|
6-Mavzu: Nuqtali grafikaning xususiyati Kompyuter grafikasining zamonaviy asoslari va tushunchalari
|
bet | 3/4 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 21,29 Kb. | | #143550 |
Bog'liq 6-mavzuRastrli (nuqtali) grafika
Rastrli (nuqtali) grafikada tasvirlar nuqtalardan hosil qilinadi. Shuning uchun uning asosiy tushunchasi – «ruxsat» (bir birlik uzunlikka to‘g‘ri keladigan nuqtalar soni) bo‘lib, uning quyidagi shakllari mavjud:
Originalga ruxsat;
Ekranda tasvirga ruxsat;
Qog‘ozga chiqarishga ruxsat.
Original (asl)ga ruxsat 1 duymdagi nuqtalar bilan o‘lchanib, kompyuterga kiritilayotgan tasvir sifati fayl kattaligiga, kodlashtirish usuli (tayanch shaklni hosil qilish usuli) va boshqa parametrlarga bog‘liq bo‘ladi. Tasvir sifatiga qo‘yilgan talab qancha kata bo‘lsa original (asl)ga ruxsat shuncha katta bo‘ladi.
Ekranda tasvirga ruxsat deganda biz monitor (ekran)da hosil bo‘ladigan tasvirning parametrlarini tushunamiz. Tasvir nusxasini ekranda hosil qiluvchi oddiy nuqta piksel deyiladi.
Piksel kattaligi ekranda tasvirga joizlik bilan original (asl)ga joizlik orasidagi masshtabga bog‘liq.
Diagonali 20–21 duymli ekranlarning rastrlari 640 × 480, 800 × 600, 1024 × 768, 1280 × 1024, 1600 × 1200, 1600 × 1280, 1920 × 1200, 1920 × 1600 standart nuqtali bo‘lgandagina tasvir chiqarishga ruxsat berilgan.
Ekrandan nusxa olish uchun (ekran tasvirini printerda oddiy qog‘ozga chiqarish uchun) 72 dpi, rangli yoki lazerli printerda tasvir hosil qilish uchun 150–200 dpi, fotoeksponentlovchi qurilma uchun 200–300 dpi joizlik kifoya.
Liniatura va dinamik diapazon
Qattiq qog‘oz yoki ekranda hosil qilinadigan rastrli tasvirda nuqtalar kattaligi original tasvirni rastrlash parametriga bog‘liq. Originalni rastrlashda chiziqlar to‘ri o‘tkaziladi va hosil bo‘lgan yacheykalar rastrlar elementlarini hosil qiladi. Rastr to‘rining chastotasi 1 duymdagi chiziqlar soni bilan o‘lchanib, liniatura deb ataladi.
1 duymdagi chiziqlar soni – lpi.
Rastr nuqtasi kattaligi har bir element uchun alohida bo‘lib, yorug‘lik toni intensivligiga bog‘liq. Intensivlik qancha kata bo‘lsa, rastr elementi zichroq toidirilgan bo‘ladi, ya’ni yacheykaga absolut qora rang to‘g‘ri kelsa, rastr nuqta kattaligi rastr elementi kattaligi bilan bir xil bo‘ladi. Demak, 100% toidirilgan. Absolut oq rang 0% toidirilgan bo‘ladi. Amalda toidirish 3% dan 98% gacha bo‘lishi mumkin.
Chastotali modulatsiya usuli optimal usul bo‘lib, tasvirlar aniqroq hosil bo‘ladi. Stoxastik rastrlar usuli deb ataluvchi rastrlashda tasvir chastotali modulatsiyaga qaraganda aniqroq hosil bo‘ladi.
Bu usulda muayyan rastr yacheykasida talab qilinadigan tasvimi hosil qilish uchun nuqtalar soni hisoblanadi. Keyin esa yacheyka ichida shu nuqtalar oraliqlari bir xil bo‘lmagan holda joylashtiriladi. Shuning uchun bu usulda rastr liniaturasi tushunchasi o‘z kuchini yo‘qotadi. Bu usul bilan ishlash uchun maxsus resurslar mavjud bo‘lishi kerak va u poligrafiyada qo‘llaniladi.
Ton intensivligi (yorug‘ligi) 256 bosqichdan iborat bo‘ladi. Yuqori bosqich inson ko‘ziga ta’sir qilsa, past bosqichda tasvir yaxshi hosil bo‘lmaydi. 256 bosqichga erishish uchun rastr yacheykasining kattaligi 256 = 16 × 16 nuqta bo‘lishi kerak. Odatda, lazerli printerlar uchun 65–100 lpi, gazetalar uchun 65–85 lpi, jumal va kitoblar uchun 85–133 lpi, tijorat-reklamalar uchun133–300 lpi liniaturadan foydalaniladi.
Tonli tasvir sifatini dinamik diapazon (D) degan tushuncha orqali aniqlanadi. Odatda, optik muhitlar uchun (yorug‘lik o‘tkazuvchi) dinamik diapazon noldan to‘rtgacha, yorug‘likni qaytaruvchi tekislik uchun noldan ikkigacha bo‘ladi.
|
| |