• Kompyuterning asosiy qurilmalari 3) Kompyuterning qo’shimcha qurilmalari
  • Tasvirlarni kompyuter xotirasga kirituvchi qurilmalar klassifikatsiyasi Reja




    Download 22 Kb.
    Sana01.04.2024
    Hajmi22 Kb.
    #184757
    Bog'liq
    Tasvirlarni kompyuter xotirasga kirituvchi qurilmalar klassifika-fayllar.org
    1-amaliy mashgulot — копия — копия — копия — копия — копия — копия — копия (3) — копия — копия — копия, 192345, 1-laboratoriya ishi-sirtqi, 2-Mustaqil ish, MAKTAB FIZIKA DARSLARIDA NOSTANDART MASALALAR YECHISH METODIKASI, 8. JADID marifatparvarlari, Reja Tabiiy gazning tarkibi va asosiy parametrlari-fayllar.org, Tarmoq xavfsizligi SILLABUS(Sirtqi) (1), Tarmoq xavfsizligi 23-24 SILLABUS, Mustaqil ishlar (1), Mustaqil ishlar, Tarmoq xavfsizligi SILLABUS(Sirtqi), Mustaqil ishlar (2), §. 3-amaliy mashg‘ulot

    Tasvirlarni kompyuter xotirasga kirituvchi qurilmalar klassifikatsiyasi Reja

    Tasvirlarni kompyuter xotirasga kirituvchi qurilmalar klassifikatsiyasi


    Reja


    1. Kompyuterning qismlarini sanash




    1. Kompyuterning asosiy qurilmalari

    3) Kompyuterning qo’shimcha qurilmalari



    Hozirgi vaqtda SHKlar zamonaviy fanlar va barcha xalq xo‘jalik bo‘limlarining rivojlanishiga katta rol o‘ynab kelmoqda. Insoniyat tashabbusidagi har bir ishda SHKni qo‘llanilayotgani yaqqol kuzga tashlanadi. Shu sababli SHKdan foydalanish uchun ko‘pchilik foydalanuvchilar dasturlashtirish algoritmik tillarni tezroq o‘z lashtirishga xarakat qiladalar.SHK ning dunyoga kelishiga avvallom bor injenerlar va fiziklar juda muhtoj bo‘lganlar desak mubolog‘a bo‘lmaydi. Juda tez rivojlanib borayotgan fan va texnikaning oldida turgan masalalarni juda katta hisoblashlarga olib keladi va bularni fakat SHK yordamida hisoblash mumkinligini foydalanuvchilar tushunib etdilar. Endi SHKlarning eng oddiy to‘plamlaridan tanlashni boshlaymiz. Boshlang‘ich axborotlar mashinaga uzluksiz chiziqlar, ya’ni tenglamalar yordamida berilishi mumkin bo‘lsa va bunda mashinalarning o‘zi hisoblashlarni davom ettirib chizmani ekranga chiqarsa, bunday mashinalar avtomatik hisoblash mashinalari (AHM) deyiladi. Bularning boshqacha turi raqamli hisoblash mashinalari (RHM) deyiladi.Ular uzluksiz bo‘lmay diskret bo‘ladilar. Bunday turdagi mashinalar barcha axborotlar raqamli kodlar ko‘rinishida bo‘ladi.
    SHaxsiy komp’yuterlar (SHK) asosan quyidagi asosiy qurilmalardan tashkil topadi:
    tizimli blok (protsessor, unda xotira, mikroprosessor, adapterlar joylashgan bo‘ladi).
    chiqarish qurilmasi (monitor);
    kiritish qurilmasi (klaviatura, sichqoncha);
    Dastlab hisoblash uchun yaratilgan kompyuterlarning imkoniyatlari hozirgi kunda “behisob” desak adashmaymiz. Bu kompyuterlar mashhur International Business Mashines Corporation korxonasining ma’sulidir.
    IBM PC kompyuterlarining AT 386, 486SX, 486DX, 586 hamda Pentium turlari keng tarqalgan.
    Pentium IV rusumli shaxsiy kompyuter Ushbu paragrifda SHKning asosiy qurilmalari: protsessor, monitor, klaviatura va sichqoncha tavsifi batafsil yoritilgan. Yordamchi qurilmalar vazifasi va imkoniyatlari ham qayd qilingan.
