6-ma’ruza mavzu: Oxorlash mashinalari




Download 3,62 Mb.
bet3/7
Sana25.01.2024
Hajmi3,62 Mb.
#145427
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Lecture 6

Ohorlash uskunalari
Tо‘quv dasgohlarida tо‘qima shakllanish jarayonida tanda iplari turli ta’sirlarga uchraydi. Homuza hosil qilish natijasida iplarning tarangligi oshadi, skalo, lamel, gulalar va tig‘ harakati ta’sirida ishqalanadi, chо‘ziladi, egiladi. Bu ta’sirlar natijasida ipni tashkil etgan tolalar titiladi, ayrim tolalar tushib qoladi, natijada, tanda ipning yeyilishga chidamliligi pasayadi, uning uzilish ehtimoli oshadi. Tanda iplarni ohorlashdan maqsad, ularning kо‘plab mexanik ta’sirlarga chi damliligini oshirishdir. Buning uchun ipga maxsus tayyorlangan yelimlovchi tarkib – ohor shimdirilib, ip sirtini yupqa parda bilan qoplanadi. Ohor quyidagi xossalarga ega bо‘lishi: tolalarni yopishtirish va ipning ishqalanishga chidamliligini oshirish uchun yopishqoq bо‘lishi, yetarlicha pishiq hamda qayishqoq parda hosil qilishi, tо‘quv dasgohida iplar oson tо‘qilib, shodalar va tig‘ tishlari orasida tо‘planib qolmasligi, gazlamaning badiiy bezagiga salbiy ta’sir etmasligi kerak.
Ohor tayyorlash uchun turli kimyoviy moddalar ishlatilib, uning asosiy qismini yelimlovchi materiallar tashkil etadi. Yelim sifatida, kо‘p hollarda, tabiiy va kimyoviy polimerlardan foyda laniladi. Oxirgi paytlargacha ohor tabiiy polimerlar – oziq-ovqat larda foydalaniladigan kraxmallar (kartoshka, bug‘doy) un (bug‘doy, guruch, makkajо‘xori v.b.), hayvonot yelim (jelatin, kazein, gо‘shtlarda v.b.)lari ishlatilgan.
Keyingi vaqtlarda sintetik materiallar: karboksimetilselluloza (KMS), polivenilspirt (PVS) va boshqalar ham ishlatilmoqda. Bu esa, oziqovqat mahsulotlarining texnik ehtiyojlarga sarflanishini kamaytirishga va ohorning sifatini birmuncha yaxshilashga imkon beradi.
Kraxmal va un zarrachalarini parchalash uchun yuvuvchi natriy eritmasi, xloramin v.b. ishlatiladi. Bu preparatlar ta’sirida yelimlovchi moddaning yirik zarrachalari yumshaydi, ohor suyuq holatga aylanadi va u ipning ichiga singish qobiliyatiga ega bо‘ladi. Ohor tayyorlashda yelimlovchi modda donlari mexanik ta’sir tufayli ham parchalanishi mumkin.
Ohorlangan ip qayishqoq (egiluvchan) bо‘lishi, ohor pardasining sinib tо‘kilib ketmasligi uchun ohor tarkibiga yumshatgich modda qо‘shiladi. Yumshatgichlar sifatida paxta moyi, aminokislota, glitserin va boshqa yog‘li moddalar ishlatiladi. Tanda iplari zarur namlikni saqlash uchun ohorga atrof-muhitdan nam shimadigan gigroskopik moddalar qо‘shiladi. Gigroskopik material sifatida, kо‘pincha, kaliy xlor, glitserin ishlatiladi. Ohor tarkibida oqsil moddasi bо‘lganligi uchun unda chirishga moyillik mavjud. Ohor lash mashinasining ohor bilan muloqotdagi qismlari va tanda iplari olish maqsadida, uning tarkibiga antiseptik modda qо‘shiladi. Chirishga qarshilik kо‘r satuvchi modda sifatida mis kuporosi (kukuni), tex nik formalin, fenol ishlatiladi.
Ohor tayyorlashda eritma sirtida kо‘pik paydo bо‘lmasligi uchun ohorga suvda erimaydigan spirt, skipidar, paxta yog‘i v.h. qо‘shiladi.
Kimyoviy iplarni ohorlashda uning tarkibiga, shuningdek, antistatik sifatida stearoks ishlatiladi.
Ohorda erituvchi modda sifatida yumshatilgan suvdan foydalaniladi. Ohor retseptini tanlashda kо‘p omillar tо‘qima turi, tan da va arqoq iplarining chiziqiy zichligi, 10 sm dagi tanda va arqoq iplari ning soni, tо‘quv о‘rilishi, korxonadagi kimyoviy modda larning mavjud ligi hisobga olinadi. Quyidagi jadvalda paxta tola sidan yigirilgan iplar ni ohorlashda ishlatilishi mumkin bо‘lgan ba’zi bir retseptlar keltirilgan.


1- jadval


Download 3,62 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 3,62 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



6-ma’ruza mavzu: Oxorlash mashinalari

Download 3,62 Mb.