6-ma’ruza. Mavzu: Elektromagnit qurilmalar. Transformatorlar




Download 61,33 Kb.
bet1/9
Sana13.02.2024
Hajmi61,33 Kb.
#155376
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
6-ma’ruza. Mavzu Elektromagnit qurilmalar. Transformatorlar-fayllar.org (1)


6-ma’ruza. Mavzu: Elektromagnit qurilmalar. Transformatorlar

6-MA’RUZA. MAVZU: Elektromagnit qurilmalar.Transformatorlar
REJA

  1. Transformatorning tuzilishi



  1. Transformatorning ishlash prinsipi.



  1. Uch fazali transformatorlar.



  1. Transformatorning turlari.




KIRISh
Amalda eng keng tarqalgan va ko‘p ishlatiladigan elektr qurilmalaridan biri transformatorlardir. Masalan oddiy telefoningizni zaryadlashda ham transformator ishlatiladi 1-rasm. Telefon akkumulatori 3,5 - 4 V atrofidagi kuchlanishda ishlaydi, siz esa uni zaryadlash uchun 220 V kuchlanishli tramoqqa ulaysiz. Albatta zaryadlash qurilmasining ichida kuchlanishni 220 V dan 4 V gacha kamaytirish (pasaytirish) kerak bo‘ladi, aynan shu vazifani transformator bajaradi. Yoki elektr uzatish liniyalarining yuqori kuchlanishi transformatorlar yordamida 220 V gacha kamaytirilib iste’molchiga uzatiladi.

1-rasm. Telefon zaryadlash qurilmasining umumiy ko‘rinishi va uning transformatori.

Transformator o‘zgaruvchan elektr toki kuchlanishini (tok kuchini) o‘zgartirishga mo‘ljallangan statik elektromagnitik qurilma. Transformatorning ishlashi mexanik harakat bilan bog‘liq emas, shuning uchun u statik mashinalar turiga kiradi (ishlashi mexanik harakat bilan bog‘liq bo‘lgan qurilmalar dinamik mashinalar deyiladi, masalan elektr dvigateli). Transformatorning ishlash prinsipi elektromagnitik induksiya qonuniga asoslanadi, shuning uchun uni elektromagnitik qurilma deb aytiladi.

Transformatorlar ayniqsa elektr uzatish tizimlarida muhim rol o‘ynaydi. Aynan transformatorlarning ixtiro qilinishi o‘zgaruvchan elektr tokini uzoq masofalarga samarali (quvvat isrofini kamaytirib) uzatish imkonini yaratdi. Elektrostansiyalarda ishlab chiqarilgan elektr energiyasini uzoq masofalarga uzatishda, energiya isrofini kamaytirish uchun kuchlanish oshiriladi. Iste’molchida esa, liniyadan kelayotgan yuqori kuchlanish,

qurilmalarning ishchi kuchlanishigacha pasaytiriladi. Kuchlanishni bunday ko‘paytirish va kamaytirish transformatorlar yordamida amalga oshiriladi.

Elektrostansiyaning 12 000 V o‘zgaruvchan kuchlanishi (9.2- rasm) transformatorlar yordamida bir necha yuz kilovolt kuchlanishgacha orttiriladi va uzatish liniyasiga beriladi, iste’molchida esa bu kuchlanish yana transformatorlar yordamida pasaytiriladi (zamonaviy elektrostansiyalarda generatorlar 12 kV dan 25 kV gacha kuchlanishda o‘zgaruvchan tok ishlab chiqaradi).

Bundan tashqari, ko‘plab elektr va elektron qurilmalarining ishchi qismlari turli xil kuchlanishlarda (asosan 4V, 6V, 9V, 12V, 24V, 36V kuchlanishda ishlovchi qurilmalar keng tarqalgan) ishlaydi. 220 V tarmoq kuchlanishini ana shu kuchlanishlargacha pasaytirish uchun qurilmalarda maxsus transformatorlar ishlatiladi.
2- rasm. Elektr energiyasini uzatish sxemasi.

Bu transformatorlar kuch transformatorlari deb aytiladi. Kuch transformatorlari qurilmaning qismlarini kerakli kuchlanishlashdagi elektr toki bilan ta’minlaydi. Yoki elektr payvandlashda kuchlanish pasaytiruvchi transformatorlar yordamida 18-24 V kuchlanishgacha pasaytiriladi va elektr razryadi (elektr yoyi) hosil qilib payvandlanadi. Kuchlanishni pasaytirib razryad tokini oshirish payvandlash xavfsizligini ta’minlaydi. Bugungi kunda elektr payvandlashning texnikaviy axamiyati xammamizga ma’lum.

3-rasm.Komp’yuter transformatori 4-rasm. Payvandlash transformatori


Download 61,33 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 61,33 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



6-ma’ruza. Mavzu: Elektromagnit qurilmalar. Transformatorlar

Download 61,33 Kb.