    SHaxsiy kompyuter quyidagi asosiy qurilmalardan tashkil topadi: Protsessor, monitor, klaviatura va sichqoncha.
    Protsessor (mother board) - qurilmalarini va hisoblashlarni boshqaruvchi, asosiy qurilma bo‘lib, unga mikroprosessor, tezkor va kesh xotira, mikrosxemalari, kontroller va turli adabter, elektrosxemalar o‘rnatiladi.
    Protsessor asosan quyidagi qurilmalardan tashkil topadi.
    Mikroprosessor - kompyuterni boshqarish va barcha hisob ishlari, buyruqlarni bajarilishini ta’minlaydi. Mikroprosessor turli amallarni tez bajarish qobiliyatiga ega. Uning tezligi sekundiga 100 million amalga va undan ortiq bo‘lishi mumkin.
    Uning tezligi Megagerslarda hisoblanadi va protsessor nomidan keyin yoziladi. Masalan, Pentium 700.
    Tezkor xotira - protsessor uchun zarur bo‘lgan dasturlar va ma’lumotlarni sa qlaydi.
    Kompyuter o‘chirilishi bilan tezkor xotiradagi ma’lumotlar o‘chiriladi.
    Qattiq disk (doimiy xotira - Hard Disk Drive) - dastur va ma’lumotlarni doimo saqlaydi.. U ba’zan "vinchester" deb nomlanadi. Vinchester nomi birinchi qattiq disk nomidan kelib chiqqan (1973 yilda IBM firmasi tomonidan yaratilgan qattiq disk nomi "30/30" bo‘lgan va bu mashhur Winchester miltig‘ining kalibrga o‘xshar edi). Ular hajm va ishlash tez ligi bilan farqlanadi. Qattiq diskdagi dastur va ma’lumotlar esa o‘chirilmaydi.
    Kesh xotira - kompyuter tomonidan dasturlar ishlash jarayonida ko‘p ishlatilgan
    ma’lumotlarni saqlash uchun foydalaniladi. Bu xotira tezkor va doimiy xotira o‘rtasida joylashadi.
    Tezkor xotira Qattiq disk Kesh xotira Kontroller (adapterlar) - ular har xil tashqi qurilmalar ishini ta’minlaydi. Ishlash holatlari bilan farqlanadi (video plata, tovush plata, tarmok platasi va ...),adapterlar.
    Disk yurituvchilari - bu egiluvchan va kompakt disklardagi ma’lumotlarni o‘qish va yozish ishlarni bajaradigan qurulma.
    Disk yurituvchilari Kiritish-chiqarish porti orqali mikroprosessor bilan ma’lumot almashadi. Ichki qurilmalar bilan ma’lumot almashuvi uchun maxsus portlar, hamda umumiy portlar mavjud.
    Umumiy portlar 2 xil bo‘ladi: parallel - (LPT1, ..., LPT4) va ketma -ket (COM1, ...,COM3) bilan belgilanadi. Parallel portlar kirish-chiqishni, ketma-ket portga nisbatan tezroq bajaradi.
    Har bir port o‘zining shaxsiy manziliga va raqamiga ega bo‘lib, ularning umumiy soni 65536 taga etadi.
    Kiritish-chiqarish porti BIOS (Basic input output system) - o‘z tarkibidagi bir marta yozib qoldirilgan ma’lumotlar majmuasini saqlab turuvchi va alohida mikrosxema hisoblangan xotira turi hisoblanadi. Odatda bu xotiradagi ma’lumotlarni, uni ishlab chiquvchi korxona (firma) yozib qoldiradi. Bu ma’lumotlar kompyuter elektr manbadan o‘chirilgan holda ham saqlanadi va aloxida mikroakkumlyatorli batareyalardan oziqlanadi. Bu xotira turi faqat ma’lumotlarni o‘qish rejimida ishlaydi. SHuning uchun bunday xotiraga kompyuterning qurilmalarini tekshiruvchi test dasturlar, operatsion sistemalarning yuklovchi dastur modullari saqlanadi.
