgan, o‘zaro bog‘langan va tartiblangan ma’lumotlar majmuasi bo‘lib, u ko‘rilayotgan obyektlarning xususiyatini, holatini va obyektlar o‘rtasidagi munosabatni tavsiflaydi.
Darhaqiqat, hozirgi kunda inson hayotida MBda kerakli axborotlarni saqlash va undan oqilona foydalanish juda muhim rol o‘ynaydi. Sababi, jamiyat taraqqiyotining qaysi jabhasiga nazar solmaylik o‘zimizga kerakli ma’lumotlarni olish uchun, albatta, MBga murojaat qilishga majbur bo‘lamiz. Demak, MBni tashkil qilish axborot almashuv texnologiyasining eng dolzarb hal qilinadigan muammolaridan biriga aylanib borayotgani davr taqozasi.
Ma’lumki, MB tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, ma’lumotlardan turli ko‘rinishda foydalanish juda qiyin edi. Dastur tuzuvchilar ma’lumotlarini shunday tashkil qilar edilarki, u faqat qaralayotgan masala uchungina o‘rinli bo‘lardi. Har bir yangi masalani hal qilishda ma’lumotlar qaytadan tashkil qilinar va bu hol yaratilgan dasturlardan foydalanishni qiyinlashtirar edi.
Shuni qayd qilish lozimki, MBni yaratishda ikkita muhim shartni hisobga olmoq zarur:
Birinchidan, ma’lumotlar turi, ko‘rinishi, ularni qo‘llaydigan dasturlarga bog‘liq bo‘lmasligi lozim, ya’ni MBga yangi ma’lumotlarni kiritganda yoki ma’lumotlar turini o‘zgartirganda, dasturlarni o‘zgartirish talab etilmasligi lozim.
Ikkinchidan, MBdagi kerakli ma’lumotni bilish yoki izlash uchun biror dastur tuzishga hojat qolmasin.
Shuning uchun ham MBni tashkil etishda ma’lum qonun va qoidalarga amal qilish lozim. Bundan buyon axborot so‘zini ma’lumot so‘zidan farqlaymiz, ya’ni axborot so‘zini umumiy tushuncha sifatida qabul qilib, ma’lumot deganda aniq bir belgilangan narsa yoki hodisa sifatlarini nazarda tutamiz.
Masalan: korxonaning ma’lumotlar bazasida ishchi va hizmatchilarning shtat jadvali xaqidagi, moddiy boyliklar, keltirilgan xom ashyo va butlash qismlari, omborlardagi ehtiyot qismlar, tayyor mahsulot, direksiyaning buyruq hamda farmoyishlar va boshqalar xaqidagi barcha axborotlar saqlanishi mumkin. Qandaydir bitta axborotning juda kichik o‘zgarishi turli joylarda muxim o‘zgarishlar bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Bu kabi masalalarni MS Access 2010 dasturi yordamida xal qilinadi. Shu dasturda ishlatiladigan ayrim atama va tushunchalarni keltirib o‘tamiz.
Accessda asosiy ishlatiladigan obyektlar to‘rtta bo‘lib, ular Tablitsi (jadvallar), Zaprosi (so‘rovlar), Formi (shakllar) va Otcheti (hisobotlar) deb ataladi.
Avvalo MBda har qanday ma’lumotlar jadval ko‘rinishida ifodalanib olinishi kerak. Bunday jadvallardagi ustunlar maydon, qatorlar esa yozuv deb ataladi.
Maydon - shu maydonga kiritiladigan ma’lumotlarni xossalarini ifodalaydi.
Yozuv-mantiqiy bog‘langan maydonlar yig‘indisidir. Unda biror predmet sohasidan olingan ma’lumotlar joylashtiriladi.
Maydon MBning asosiy elementi bo‘lib, u quyidagi xossalar bilan ifodalanadi:
- uzunligi (belgi va simvollarda ifodalanib baytlarda o‘lchanadi),
nomi (maydonning o‘ziga xos alohida xususiyati),
podpis- imzo (maydon nomining forma va hisobotlarda ifodalanadigan shakli).
Maydonlar xususiyatiga va tarkibiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi:
Matnli(Tekstoviy)
MEMO maydoni
Sonli(Chislovoy)
Sana/vaqt (Data/Vremya)
Pul birligi(Denejniy)
Sanash(Schetchik)
Mantiqiy(Logicheskiy)
OLE obyekti maydoni
Gipermurojaat(Giperssilka)
Biriktirish(Vlojenie)
Hisoblanadigan(Vichislyaemiy)
O‘rniga joylash ustasi(Master podstanovok)
MB ning maydonlari albatta nomlanishi va u nomlar bitta jadvalda takrorlanmasligi kerak. Nom uzunlini 64 tagacha belgilardan iborat bo‘lib, unda nuqta(.), undov(!) va kavdrat qavs([]) belgilari ishlatilishi mumkin emas. Shuningdek nom bo‘sh joy belgisi bilan boshlanishi mumkin emas.
