Qisqacha tarixiy ma’lumotlar




Download 61,33 Kb.
bet2/9
Sana13.02.2024
Hajmi61,33 Kb.
#155376
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
6-ma’ruza. Mavzu Elektromagnit qurilmalar. Transformatorlar-fayllar.org (1)

Qisqacha tarixiy ma’lumotlar. Transformator elektr qurilmasi sifatida birdaniga paydo bo‘lmagan, uning hozirgi, biz biladigan transformator ko‘rinishiga kelishi o‘ziga yarasha rivojlanish davrini bosib o‘tgan. Transformator elektromagnitik induksiya qonuni asosida ishlaydi, demak, u Faradeyning elektromagnitik induksiya qonuni bilan bog‘liq. Shuning uchun ham Faradeyda transformator haqida qandaydir tushuncha va tajribaviy asoslar bo‘lmasligi mumkin emas edi. Haqiqatan ham u, 1831-yildagi o‘z tajribalarida temirga o‘ralgan mis chulg‘amlar yonma- yon turgan paytda, birinchi chulg‘amga tok ulansa, ikkinchi chulg‘amda ham qisqa muddatli tok paydo bo‘lgani haqida yozgan. Lekin Faradey o‘zgarmas elektr tokidan foydalanganligi uchun, ikkinchi chulg‘amdagi tok qisqa muddatli bo‘lgan (faqat ulanish jarayonidagi o‘zgarish tufayli). Faradey bu paytda masalaga kuchlanishni o‘zgartirish nuqtai-nazaridan yondoshmagani uchun ahamiyat bermagan va uni o‘rganmagan. Transformatorning paydo bo‘lishi 1852 yilda fransuz muhandisi G. Rumkorf tomonidan yaratilgan induksion g‘altakdan boshlanadi. Bu g‘altak yordamida u katta kuchlanishli elektr toki hosil qilgan. Keyinchalik, 1872 yilda Moskva universitetining professori Aleksandr Grigorevich Stoletov magnit materiallarda gisterezis xalqasini kashf etdi va transformatorlar texnologiyasining rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi.
Tom ma’nodagi transformatorni birinchi bo‘lib rus olimi Pavel Nikolaevich Yablochkov ixtiro qildi va 1876 yil 30 noyabrda o‘z ixtirosini patentladi. Uning transformatori hozirgi transformatorlardan biroz farq qilib,

ikkala chulg‘am ham bitta to‘g‘ri sterjen-o‘zakka o‘ralgan edi. 1884 yilda Angliyada aka-uka Eduard va Jon Gopkinsonlar esa yopiq o‘zakli transformatorni yaratishdi va magnit zanjirlarini hisoblashni amalga tadbiq etdilar. Bu kashfiyotlar transformatorlar texnologiyasini va ularni ishlab chiqarishni rivojlantirishda muhim omil bo‘ldi.

Transformatorlarning o‘zaklarini yupqa plstinkalar ko‘rinishida yasab, uyurmali toklar ta’sirini kamaytirish g‘oyasi Tomas Edisonning shogirdi Eptonga tegishli. Transformatorlarning kashf qilinishi o‘zgaruvchan elektr tokidan malda foydalanish imkoniyatollarini kengaytirdi. Jumladan, 1889 yilda rus i injeneri Mixail Osipovich Dolivo-Dobrovlskiy uch fazali o‘zgaruvchan elektr toki sistemasini yaratdi va 1891

yilda 95 kV yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyasi orqali 230 kVt gacha bo‘lgan quvvatni 175 km masofaga uzatib, o‘zgaruvchan elektr toki yordamida katta quvvatli elektr energiyasini uzoq masofalarga uzatish mumkin ekanligini amalda isbotlab berdi. Shu davrdan boshlab sanoat miqyosida (katta quvvatlarda) o‘zgaruvchan elektr toki ishlab chiqarish va uni uzatish amaliyotga keng kirib kela boshladi.




Download 61,33 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 61,33 Kb.