    Mikroprosessor dasturlarning ishlashini ta’minlaydi va kompyuter boshqa qurilmalari ishini bajaradi. U kompyuterning tezligini ta’minlaydi. Zamonaviy mikroprosessorlar uch guruhga bo‘linadi:
    -to‘la buyruqlar bilan ishlaydigan CISC (Complex Instructtion Set Computing)
    mikroprosessorlari;
    -qisqartirilgan buyruqlar bilan ishlaydigan RISC (Reduced Instruction Set Computing) guruhiga mansub mikroprosessorlar;
    -minimal buyruqlar bilan ishlaydigan o‘ta tezkor MISC (Minimum Instrution Set
    Computing) guruhiga mansub mikroprosessorlar.
    IBM PC kompyuterlarida odatda Intel firmasi va unga muvofiq boshqa firmalarning
    mikroprosessorlari o‘rnatiladi. Kompyuterlar mikroprosessor turlari bilan ham farqlanadi.
    Mikroprosessorlar Intel - 8088, Intel -80386, Intel -80286, Intel -80386 Sx, Intel -80486, Intel Pentium kabi turlari mavjud.Dastlabki kompyuterlar Intel - 8088 asosida qurilgan bo‘lib, ularning ishlash tezligi juda sekin edi. Intel - 80286, Intel - 80386 mikroprosessorlari ham keyingi turlarga nisbatan tezligi sustligi sababli hozirgi kunda ishlab chiqarilmayapti.1991 yildan boshlab IBM, Motorola, Fire, Power va boshqa firmalar birgalikda Power PC mikroprosessorini ishlab chiqishga kirishda va bu borada muvaffakiyatga erishdi. 1993 yildan boshlab Intel firmasi Pentium asosidagi Pentium Pro mikroprosessori o‘rnatilgan kompyuterlari ham sotila boshlandi. Pentium Pro ning amallarni bajarish chastotasi 150 MGs bo‘lib, u Pentium ga nisbatan ishlash tezligi 40 ga ko‘proqdir.
    SHunday bo‘lsada, Pentium narxining arzO’nligi va imkoniyatlari bilan foydalanuvchilarni o‘ziga ko‘proq jalb qilmoqda. Notebook kompyuterlar 120 MGsli Pentium mikroprosessorlari asosida ishlaydi. Pentium mikroprosessorlaridan murakkab hisoblar va tasvirlar uchun foydalangan maqsadga muvofiq.
    Mikroprosessorlar Tezkor xotira (operativ xotira). Tezkor xotira o‘zida kompyuterda ishlayotgan dastur va ma’lumotlarni saqlaydi. Ma’lumotlar doimiy xotiradan tezkor xotiraga ko‘chiriladi, olingan natijalar zarur holda diskka qayta yoqiladi. Odatda Intel - 8088 protsessorli shaxsiy kompyuter 1 Mbayt hajmdagi tezkor xotiraga ega. Hozirgi SHKlarining tezkor xotirasi 1-2 Gegabaytdan ko‘proq hajmga ega bo‘lib, bu xotira ikki qismdan iboratdir:
    1) 640 Gbaytli qismiga amallar tizimi hamda amaliy dasturlar majmuasi joylashtiriladi;
    2) kolgan qismiga xizmatchi maqsadlar uchun ishlatiladigan dasturlar joylashtiriladi
    (test dasturlari, dastavval kompyuterni ishga tayyorlash dasturi va boshqalar).
    Monitor (dispiley, ekran) - foydalunuvchiga matnli va grafikli ma’lumotlarni
    chiqarish uchun xizmat qiladi. Kompyuter bilan bo‘ladigan bevosita muloqotni ekranda ko‘rish uchun monitor xizmat qiladi. Monitor ikki: monoxrom va rangli turlar mavjud bo‘lib, ular video adapter qurilmasi boshqruvida ikki xil rejimda matn yoki grafika holatlaridan birida ishlaydilar.Monitorlar televizorlarga o‘xshash, u ham tasvirlarni kineskop (elektronnur trubkasi) yordamida hosil qiladi. Monitorlar har qanday televizorlardan farqli o‘laroq yaqqol va aniq tasvirlarni ko‘rsatadi. Ular bir-biridan o‘lchamlari (14 dyuymdan 24 dyuymgacha) bilan farqlanadi.Matnli rejimda monitor ekranni shartli ravishda 80 ta ustun, 25 satrga bo‘linadi. SHu maydonning ixtiyoriy joyida belgilar tasvirlanadi. Bu bel gilar katta va kichik lotin harflari, sonlar va yordamchi belgilar bo‘lishi mumkin.Grafik rejimda ekranga matnli ma’lumotlardan tashqari rasm va grafik tasvirlar ham chiqariladi. Bunda belgi ixtiyoriy shrift va o‘lchamga ega bo‘ladi. Bu rejimda ekran nuqtalar (piksel) to‘plamidan iborat. Masalan, 640 x 200 imkoniyatli monitor ekranda gorizontaliga 640 va vertikaliga 200 nuqtani tasvirlaydi. Nuqtalar soni oshishi bilan tasvir sifati oshadi. Quyida monitorlarning ba’zi bir turlari keltirilgan.
