• - mahsulotlarni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar;
  • 6-mavzu: qishloq xo’jaligi infratuzilmasining turlari va ahamiyati




    Download 1,47 Mb.
    bet2/3
    Sana13.01.2024
    Hajmi1,47 Mb.
    #136978
    1   2   3
    Bog'liq
    Abbosbek Ne\'matullayev Qishloq xo\'jaligi menejmenti

    Davr xarajatlari mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayoniga bevosita bog‘liq bo‘lmay, balki xo‘jalikning faoliyatini sohalar bo‘yicha tashkil etish, ularni boshqarish, mahsulotlarni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlardan iboratdir.

    Davr xarajatlari quyidagi turlarga bo‘linadi:

    - mahsulotlarni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar;

    - ma’muriy xarajatlar, ularga tarmoqni, korxonani boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar;

    - boshqa operatsion xarajatlar, jumladan, loyihalarni tuzish bilan bog‘liq xarajatlar va hokazo.

    Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarga barcha turdagi kreditlar bo‘yicha, mol-mulkning ijara haqi to‘lovlari hamda qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, sotish, tarqatish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar kiradi.

    Favqulodda xarajat va zararlar esa korxonalarning odatdagi faoliyatidan chetga chiquvchi hodisalar yoki operatsiyalar natijasida vujudga keladigan va ro‘y berishi kutilmagan odatdan tashqari xarajatlar kiradi. Masalan, zilzila, sel kabi tabiiy ofatlar natijasida ko‘rilgan zararlar.

    Korxonalarda amalga oshiriladigan xarajatlarni ayrim belgilariga ko’ra turkumlash mumkin. Jumladan, korxonalardagi xarajatlarni o‘zgaruvchan va doimiy xarajatlarga bo‘lish mumkin.

    Doimiy xarajatlar ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmiga bog‘liq bo‘lmagan holda amalga oshiriladi. Masalan, ijaraga olingan asosiy vositalarga to‘lanadigan ijara haqi, asosiy vositalarning amortizatsiya summasi va boshqalar doimiy xarajatlar tarkibiga kiradi.

    O‘zgaruvchan xarajatlar ishlab chiqariladigan mahsulot hajmining o‘zgarishi bilan bevosita bog‘liqdir. Ishlab chiqariladigan mahsulotlar miqdorining ko‘payishi o‘zgaruvchan xarajatlar ko‘proq sarflanishini taqozo etadi. Ularga xomashyo, mehnatga to‘lanadigan ish haqi, elektroenergiya xarajatlari va boshqa xarajatlar kiradi.

    Korxonalarda xarajatlar mahsulot yetishtirish jarayonida bevosita hamda bilvosita sarflanadigan xarajatlarga ham turkumlanadi.


    Download 1,47 Mb.
    1   2   3




    Download 1,47 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    6-mavzu: qishloq xo’jaligi infratuzilmasining turlari va ahamiyati

    Download 1,47 Mb.