Maydon uchun imzo majburiy xossa bo‘lmagani uchun uni ishlatish shart emas. Imzo asosan forma va hisobotlarda maydon nomini o‘rnini bosib turadigan ma’lumot. Ko‘p hollarda maydon nomi qisqartirib ishlatilgani uchun, bunday nomni forma yoki hisobotlarda ifodalash maqsadga muvofiq emas. Shunday xollarda maydon nomi o‘rniga uning imzo deb atalgan hossasida biror mazmunli nom ishlatgan ma’qul. Imzodagi nom forma yoki hisobotlarda nom o‘rnida ishlatiladi. Imzoda maydon nomidagi kabi qabul qilingan cheklashlar yo‘q. Bitta jadvalda bir xil imzolar ishlatilishi mumkin.
Maydon uzunliklari ularning asosiy xossasi bo‘lib, ular har bir turdagi maydon uchun har xil bo‘ladi.
Matnli maydon 255 tagacha ixtiyoriy belgilarni kiritish va siz hoxlagan andoza(maska)da ko‘rsatish imkonini beradi.
Sonli maydon butun yoki haqiqiy sonlarni qanday kiritishingizdan qatiy nazar, siz tanlagan biror formatda ko‘rsatish imkonini beradi.
Vaqt va sanani ifodalovchi maydonga shu turdagi ma’lumotni qanday kiritsangiz ham, bu ma’lumoni avvaldan kiritilgan yoki andoza sifatida yaratilgan formatda ifodalaydi.
Pul birliklarida ifodalangan maydon sonli maydon bilan bir xil bo‘lib, faqat oxiriga biror davlat pul birligini ko‘rsatib turishi bilan farqlanadi. Bu turdagi maydonning Format polya xossasiga o‘zgartirish kiritish orqali ihtiyoriy davlat pul birligini ifodalash imkoni bor.
OLE obyekti maydoni odatda 1 Gb gacha tasvir, rasm, musiqiy kliplar va videoyozuvlar shaklida ifodalanadgan ma’lumotni joylash uchun ajratiladi.
MEMO maydoni belgilari soni 255 tadan oshib 65535 tagacha bo‘lgan ihtiyoriy matnli ma’lumotlarni alohida fayl ko‘rinishida saqlaydi.
Schetchik maydoni esa yangi qo‘shilgan yoki olib tashlangan yozuvlarni avtomatik ravishda raqamlab chiqishga hizmat qiladi.
Hisoblanadigan maydonga avvaldan yaratilgan qaysi maydonlar ustida va qanday amal bajarilishi kerakligini ifodalovchi formula kiritib qo‘yiladi. Natijaning qaysi turga mansub bo‘lishini esa dastur o‘zi aniqlaydi.
Mantiqiy maydon mos yozuvdagi ma’lumotda ko‘rsatilgan predmet mavjud(rost, ha, 1) yoki mavjud emas(yolg‘on, yo‘q, 0) ekanligini ifodalaydi.
Gipermurojaat shu maydonga ma’lumot boshqa man’ba(jadval, MB, internet)dan olinayotganligini ifodalaydi.
O‘rniga joylash ustasi - shu maydonga avvaldan yaratib qo‘yilgan boshqa jadvaldan yoki endi yaratiladigan jadvaldan ma’lumotlarni ochiladigan ro‘yxat shaklida joylash imkonini beradi.
Bunday maydonga ma’lumotlar ochilgan ro‘yxatdan tanlash orqali kiritiladi. Bu usul maydonga ma’lumotlarni tezkor kiritishga yordam beradi.
Access jadvaliga kiritilayotgan har qanday ma’lumot to‘g‘ridan-to‘g‘ri diskka yoziladi va agar unga o‘zgartirishlar kiritilsa avvalgisi qayta tiklanmaydi.
MS Access 2010 oynasi tuzilishi. MS Access 2010 ishga tushirilsa, dastur oynasi ochiladi, unda agar yangi MB yaratilayotgan bo‘lsa Novaya baza dannix tanlanib Sozdat tugmasi bosiladi. So‘ngra MOni saqlash uchun joy tanlash va MOga nom kiritish uchun mo‘ljallangan muloqot oynasi ochiladi. Odatda yangi MOga MS Access 2010 tomonidan Data base nomi tavsiya etiladi. Lekin siz o‘z xoxishingizga ko‘ra nom berishingiz mumkin.
|
| |