    Adapter Rangi Matnli Grafikli
    MDA Oq-qora 80x20, 2 ta rang 640x200, 2 ta rang
    CGA Rangli
    80x25, 16 ta rang
    320x200, 4 ta rang
    640x200, 2 ta rang
    Hercules Oq-qora 80x2, 2 ta rang 720x348, 2 ta rang
    EGA Rangli 80x25, 16 ta rang 640x350, 16 ta rang
    80x43, 16 ta rang
    VGA Rangli 80x25, 16 ta rang 640x480, 16 ta rang
    SVGA Rangli 80x25, 16 ta rang 800x600, 256 ta rang
    Kompyuterga monitor ulash uchun maxsus videoadapter zarur. Videoadapter - tasvir
    to‘g‘risidagi ma’lumotlar saqlanadigan xotiraning muayyan qismini monito rda aks ettiruvchi signalni, hamda sinxronizatsiya signallarini gorizontal (satrli) va vertikal (ustun bo‘yicha) taqsimlab shakllantirishdan iborat. Eng birinchi SHKlarda monitor vazifasida maishiy televizordan foydalanilgan bo‘lsa, hozir esa kompyuterni juda kuvvatli, kuchli grafik stansiyaga aylantiruvchilarga etib kelindi. Bu vaqt ichida platalar va standartlarni bir necha avlodi almashdi. Avvaliga MDA (Monocrome Display Adapter - displeyning monoxrom adapteri) standarti paydo bo‘ldi. MDA platasi ekranga faqat alfavit-raqamli axborotni chiqarishga qodir - hech qanaqa grafika va ranglarni ta’minlay olmasdi.
    MDA o‘rniga kelgan CGA (Color Graphics Adapter - rangli grafika adapteri) nafaqat matnli,
    balki grafik rejimlarda ham ishlar va mavjud bo‘lgan o‘n olti rangining to‘rttasini ko‘rsata
    olardi.
    Keyingi bosqichda EGA (Enhansed Graphics Adapter — yaxshilangan grafika adapteri)
    ekranda ko‘rinadigan ranglarning sonini 64 rangli palitradan 16 ranggacha etkazdi va
    ekranga chiqariladigan grafika sifatini ancha yaxshiladi. EGA standarti paydo bo‘lishi grafik
    dasturlar, jumladan Microsoft Windows operatsion sistemasi imkoniyatlarini kengaytirishga
    va mashhur bo‘lib ketishiga omil bo‘ldi.
    Bugun ham foydalanib kelinayotgan VGA (Video Graphics Array) eng muvaffaqiyatli
    videostandart hisoblanadi, biroq hozirgi kunda u ham takomillashib, SVGA (Super Video
    Graphics Array) standartiga o‘tdi.
