• Avtomat qatorlarning unumdorligi va ishonchliligi.
  • Foydalanilgan adabiyotlar
  • Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishda dasturiy ta'minlaydigan eng yangi ishlab chiqarish tizimlari quyidagilarni o'z ichiga olishi mumkin




    Download 1.35 Mb.
    bet3/3
    Sana04.03.2024
    Hajmi1.35 Mb.
    #166304
    1   2   3
    Bog'liq
    6-ma\'ruza. (1)
    2. Berilgan rdb dastgoh haqida umumiy ma’lumotlar, Raqamli dastur bilan boshqariladigan dastgohlarning qo‘llanilish, Termiz davlat universiteti mehnat ta’limi yo’nalishi 321-guruh t-fayllar.org, Frezalash stanoklari Reja, МСТ (МК) 8 маъруза Шатун, 1. Tokarlik vint qirqish stanogining tuzilishi Tokarlik vint qir (1), 1-ma\'ruza., 5-ma\'ruza., 4-mavzu Tish va rezba qirqish stanoklari, 1-ma\'ruza. (1)
    Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishda dasturiy ta'minlaydigan eng yangi ishlab chiqarish tizimlari quyidagilarni o'z ichiga olishi mumkin:
    1. Bozorda birinchi marta 1955 yilda paydo bo'lgan CNC mashinalari. Ommaviy tarqatish mikroprotsessorlardan foydalanish bilan bog'liq.
    2. Birinchi marta 1962 yilda paydo bo'lgan sanoat robotlari. Ommaviy tarqalish mikroelektronikaning rivojlanishi bilan bog'liq.
    3. Birinchi marta 1970-80 - yillarda bozorda paydo bo'lgan robot texnologik komplekslari (Rtk). Ommaviy tarqatish dasturlashtiriladigan boshqaruv tizimlaridan foydalanish bilan boshlandi.
    4. Texnologik birliklar va robotlar kombinatsiyasi bilan tavsiflangan moslashuvchan ishlab chiqarish tizimlari, kompyuterlar tomonidan boshqariladigan, ishlov beriladigan qismlarni ko'chirish va tarkibiy qismlarni o'zgartirish uchun o'zaro ishlash bilan jihozlangan.
    5. Avtomatlashtirilgan ombor tizimlari (eng. Automated Storage and Retrieval Systems, AS/RS). Mahsulotlarni saqlaydigan va ularni ombordan buyruq bo'yicha olib tashlaydigan kompyuterni boshqaradigan yuk ko'tarish va tashish moslamalaridan foydalanishni nazarda tutadi.
    6. Kompyuterga asoslangan sifat nazorati tizimlari (eng. Kompyuter-Aided Quality Control, CAQ) - mahsulot sifatini tekshirish uchun kompyuterlar va kompyuterlarni boshqarish mashinalarining texnik qo'llanilishi.
    7. Kompyuter yordamida loyihalash tizimi (eng. Computer- aided Design, CAD). Dizaynerlar tomonidan mahsulotlar va texnik-iqtisodiy hujjatlarni ishlab chiqishda foydalaniladi.
    8. Kompyuter (eng. Computer-aided Planning, CAP). Rejaning alohida elementlarini rejalashtirish va bog'lash amalga oshiriladi.
    Alohida elementlar va tuzilmalarni bir-biriga ulashda quyidagilar zarur:
    1) o'lchangan qiymatlar uchun jismoniy bir xillikni shakllantirish;
    2) ushbu elementlar uchun bir xil turdagi aloqa kanallarining mavjudligi;
    3) elementlarning ulanishi uchun moslik mavjudligi.
    Avtomat qatorlarning unumdorligi va ishonchliligi.
    Vaqt yo‘qotish va unumdorlik formulalari. Avtomat qatorning unumdorligi hamma avtomatlashtirilgan uskunalardagi singari vaqt birligi ichida yasalgan ishga yaroqli detallar soni bilan o‘lchanadi. Shuning uchun har bir stanokning unumdorligini, detallar soni va sifatini oshirish eng muhim omil hisoblanadi. Uskunalarning unumdorligini belgilovchi omillarni tahlil qilish va uni oshirishning istiqbolini aniqlash bu vazifani bajarishda ko‘mak beradi. Qo‘yilgan masalalarni hal qilish uchun quyidagilarni hisobga olish kerak: 1) ishni bajarish uchun vaqt va mehnat kerak; 2) unumli sarflangan vaqtga bevosita ishlov berish vaqti kiradi (kesish, yig‘ish, nazorat va sh.k.). Siklning yordamchi yurishlariga, amallariga ketgan vaqt, sikldan tashqari vaqt, bular unumsiz sarflangan vaqt (yo‘qotish) hisoblanadi; 3) mahsulot yaratish uchun jonli mehnat — ishchi kuchi (texnologik uskunalarga xizmat qilish uchun va buyumga aylantirilgan mehnat —xomashyo—uskunalar,asboblar va turli vositalar kerak; 4) texnika va texnologik jarayonlarning rivoji bitta mahsulotga to‘g‘ri keladigan mehnat sarfini kamaytiradi va bunda buyumlarning hissasi oshib, ishchi kuchining hissasi kamayib boradi; 5) ishlab chiqiladigan texnologik jarayon texnologik amallarga, amallar asosiy va yordamchilarga hamda ish bajaruvchi yurishlar va yordamchi o‘tishlarga ajratiladi; 6) yangi texnika va ishlangan texnologik jarayonning samaradorligi mehnat unumdorligining o‘sish sur’ati bilan o‘lchanadi. Agarda asboblarning bekor yurishiga (tb), zagotovkani siqish va bo‘shatish hamda stanoklararo tashishga vaqt (tsh) sarflanmaganda edi, qatorning unumdorligi ish bajaradigan yurishlar vaqti (ti) bilan aniqlangan bo‘lar edi. Bunga texnologik unumdorlik deyiladi. U uzluksiz ish sharoiti (masalan, markazsiz silliqlash stanoklaridan tashkil topgan avtomat qatorlar, uzluksiz sidiruvchi avtomatlar va b.) ta’minlanganda vaqt birligida tayyorlangan detallar sonini bildiradi.
    Тexnologik unumdorlik quyidagicha aniqlanadi:
    Qt = 60/tn (dona/soat)
    Misol. Silindr yuzaga ishlov berish misolida texnologik unumdorlikni hisoblaymiz. Ish bajaruvchi yurish:
    tn = l/(nSo) = 10-3 πDl/(JSo)

