|
Bug‘ havo bilan ishlaydigan molotlar
|
bet | 3/4 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 129,22 Kb. | | #138083 |
Bog'liq 6-mavzu (1)Bug‘ havo bilan ishlaydigan molotlar
O‘rtacha massadagi (20 ... 350 kg) pokovkalar uchun ham molotlar ishlab chiqarishda qo‘llanib kelinadi. Bug‘-xavo bilan ishlaydigan molotlarni xarakati bug‘ qozonlaridan truba orqali 0,7... 0,9 МПа bosim ostida kelayotgan bug‘ yoki kompressordan 0,7МПа bosimdagi siqilgan xavoni xaydab berish bilan ta’minlanadi. Staninasini tipiga qarab bug‘- xavo bilan ishlaydigan molotlar bir va ikki stoykalilar bo‘ladi. Ikki stoykalilari arka va ko‘piriksimon ko‘rinishda ishlab chiqariladi.
.
.
6.3rasm. Ikkiyoqlama xarakatlanuvchi bug‘-xavo bilan ishlaydigan molotni
sxemasi: 1 ishchi silindr; 2 porshen; 3 shtok; 4 stanina; 5 baba; 6 yuqorg bayok; 7 ostki bayok; 8 shabot; 9 yo‘naltiruvchi stanina; 10 tortkich; 11 bug‘taxsimlagich; 12 bug‘o‘tkazgich; 13 saqlagich.
Ikkiyoqlama xarakatlanuvchi arka ko‘rinishdagi bug‘-xavo bilan ishlaydigan molotni sxemasi 9.3 rasmda, tashqi ko‘rinishi esa 9.4.rasmda ko‘rsatilgan.. Stanina 4 uni asosi bo‘lib, unga molotni barcha uzellari va mexanizmlari o‘rnatilgan. Molotni ishchi organi baba 5. Unga yuqorgi bayok 6 biriktiriladi va u stanina 9 ni yo‘naltiruvchisi bo‘ylab xarakatlanadi. Molotni yuqori qismiga xavotaxsimlagich 11 bilan ishchi silindr 1 o‘rnatilgan. Shtoka 3 yordamida baba, porshen 2 ishchi silindr 1 bilan birktirilgan. Babani, shtokni va porshnni massasi molotni uruvchi qismini massasini aniqlaydi – bu uni asosiy xarakteristikalaridan xisoblanadi. Pastki bayok 7 yirik po‘latdan tayyorlangan fundament plitaga - shabot 8. Shobot o‘z navbatida, stanina fundamentiga bog‘liq bo‘lmagan individual fundamentga o‘rnatilgan. Bu bolg‘alash molotlarni yutiq va kamchiliklarini aniqlaydi, ya’ni bir tomondan konstruksiyani titrashdan saqlasada, bayoklarni paralelligini kafolatlamaydi. Pokovkani va temirchilik asbobini almashtrishdagi qulalikni ta’minlash uchun stanina arka ko‘rinishda tayyorlangan. Chem bolshe Shabot massasi qancha katta bo‘lsa, uruvchi qismni kinetik energiyasini katta qismi, zagotovkani deformatsiyalash energiyasiga aylanadi. Odatda u uruvchi qism massasidan yaqin 15 marotabaga katta.
6.4 rasm. Bug‘ xavo
bolg‘alash molotini
tashqi ko‘rinishi.
6.5 rasm. Gidravlik bolg‘alash pressni
sxemasi: 1 qaytarish silindri;
2 qaytarish plunjeri; 3 ko‘ndalang
travers; 4 kolonna; 5 ishchi plunjer;
6 pastki travers; 7 ishchi silindr;
8,10 suyuqlik xaydash trubasi;
9 yuqorgi travers.
Ishchi silindrga energiyani uzatish boshqarish richagiga biriktirilgan taqsimlash qurilmasi 11 ni holatiga qarab, kanal 10 yoki 12 orqali ta’minlanadi. Bug‘ xavotaxsimlagich qurilmasini kanali 10 orqali bug‘ni yoki siqilgan xavoni ishchi silindr 1 ni pastki qismiga yuborilganda, porshen 2 uruvchi qismni saqlagich 13 oxirgi holatda ko‘tarib ushlab turadi. Boshqarish dastagini qarama qarshi tomonga siltilishi bilan bug‘ yoki siqilgan xavo kanal 12 bo‘ylab silindr 1 ni yuqori qismiga kirib keladi, pastki silindr bunda atmosferaga xavoni chiqarib yuboradi, bosim pasayadi, natijada, uruvchi qism pastki bayok 7 ga o‘rnatilgan zagotovkani uradi. Ikki yoqlama xarakatlanuvchi molotlarda energiya uzatgich porshen 2 ni ustidan bosib qo‘shimcha energiya berib, urish energiyasini orttiradi.
Molotlarda har xil energiyadagi urishlarni hosil qilish mumkin.
|
| |