Bo'zni korcho'pda taranglab tortish




Download 9,62 Mb.
bet24/35
Sana09.03.2021
Hajmi9,62 Mb.
#13203
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   35
Bo'zni korcho'pda taranglab tortish. Tikishga tayyorgarlik chambarakni tayyor holga keltirishdan boshlanadi. Tikishdan ilgari chambarakka bo’zdan qilingan kerish (ta’var) tortiladi. U shunchalik tarang tortilishi kerakki, uning ustiga tashlangan angishvona 4-5 marta sakrashi kerak. Buning uchun chambarakka material (bo’z) tortish qonun - qoidalarini bilish zarur. Bunda,

avvalo chambarakning yog’och dastasi uzunligiga mos keladigan qalin mato(bo’z)dan qolip tikiladi. Bo’z, ya’ni kerish o’lchamlari tikilayotgan buyumning o’lchamlaridan kelib chiqib olinadi. Qolip to’rt tomondan kerishga ulanadi. Qolip o’zgarmaydi, lekin kerish o’zgarib turadi. Chunki kerish tikilayotgan zardo’zi buyumning tagida bo’lib, u bilan birga qo’shib tikiladi va o’sha buyum bilan birga qo’shib qirqib olinadi. Qolipning buklangan tomonlari yog’och dastaga kiygiziladi. Chambarak tortilib, tekis holga keltiriladi. Qolipning dasta va yon tomonlaridan teshib, undan iplar o’tkazilib shamshirakka tortiladi. Kerish tortilgunicha ip tortiladi. Keyin angishvona bilan sinab ko’riladi, agar kerish ustida angishvona 4-5 marta sakrasa, demak, dastgoh tayyor. Zamonaviy sexlarda esa metalldan tayyorlangan dastgohlarni tayyor holga keltirish birmuncha osonroq.

Korcho’bni tayyor holga keltirish hamda u bilan ishlashda ma’lum texnologik qoidalarga rioya etish ishning sifatiga katta ta’sir ko’rsatadi, ya’ni:

1.Ish tikayotgan paytda korcho’b ustiga yotib olib, og’irlikni tashamaslik kerak, aks holda kerish bo’shab ketib, ishning sifati buzilishi mumkin.

2.Hamma asbob - uskunalarni korcho’b ustiga qadab tashlamaslik kerak, bunda ham korcho’b bo’shab qoladi.

3.Korcho’b tikishga qulay bo’lishi lozim, uning ko’krakdan past yoki yuqori bo’lishi ishning sifatiga ham, sog’liqqa ham zarardir.


Download 9,62 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   35




Download 9,62 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bo'zni korcho'pda taranglab tortish

Download 9,62 Mb.