    B u y e r d a: l — kesish yo‘li, mm; n — shpindelning aylanish chastotasi, ayl/min; J — kesishdagi asosiy harakat tezligi, m/min; D — ishlov berilayotgan yuza diametri, mm. Texnologik unumdorlik: Qò = 60⋅10-3JSo/(πDl). Shunga ko‘ra texnologik unumdorlikni oshirish uchun J va So ni oshirish, kesishdagi samarali


    texnologik jarayonlarini qo‘llash, texnologik amallarni qo‘shib bajarish va ko‘p asbobli sozlash usullarini qo‘llash kerak. Texnologik unumdorlikdan tashqari siklli (nazariy) unumdorlik ham bor. Agar avtomat qatorning ishi ish bajaruvchi va bekorchi yurishlarning berilgan ketma-ketlikda davriy takrorlanishidan iborat bo‘lsa-yu, to‘xtab qolishlar mutlaqo bo‘lmasa, siklli unumdorlik ta’minlanadi. Ish sikli quyidagicha:
    Òs = ti + tb + ttsh
    Avtomat qatorning siklli unumdorligi:
    Qs = 60/ Òs = 60/ (ti + tb + ttsh)
    Avtomat qator va avtomat uzluksiz ishlaganda tb=0 bo‘ladi, shunda siklli unumdorlik texnologik unumdorlikka teng, boshqa hamma hollarda undan kichik. Avtomat qator ma’lum muddat uzluksiz ishlagandan so‘ng ta’mir va profilaktika ishlari uchun to‘xtatiladi. Profilaktika ishlari asboblarga va stanok mexanizmlariga qaratiladi. To‘xtashga sarflangan vaqt sikldan tashqari hisoblanadi, uning hisobiga avtomat qator va avtomatning unumdorligi pasayadi. Sikldan tashqari to‘xtashlarga quyidagilar kiradi: asbobni almashtirish, rostlash va qo‘shimcha sozlash S ta; mexanizmlarni ta’mir qilish va rostlash, ya’ni texnik xizmat S t t.x.. Tashkiliy sabablar bilan to‘xtab qolish ham ehtimol. Masalan, qator va avtomat ishga yaroqli, lekin zagotovka va elektr quvvati yo‘q.Shuni ta’kidlash kerakki, unumdorlik nazariyasida o‘lchov birligi uchun minut qabul qilingan, mahsulot miqdori sifatida bir smenadagisi yoki soatdagisi olinadi. Mashinasozlikda vaqt birligida (smena, soat, minut) yasalgan buyumlar miqdori o‘rganiladi. Avtomat qatorlar va avtomat stanoklarni loyihalashda birinchi navbatda sikldan tashqari to‘xtashlar (asboblar va mexanizmlarga texnik xizmat) hisobgaolinadi. Sikldan tashqari to‘xtashlarni e’tiborga olib hisoblanadigan unumdorlik hisobiy deb ataladi. Deyarli har bir korxonada, shuningdek uning har qanday sexlarida ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish barcha asosiy va yordamchi xizmat ko'rsatish jarayonlarining loyixalanishi kam vaqti sarflagan xolda loyixalanishi kerak. Kam vaqti sarflagan xolda loyixalanishi xususiyatlari va usullari ishlab chiqarish sharoitida farq qilishi mumkin, ammo ba'zi umumiy printsiplar mavjud: ixtisoslashuv, mutanosiblik, tenglik, to'g'ridan - to'g'ri ishlab chiqarish, minimal tanaffuslar, mehnatni boyitish, ishlab chiqarish jarayonlarini soddalashtirishdur.
    Foydalanilgan adabiyotlar
    1. Umarov T.U. Mashinasozlikda kesuvchi asboblarni loyihalash va ishlab chiqarish. Darslik – T.: 2020.
    2. Senior Design Projects in Mechanical Engineering: Guide Book for Teaching 2020
    3. Quality Management in Engineering: A Scientific and Systematic Approach 2020
    Download 1.35 Mb.
    1   2   3




    Download 1.35 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishda dasturiy ta'minlaydigan eng yangi ishlab chiqarish tizimlari quyidagilarni o'z ichiga olishi mumkin

    Download 1.35 Mb.