    Agar CGA ning birinchi variantlarida ranglar palitrasi 262144 dan 256 xil chiqarishni
    ta’minlasa, keyingi VGA bilan to‘g‘ ri keladigan platalar paydo bo‘ldiki, ularda ranglari
    bo‘yicha farq 16.8 mlnni tashkil qiladi. Monitorlarni o‘lchamiga qarab uning bahosi o‘sib
    boradi. Masalan, 17 dyuymli monitorlar 14 dyuymli monitorga nisbatan uch barobar qimmat
    bo‘ladi. Monitorlar sifati bo‘yicha ekrandagi kadrlar chastotasi — 75 Gsni tashkil etishi
    lozim. Bu holda monitor sekundiga 80, yaxshi monitorlar (qimmatroq bo‘ladi) 100 kadrni
    o‘tkazishi mumkin. Ekrandan zararli nurlanish olmaslik, ular ta’sirini kamaytirish uchun
    ekranni LR(Low Radiation) deb yurituvchi maxsus koplamalar bilan ta’minlanganiga e’tibor
    bering. Monitor sotib olayotganingizda kompyuter MPR II yoki TSO 95 standartiga mos
    kelsagina zararli nurlanishlar minimumga keltirilgan deb tushunish kerak. SHu bilan birga
    monitor spetsifikatsiyasida NI(Non Interiaced), ya’ni ekran qatorlarini barobariga ko‘rsatish
    rejimi berilgan bo‘lsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
    Monitorlar
    117
    Klaviatura - foydalanuvchi tomonidan ma’lumotlarni kompyuterga kiritishga
    mo‘ljallangan qurilmadir. Tugmachalar soni va joylashishi turli xil kompyuterlarda har xil
    bo‘lishi mumkin, lekin ularning vazifasi o‘zgarmaydi.
    IBM RS SHK klaviaturalari 2 xilda ishlab chiqariladi. Kichik - 83 ta va katta -101 ta
    tugmachaga ega bo‘lgan klaviaturalar. Katta klaviatura ishlashga juda qulay. Klaviatura
    xarflar joylanishi bo‘yicha ingliz (QWERTY) va fransuz (AZERTY) standartlariga
    bo‘linadi.
    Kichik klaviatura
    Katta klaviatura
    Ba’zi hollarda kichik klaviatura - kichik razradli klaviatura, katta klaviatura esa katta
    razradli klaviatura deb ham yuritiladi. SHKning imkoniyatiga qarab kichik klaviaturaning
    83, 89 tugmali variantlari respublikamizda keng tarqalgan edi. Katta klaviaturalarning 101,
    104, 107 tugmali satandart variantlari bor. Katta klaviaturalarning multimediali variantlar
    ham bo‘lib, ularda 108-124 tagacha tugmachalar bor.
    multimediali zamonaviy klaviaturalar
    Klaviaturaning asosiy yoki alfavit tugmalari 57 ta tugmadan iborat bo‘lib, 37 lotin harf
    va belgilar, 10 raqam va 10 maxsus tugmalar. Ko‘p tugmalarda bir nechta belgilar yozilgan.
    Har xil rangda yozilgan harflar, belgilar har xil til standartiga mosligidir. Til standartini
    o‘zgartirish klaviaturalarda har xil (o‘ng [Alt] Q [Shift], ikkita [Shift], o‘ng [Ctrl] Q [Shift]
    tugmalarni birga bosish orqali). Maxsus tugmalar [Shift] - agar siz harflar tugmasini
    118
    bosgangiz u holda kichik harf kiritiladi, agar sizga katta harf kerak bo‘lsa u holda maxsus
    [Shift] tugmani bosib, qo‘yvormasdan shu xarf tugmasini b osishiz kerak (masalan, [Shift] Q
    [a] bosilsa ekranda "A" hosil bo‘ladi). Agar bitta rang bilan bir nechta belgilar yozilgan
    bo‘lsa, u holda ulardan pastkidagi asosiy, yuqoridagi passiv deb nomlanadi. Tugmani
    bosganizda asosiy belgi kiritiladi. Agar sizga passiv belgi kerak bo‘lsa, u holda siz maxsus
    tugmani bosib, qo‘yvormasdan belgi tugmasini bosishiz kerak (masalan, [Shift] Q [1] bosilsa
    ekranda "!" hosil bo‘ladi). [Ctrl] va [Alt] - shu tugmalarni bosib turib boshqa tugmani
    bosganimizda har xil amallar bajariladi. [Caps Lock] - bu tugma yordamida [Shift] bosilib turgan holatini (faqat harflar uchun) yoqamiz yoki o‘chiramiz. [Tab] - keyingi bo‘limga yoki qismga o‘tish. [Backspace] - oldin (chapda) joylashgan bitta belgini o‘chirish uchun foydalaniladi. [Enter] - yangi satrga o‘tish yoki ma’lumotlarni kiritish (ba’zi bir klaviaturalarda (Return) yoki (SR)). [Esc] - oxirgi xarakatdan voz kechish.
