IV. Mustahkamlash.
1. Moki baxyaqator hosil qilishga sarflanadigan ipni aniqlashda o’rta hisobga necha sm ga teng bo’lgan ishlatish koeffisienti hisobga olinadi?
2. moki yordamida hosil qilingan baxyaqator nechta ipdan hosil bo’ladi?
3. moki baxyaqator hosil qilishda iplarni nimalar yordamida chalishtirish mumkin.
V. Darsni yakunlash.
A)O’quvchilarni rag’batlantirish va baholash
B) Uyga vazifa: mashina choklaridan namunalar tikib kelish.
Ikkinchi bob xulosasi
Bitiruv malakaviy ishimni olib borib shunday xulosaga keldimki mamlakatimizda ishlab turgan korxonalarni qayta jihozlamay turib yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarib bo’lmaydi. Shunday ekan biz zamon talablariga mos keladigan texnika taraqqiyoti uskunalaridan foydalangan holda qo’l mehnatini kamaytirib kompleks mexanizastiyalashgan avtomatik jihozli universal uskunalardan foydalangan holda ish unumdorligi va sifatli oshirishimiz lozim. Va bu texnika taraqqiyoti uskunalarini ishlatish, kelib chiqishi,qo’llanilish sohasi borasida o’quvchilarga kerakli ma’lumotlar berishdan iborat.
22-A kl PMZ MASHINASI
XOTIMA
“Bugungi kunda oldimizga qo’ygan buyuk maqsadlarimizga, ezgu niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli amalga oshirilayotgan islohatlarimiz, rejalarimizning samarasi taqdiri–bularning barchasi, avvalambor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxasis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog’liqligini barchamiz anglab yetmoqdamiz’’ - Prezidentimiz Islom Karimovning bu so’zlari shuni anglatadiki O’zbekistonimizning kelajagi bo’lajak kadrlar qo’lidadir. Shunday ekan biz kadrlar bu borada kelajakka intilib, u bilan hamohang bolishimiz uchun fan texnika yutuqlaridan foydalangan holda pedagogik faolyatimizni olib borishimiz kerak. Men ham Bitiruv malakaviy ishim mavzusini shunga e’tibor bergan holda yoritishga intildim.
Bitiruv malakaviy ishimni olib borib shunday xulosaga keldimki mamlakatimizda ishlab turgan korxonalarni qayta jihozlamay turib yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarib bo’lmaydi. Shunday ekan biz zamon talablariga mos keladigan texnika taraqqiyoti uskunalaridan foydalangan holda qo’l mehnatini kamaytirib kompleks mexanizastiyalashgan avtomatik jihozli universal uskunalardan foydalangan holda ish unumdorligi va sifatli oshirishimiz lozim. Va bu texnika taraqqiyoti uskunalarini ishlatish, kelib chiqishi,qo’llanilish sohasi borasida o’quvchilarga kerakli ma’lumotlar berishdan iborat.
Tajribalar o’tkazib shuni angladimki !
1. Tikuvchilik mashinalari haqida o’quvchilarga ma’lumot berish,
2. Zamonaviy tikuvchilik mashinalari,ulardan o’quv jarayonlarida foydalanish.YAPT asosida o’quvchilarga etkazish,usullarini amalga oshirishdan iborat.
3. Material usullardan foydalanib o’quvchilarga tikuvchilik mashinalarining turlari,tuzilishi ishlash jarani sinflari bo’yicha taqqoslab o’quvchilar ongiga etkazishdan iborat.
4. O’quvchilarning faolligini amalga oshirish uchun savol javob muloqot demonstrastiya uslublaridan foydalangan holda mashғulotlarni amalga oshirishdir.
5. Nazariya va amaliyotni birga olib borish maqsadga muvofiq.
Bu besh punktni joriy qilishdan maqsadim va taklifim shundan iboratki:
a) bolalarga tikuvchilik,pazandachilik sirlarini tanishtirishdan iborat.
B) Nazariyani amaliyotda qanday tadbiq qilishdan iborat.
V) o’quvchilarni to’g’ri kasbga yo’naltirishdan iborat.
G) O’quvchilarni texnik ijodkorlik,ixtirochilik mustaqil fikrlashga o’rganib kasb tanlashga yo’llanma berishdan iborat.
Bu takliflar “Ta’lim qonuni” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talabalarini amalda ijro qilish uchun amalga oshirilgan. Buning mohiyati Davlat ta’lim standarti qo’ygan vazifalarni to’g’ri amalga oshirishdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishini yoritishda internet ma’lumotlaridan , maktab darsliklarida Prezidentimiz Islom Karimov asarlaridan foydalandim. Shu bilan birga pedagogik texnologyalardan foydalangan holda o’tgan mavzuni , yangi mavzuni mustahkamlaganman.
Men Bitiruv malakaviy ishimni yozish mobaynida elektr yuritmali tikuv mashinasining afzalliklari va kamchiliklari haqida tasavvurga ega bo’ldim, hamda kelajakda o’quvchilarimga Zamonaviy tikuv mashinkalari haqida ma’lumotlar bera olaman.
|