7 – sinf mehnat darslarida zamonaviy tikuvchilik mashina va jihozlaridan foydalanishni o’rgatish metodikasi” 5112100




Download 1,77 Mb.
bet34/50
Sana13.04.2021
Hajmi1,77 Mb.
#14230
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   50
III. Yangi mavzu bayoni

Ikki ipli moki baxyaqator ikkita, ustki A va ostki B ipning tikilayotgan gazlamalar orasida bir-biri bilan chalishishdan hosil bo’ladi. Ustki ip A igna ko’ziga taqilgani uchun igna ipi deb ostki ip B esa moki deb ataladi.

Igna o’tgan ikkita qo’shni teshiklar orasidagi masofa baxya yirikligi 4 ni ifodalaydi. Moki baxyaqator qiyin so’kiladigan bo’lib, bu baxyaqator uzunasiga ham, ko’ndalangligiga ham uzilishga etarli darajada chidamlidir. Moki baxyaqator zanjirsimon baxyaqatorga nisbatan kamroq cho’ziladi, shuning uchun turli kiyimlar ust va ich kiyimlar tikishda undan keng foydalaniladi.

Moki baxyaqator hosil qilishda sarflanadigan ipni aniqlashda o’rta hisobda 1.2 – 1.7 ga teng bo’lgan ishlatish koeffisienti 1.3 ga teng bo’lganda, uzunligi 10 sm bo’lgan chokka ustki ipdan 13 sm va ostki ipdan 13 sm sarflanadi.

Ishlatish koeffisienti baxya yirikligiga tikiladigan gazlama xususiyati va qalinligiga ipning taranglik darajasida va boshqa omillariga bog’liq bo’ladi.

Zanjirsimon baxyaqator hosil qilishga qaraganda moki baxyaqator hosil qilish uchun anchagina murakkab mexanizmlar kerak bo’ladi. Masalan, moki qurilmasi ko’pgina detallardan iborat bo’lib, uni doimiy moylab tozalab turish talab etiladi. Moki qurilmasida naycha borligi mashinaning ishlash koeffisientini kamaytiradi. Masalan, 97A rusumli tikuv mashinasida shimning odim qirqimlarini choklashda 3 – 5 % ish vaqti sarflanadi.

Moki baxyaqator hosil qilishda iplar chayqaladigan, tebranadigan va aylanadigan mokili mashinalar ko’proq tarqalgan, shuning uchun quyida aylanadigan mokili baxyaqatorlar mavjud. Gazlamada igna hosil qiladigan qo’shni teshiklar orasida iplar chalishuvining bitta tugallangan stikli qo’lda bajarilgan bo’lsa, qaviq deyiladi. Mashinada bajarilgani bo’lsa baxya deyiladi. Ketma ket takrorlangan baxyaqatorlardan, baxyaqator qaviqlardan esa qaviqqator hosil bo’ladi.

Mashinada bajarilgan baxyaqator iplarining chalishish yo’liga qarab mokili va zanjirsimon turlarga bo’linadi. Tikuvchilik sanoatida kiyim tikishda moki baxyaqator eng ko’p tarqalgan bo’lib, u ikki ipli bitta yo’lli moki baxyaqator va ikki moki yordamida hosil qilingan bo’ladi. Ustki ip “Igna ipi” deyiladi. Chunki u igna ko’zi bilan birga material orqali o’tadi. Pastki ip “moki ip” deyiladi, chunki 4 mokida naychadan chiqadi. Bu iplar material o’rtasida chalishadi. Bitta yo’lli baxyaqatorda baxyalar birin – ketin joylashgan bo’ladi.

Siniq baxyaqatorning baxyaqatorlari bir – biriga nisbatan burchak ostida joylashgan bo’ladi. Kiyim tikishda qo’llaniladigan zanjirsimon baxyaqatorlarda quyidagilar kiradi: bir ipli chalishadigan va ikki ipli chalishadigan bitta yo’lli zanjirsimon baxyafator ikki ipli va uch ipli chalishadigan zanjirsimon yo’rmash baxyaqatori, ip, bir ipli va ikki ipli chalishadigan siniq zanjirsimon baxyaqatorlarning iplari gazlama yuzasidan chalishadi.

Mashinada ish boshlash oldidan gazlama parchasida baxyaqator sifati tekshirib ko`riladi.

Ichki kiyim chokini tikishda detallarning qirqimi chokning orasiga kirib turadi va shunining uchun bunday chok toza ichki kiyim choki deyiladi.


Chokning ikki yoqlama va ichki chok deb ataladigan xillari bo’ladi.




Download 1,77 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   50




Download 1,77 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



7 – sinf mehnat darslarida zamonaviy tikuvchilik mashina va jihozlaridan foydalanishni o’rgatish metodikasi” 5112100

Download 1,77 Mb.