    Funksional tugmalar. Maxsus buyruqlar va amallarni bajarish tugmalari [F1] - [F12]. Har
    xil dasturlar bu tugmalarga har xil amallarni o‘rnatadi.
    Yo‘nalish tugmalari. Kursor joylanishini o‘zgartiradi. Kursorni bitta belgi chapga,
    yuqoriga, o‘ngga va pastga siljitish imkoniyati.
    Yordamchi tugmalar. [Home] - catr boshiga o‘tish. [End] - satr oxiriga o‘tish. [PageUp] -bir sahifa yuqoriga o‘tish. [PageDown] - bir sahifa pastga o‘tish. [Insert] - belgilarni o‘chirib, ustiga yozish yoki ularni siljitib o‘rtasiga yozish holatini o‘rtnatish. [Delete] - keyin (o‘ngda) joylashgan bitta belgini o‘chirish.
    Raqam tugmalari. Raqamlarni kiritish uchun klaviatura. "0", ...,"9" gacha raqamlar va
    "/","*","-","Q" belgilari mavjud.
    Tugmachalarning maxsus majmuilari.
    - [Ctrl] Q [Break] - ishlayotgan dastur yoki buyruqni tugatilishini ta’minlaydi.
    - [Ctrl] Q [Alt] Q [Del] - masalalar dipechirini chaqiradi yoki operatsion tizimni xotiraga
    qayta yuklaydi.
    - [Shift] Q [RrintScreen] - ekrandagi axborot nusxasini printerga chiqarish rejimini ulash va o‘chirishni ta’minlaydi.
    - [Ctrl] Q [Numlock] - dastur ishini to‘xtatib turadi va davom etiradi.
    Sichqoncha - ma’lumot kiritilishini engillashtiruvchi manipulyator. SHKning asosiy
    qurilmalaridan biri bu sichqoncha. Uning 3 xil turi bo‘ladi: standart, trekbol va sensor paneli.
    Standart sichqonchalar stol ustida ishlatish zarur bo‘lgan, sensor paneli bilan trekbollar esa
    noutbuklar uchun yaratilgan va ular pastki paneli ichiga o‘rnatilgan bo‘ladi.
    Sichqoncha ichida rezina ichiga joylashgan sharik bor, u stol bo‘yicha xarakat qilganda
    maxsus roliklar va indikatorlar orqali ushbu xarakat kompyuterga jo‘natiladi va ekrandagi
    sichqoncha kursatkichi (strelkasi) biz belgilagan yo‘nalishda xarakatlanadi.
    IBM PC tipidagi SHK sichqonchasi
    119
    Uning nomi tashqi ko‘rinishidan kelib chiqqan. “Sichqoncha” qo‘lga bemalol
    joylashuvchi bir necha tugmachali bo‘ladi. Sichqoncha stol yoki maxsus yuzada
    (gilamchalar) harakati natijasida ekrandagi kursorni mos ravishda harakatlantiradi.
    Menyuning birortasini bajarish uchun sichqoncha mos tugmachasi bosiladi. Bir xil amaliy
    programmalar faqatgina sichqoncha bilan ishlashga moslashgan.
    Axborot texnologiyalarning rivojlanishi sichqonchalarning bir necha xil ko‘rinishlarini
    yaratishga sabab bo‘ldi.
    - sharikli, ikki tugmali;
    - sharikli, uch tugmali;
    - nurli, uch tugmali;
    - nurli, multimediali;
    masofali, nurli, uch tugmali;
    - masofali, multimediali;
    SHKning sichqonchalari
    SHKning imkoniyatini oshirish maqsadida turli qurilmalar ishlab chiqarildi va ular
    SHKning qo‘shimcha qurilmalari deb nomlandi. Ular qatoriga :
    Printer - kompyuterdagi ma’lumotlarni qog‘ozga chop qilish qurilmasi;
    Disk (axborot tashuvchi qurilma) - axborotlarni ko‘chirish, saqlash, tarqatish va tashish
    uchun ishlatiladigan qurilma;
    Plotter - chizmalarni qog‘ozga chiqaruvchi qurilma;
    Skaner - kompyuterga matnli yoki tasvirli ma’lumotni kirituvchi qurilma.
