• Butunjahon Sammiti
  • Barqaror rivojlanish kontseptsiyasi.
  • 17 ta maqsad
  • Barqaror rivojlanishning tashkil qiluvchi iqtisodiy, va ekologik yo’nalshlari




    Download 0,88 Mb.
    bet4/5
    Sana15.05.2024
    Hajmi0,88 Mb.
    #234113
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    6-Modul Barqaror rivojlanish strategiyasi. 6-Mavzu Barqaror ri

    Barqaror rivojlanishning tashkil qiluvchi iqtisodiy, va ekologik yo’nalshlari. “Dunyo, rivojlanish va atrof-muhit muhofazasi o’zaro bog’langan va ajralmasdir”.
    Barqaror rivojlanish g’oyasining maqsadi – kelajak avlod ehtiyojlarini inobatga olgan holda hozirgi zamon kishilik jamiyatini uzviy bog’langan ekologik, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy taraqqiyotini bir me’yorda ta’minlashdir.
    Tabiiy boyliklardan foydalanmasdan turib insonlar, jamiyat yoki davlat yashay olmaydi. Ularning farovon hayot kechirishlari va rivojlanishlari esa ularni o’rab turuvchi atrof tabiiy muhitdan nechog’li foydalanish imkoniyatlariga ega ekanliklari bilan belgilanadi. Shuning uchun ham qadimdan kishilik jamiyati tabiat ne’matlarini o’zlashtirib olishga bor kuch va g’ayratlarini ishga solganlar. Natijada davlatlar, jamoalar va insonlar o’rtasida turli ziddiyatlar kelib chiqqan va barqarorlikka jiddiy ziyon etkazilgan.
    Tabiat insonlarning nafaqat iqtisodiy rivojlanishining moddiy asosi, balki ularning ma’naviy-estetik ehtiyojlarini qondirish manbai hamdir. Bu esa insonlarni tabiatga bo’lgan ehtiyojlarini kundan-kunga oshirmoqda.
    Ushbu yo’nalishda “Barqaror rivojlanish kontseptsiyasi” umume’tirof etilgan va boshqa bir qator dunyoqarashlardan ustun turgan fikrlar, bilimlar hamda real harakatlar majmuasidir.

    Butunjahon Sammiti qarorlarini bajarish rejasi» printsiplari barqaror rivojlanishning 3 tarkibiy qismi: iqtisodiy o’sish, ijtimoiy rivojlanish va atrof-muhit muhofazasi talablariga javob beradi. Barqaror rivojlanishning asosiy vazifalari va talablari quyidagilar:
    - qashshoqlikni yo’qotish;
    - ishlab chiqarish va iste’mol qilishning barqaror bo’lmagan modellarini o’zgartirish;
    - iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning tabiiy resurslar bazasini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish.
    Barqaror rivojlanish kontseptsiyasi. Barqaror rivojlanish kontseptsiyasining vujudga kelishi bevosita insoniyat tarixining rivoji bilan bog’liq. Tamaddun rivojlanishi jarayonida insoniyat oldida bir necha marotaba global xarakterga ega bo’lgan muammolar vujudga kelgan. Ammo ularning barchasi XX asrning ikkinchi yarmida paydo bo’lgan bugungi global muammolardan farq qilardi. 1955 yili dunyoning yirik shaharlarida zaharli gazlardan o’lim holatlarining ko’payishi hamda atmosferaning ifloslanishiga bag’ishlangan birinchi xalqaro konferentsiya o’tkazildi. Ammo muvofqlashtirish, xalqaro darajada kelishuvning yo’qligi, biznes va atrof-muhit muhofazasi borasidagi vazifalarning bir biriga to’g’ri kelmasligi xalqaro miqyosda ekologik kuchlarni to’liq ishga solish imkonini bermas edi.
    2014 yilning iyulь oyida BMT Bosh Assambleyasining Barqaror rivojlanish maqsadlari bo’yicha ishchi guruhi barqaror rivojlanishga erishish yo’lida iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik masalalarni hal qilishga qaratilgan hujjatni imzoladi2. Hujjatda ko’rsatib o’tilgan 17 ta maqsad butun dunyoda qashshoqlikni bartaraf etish, tengsizlikni oldini olish, sayyoramizni ishlab chiqarishning salbiy oqibatlaridan saqlash va Ming yillik rivojlanish maqsadlarini modernizatsiyalashni o’z oldiga qo’ygan edi.

    2015 yil 23 yanvar kuni BMTning Bosh kotibi Pan Gi Mun Davos shahrida bo’lib o’tgan Butunjahon iqtisodiyot forumida so’zga chiqib, mamlakatlarni barqaror rivojlanishning 17 ta maqsadini tezroq amalga oshirishga chaqirdi. O’z so’zini Bosh kotib quyidagi so’zlar bilan yakunladi: “Kelinglar o’z oldimizga ulkan maqsadlar qo’yib, ularni birgalikda amalga oshiraylik. Men har biringizni shunga chaqiraman: 2015 yilni qattiy harakatlar yili qilaylik!”.
    2015 yil 25 sentyabrda Nьyu-Yorkda BMTning 193 ta a’zo mamlakatlari 2015 yildan keyin amalga oshiriladigan harakatlar borasida barqaror rivojlanish sohasida Kun tartibini qabul qilishdi. Bashoratlarga ko’ra mazkur dastur qashshoqlik 2030 yilga kelib bartaraf etiladi va barqaror kelajak quriladi.
    Yangi maqsadlar va yangi vazifalar kompleks va ajralmas xarakterga ega bo’lib, uning markazida barqaror rivojlanishning uch tamoyili–iqtisodiy o’sish, ijtimoiy taraqqiyot va atrof-muhit muhofazasini chambarchas bog’lovchi va barchani, ayniqsa ayollar, bolalar, yoshlar va kelajak avlodning farovonligini ta’minlashga qaratilgan 17 ta Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) va ularga biriktirilgan 169 ta vazifa turadi3.

    Download 0,88 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 0,88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Barqaror rivojlanishning tashkil qiluvchi iqtisodiy, va ekologik yo’nalshlari

    Download 0,88 Mb.