|
Zamindo'zi va guldo'zi usulida tikishni o'rgatish
|
bet | 25/35 | Sana | 09.03.2021 | Hajmi | 9,62 Mb. | | #13203 |
Zamindo'zi va guldo'zi usulida tikishni o'rgatish. Zardo’zlikda 30 xil klassik tikish usullari mavjud. Bu usullar o’ziga xos tomonlarining nomlari bilan bir- biridan farq qiladi. Zardo’zlik umuman ikkiga bo’linadi: birinchisi -zamindo’zi, ikkinchisi - guldo’zi.Zamindo’zi tikish turi. «Zamindo’zi» forscha «zamin» - er osti, tagi, «do’zi» - «tikmoq» degan ma’nolarni anglatadi. So’zning ma’nosidan ko’rinib turibdiki, zardo’zi tikish usullari naqshlar tagini yoppasiga zar iplar bilan to’ldirib tikish, ya’ni bunda zar tikilayotgan buyum gulnaqshining zamini yoppasiga zar bilan tikiladi va turli naqshlar hosil qilish vazifasini bajaradi. Bu usulda tikkanda buyumning hamma joyi zar ip bilan naqshlar hosil qilib tikib chiqiladi.
Zamindo’zi qadimda qimmatbaho to’nlarda ishlatilgan bo’lib, hozir zardo’zi do’ppilarning jiyagidagina qo’llanib kelinadi.
Guldo ’zi -bunda tikilayotgan naqshning tagi ochiq qolib faqat gul naqshlarning o’zi zar bilan tikiladi. Guldo’zi tikish usuli o’ziga xos bo’lib bu quyidagi bosqichda bajariladi. Naqqosh tomonidan naqsh chiziladi. Naqsh nusxasi qalin qog’oz karton yoki teridan qirqib andazasi tayyorlanadi. Sidirg’a baxmal matoga qadab chiqiladi, ya’ni omonat tikib chiqiladi yoki yelimlanadi. Karton nusxani zar ip bilan qoplab tikib chiqiladi. Biroz bo’rtma naqsh gul hosil bo’ladi. Bu usulda tikkanda naqshlarning tagi tikilmasdan qoladi.
|
| |