|
Tasvir parametrlari va fayl hajmi orasidagi bog‘lanish
|
bet | 4/4 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 21,29 Kb. | | #143550 |
Bog'liq 6-mavzuTasvir parametrlari va fayl hajmi orasidagi bog‘lanish
Rastrrli grafika bo‘yicha hosil qilinadigan tasvirlar yuqori aniqlik va ranglar jilosidan foydalanishni talab qiladi. Ammo bunday tasvirlarning aniqligini oshiruvchi «ruxsat»ning kattalashuvi fayl hajmining keskin oshishiga olib keladi. Masalan, 10 × 15 santimetrli fotosurat 200–300 dpi ijozatli tasvir TIFF formatda 4 Mbayt hajmga ega. A4 formatli rangli surat 120–150 Mbayt bo‘ladi.
Rastrrli tasvirlarni masshtablashtirish
Agar maxsus choralar ko‘rilmasa, rastrli tasvirlarni kattalashtirish tasvirining asl holati buzilishiga olib kelishi mumkin. Chunki rastrli grafikada tasvirni aniq sondagi nuqtalar (piksellar) hosil qiladi. Shaklni kattalashtirganda nuqtalar sonini oshirish mumkin bo‘lmaganligi sababli ba’zi bir buzilishlar hosil bo‘lishi mumkin.
Bu hol ro‘y bermasligi uchun original (asl) tasvirni oldindan raqamlashtirish kerak bo‘ladi. Bu usulga o‘xshash boshqa usul, ya’ni ma’lum diapazonda piksellashtirish effektini kamaytiruvchi stoxastik rastrlashni qo‘llash kerak bo‘ladi va, nihoyat, masshtablashtirishda interpolatsiya usuli oraliq qo‘shimcha nuqtalarni qo‘shish orqali tasvir kattaligini oshirish keng qo‘llaniladi.
|
| |