Tayanch atamalar Radiolyarit – tarkibida katta miqdorda radiolyariy bo’lgan kulrang, sariqroq
yoki qizil rangli alohida qotishmali kremniyli jinslar (kremniyli skletga ega
bo’lgan dengiz organizmlari).
Radionuklid- (lotincha radio – nur chiqaraman va nuklid) – istalgan
atomlarni belgilash uchun atama) (5-bob).
Regress (lotincha regressus) – teskari harakat (6-bob).
Redutsentlar (lotincha reducens –qaytaruvchi, qayta tiklanuvchi) –jonsiz
organik moddalarni parchalovchi (soprofitlar) organizmlar (murdalar, chiqindilar)
va uni noorganik moddalarga aylantirib, produtsentlarning foydalanish holatiga
keltiruvchilar (4-bob).
Rezistentli (yunoncha resisto)-qarshilik ko’rsatuvchi (6-bob).
Rentgen nurlar – ko’z bilan ko’rib bo’lmaydigan elektromagnit nurlar.
To’lqin uzunligi 10-5-10-2 nm. Ayrim nur o’tkazmaydigan materiallardan o’tadi
(7-bob).
Reptiliya – umurtqali hayvonlar sinfi. Zamonaviy talqinga ko’ra- toshbaqa,
timsoh, kaltakesak, ilon kiradi.
Retsessivlik (lotincha rectssus) –chekinish, kuchsizroq (4-bob).
Riflar – sayoz dengiz tubida yoki suv ustida kema qatnoviga to’sqinlik
qiluvchi keskin ko’tarilmalar
Savol va topshiriqlar 1.
Tirik moddaning biogeokimyoviy funktsiyalari.
2.
Gidroksil radikalining atmosferadagi kimyoviy o’zgarishlari.
3.
Geokimyoviy to’siqlar, ularning turlari.
4.
Izotop va izobar tushunchasi.
5.
Izotop va izobarlar.
6.
Ionlashtiradigan nurlanishning biologik ta’siri.
7.
Ionosferadagi asosiy jarayonlar.
8.
Kimyoviy elementlarni tarqalishi.Yer qatlamining asosiy elementlari.
9.
Kimyoviy elementlarning migratsiyasi turlari.
10. Migratsiya turlari.