1 TUR. 2 konvertdagi savollar.
1 savol: Zardo`zi yo`nalishida tikiladigan buyumlar nomini qaysilarini bilasiz? Sanab bering.
Javob: kelinlar xalati, o`g`il bolalar tuni, kelinlar oyoq kiyimi, qizlar nimchasi, choynak yopgich, ko`zoynak g`ilofi yelpig`ich.
2 savol: Zardo`zlikda qanday iplardan foydalaniladi?
Javob:Zar iplar ipak iplar, kumush rangli iplar, oddiy iplar, mulina iplar, do`moloq metal iplar.
3 savol: Zardo`zlikda qanday asbob uskunalardan foydalaniladi?
Javob:Korchup, patila, tuyabo`yin qaychi, oddiy qaychi.
4 savol: Guldo`zi usuliga ta`rif bering.
Gudo`zi so`zi aralash so`z bo`lib “gul” – gul, “do`zi”- forscha tikmoq gullarni tikmoq degan ma`noni anglatadi.
5 savol: Korcho`pga gazlama qanday joylashtiriladi?
Javob: Korcho`pga birinchi gazlamani tarang holda mustahkamlab olinadi. Keyin bo`z ustidan gazlama tikib chiqiladi.
2 TUR.
Bu turda “Klaster ” metodidan foydalanamiz.
Sardorlar kanvertni olishadi.
|