    Tarmoq adapteri - kompyuterni mahalliy tarmoqqa ulash imkonini beruvchi qurilma;
    Audio-video adapter - kompyuter yordamida musiqa ijro etilishini va turli video roliklarni
    ko‘rishni ta’minlovchi qurilma;
    Modem - telefon tarmog‘i orqali boshqa kompyuter bilan ma’lumot almashuvini
    ta’ minlovchi qurilma;
    Multimedia - Kompyuter yordamida toshuvli va rolikli multi-kinolarni ko‘rish imkoniyatini
    yaratib beruvchi qurilma;
    Strimer - kompyuterning vinchesteridagi ma’lumotlarni nusxasini zaxiraga olish uchun
    mo‘ljallangan qurilma.
    Printer - kompyuter xotirasidagi axborotlarni (matnli va rasmli) qog‘ozga bosish uchun
    foydalaniladi. Printerlar ishlash tamoyillariga ko‘ra matritsali, siyohli va purkagichli, lazerli printer turlarga bo‘linadi. Ignali printerlar - keng tarqalgan printerlar turi bo‘lib, hozirgi kunda deyarli ishlatilmaydi.
    Respublikamizda ularni faqat temir yo‘l, aviya va bank kassalarida uchratish mumkin.
    Bu printerning ishlash qoidasi quyidagicha: printerning
    yozish boshchasida vertikal tartibda ignalar joylashgan.
    Boshcha yozuv satri bo‘ylab harakatlanadi va ignalar
    kerakli daqiqada bo‘yalgan lenta orqali qog‘ozga uriladi
    Игнанинг ҳаракати 120 va natijada qog‘ozda belgi yoki tasvir hosil bo‘ladi.
    Ignalar soniga qarab bu printerlar bir-necha turlarga bo‘linadi: 9 ignali, 24 ignali, 48 ignali.
    - 9 ignali printerda yozuv sifati pastroq. Sifatni oshirish uchun 2 yoki 4 yurishda
    bajarish kerak.
    - 24 ignali printer sifatli va tezroq ishlaydi.
    - 48 ignalisi yozuvni juda sifatli chiqaradi.
    Ignali printerlar
    Ignali printerlar tezligi bir bet uchun 10 sekunddan 60 sekundgacha vaqt ketadi. Ba’zan
    zarbli printerlar ham deyiladi Ignali matritsali printerlardan tashqari matritsali
    termoprinterlar guruhi ham bor, ular bosuvchi ignali kallak o‘rniga termomatritsali kallak
    bilan jihozlangan va bosishda termoqog‘oz yoki termonusholo vchi ishlatiladi
    Siyohli printerda tasvir qog‘ozga maxsus qurilma orqali purkalayotgan siyoh
    tomchilaridan yuzaga keladi. Siyohli printer sifati purkagichli printerga yaqin narxi ham
    arzon. Siyohli printer shovqinsiz ishlaydi. SHuning uchun hozirgi kunda ko‘pchilik undan
    foydalanmoqda. Tezligi bir bet uchun 15 sekunddan 100 sekundgacha. Siyohli printerda
    bosuvchi kallakda ignalar o‘rniga ingichka nayc halar - soplolarga (konus naychalarga) ega, u orqali qog‘ozga bo‘yoq rangning (siyohning) mayda tomchilari purkaladi. Bu zarbsiz bosuvchi qurilmadir. Bosuvchi kallakning matritsasi odatda 12 tadan 64 tagacha soploga ega. Keyingi yillarda ularning mukammallashishida jiddiy rivojlanishga erishildi. Tasvirni
    shakllantirishda bosuvchi kallakning juda mayda soplolari yordamida qog‘ozga siyo h
    tomchilarining yo‘naltirilgan portlatishga o‘xshash purkash - purkagichli bosishning
    «Pufaknali» texnologiyasi deb ataluvchi usuli ishlatiladi.Purkash jarayoni texnikasi
    quyidagicha bo‘ladi. Soplo deboriga elektrik qizdiruvchi element o‘rnatilgan bo‘lib, uning
    harorati elektr impulsi berilganda 5-10 ms ichida keskin ortadi.
    http://fayllar.org
    Download 22 Kb.




    Download 22 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tasvirlarni kompyuter xotirasga kirituvchi qurilmalar klassifikatsiyasi Reja

    Download 22 Kb.